Anketa metodi
Download 18.15 Kb.
|
Anketa metodi
Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida eng qo’llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini, narsa va hodisalarga munosabati o’rganiladi. Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan mottivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinsi hilida xar bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shakalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarin, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatilarini, o’ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va kichiklarga munosabatlarinitaniqlash maqsadida keng ko’lamda foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yaasalib, ilmiy va amaliy yo’zsinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixologiyasini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo zolisona xususiyatiga ega bo’lavermaydi. Bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatishlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbdagi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qouninyatlar, mexanizmlar va yondashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo’ladi. Umukmiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longetyud (uzluksiz) metodi ham keng ko’lamda qo’llaniladi. Ushbu metodning boshqa metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat, hatto 10 yillar davomida (A.Termenning yillik uzluksiz tajribasi hozircha rekordl hisoblanadi) tekshiriladi. Longetyud metodididan AQShlik A.Termen, nemis psixologik V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuller, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdyob, N.S.leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladilar. Mazkur metod orqali har xil jinsli egzaklar (xasan-xusan, fotima-zuhra) yoki aralash jinsli (xasan-zuhra, fotima-xusan) qo’shaloqlar kuzatilgan. Shuning uchun bir talay tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi benjiz emas. Uzoq muddat davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish sinaluvchida yangitdan paydo bo’layotgan fazilatlarining taraqqiyot dinamikasi, uning xulq-atvoridagi illatlar (me’yyordagi xatti-harakattdan chetga og’ish) va ularning oldini olish muammolari yuzasidan material yig’ish, shuningdek, murakkab psixologik munosabatlar, ichki bog’lanishlar, qonuniyachtlar, mexanizmlar to’g’risida mukamml, ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini yaratadi. Genetik metodi yordami bilan tadqiqot davomida to’plangan ma’lumotlar yaxlit xolda maqsadga muvofiq yo’nalishda sharxlanadi. Mazur metodddan foydlanishdan asosiy maqsad, avvalo, sinaluvchida yangiddan vujudga kelgan shaxsga oid fazilatlarning shakllanishi va bilish jarayonlari o’zgarishiga tajrriba natijaolariga asoslangan holda ta’rif hamda tasnif berishdir. Shuning bilan birga inson ruhg’iyatida yangiddan vuduga kelayotgan shaxs fazilati va xususiyatining namoyon bo’lishi davri, bosqichi hamda ba’zi bir mashaqqatli daqiqaga, lag’zaga, sanaga qo’shimcha sharxberish imkoniyati tug’iladi.Genetik metodiga asoslangan shaxzs ruhiyatiga o’zgarishlar bilan taraqqiyot bosqichi o’rtasida “vertikal” yo’nalishdagi aloqa manbai aniqlanadi. Download 18.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling