Annatatsiya Go’ri Amir maqbarasi (Amiriddin Berdimurodov)
Download 5.8 Kb.
|
Risola
Annatatsiya Go’ri Amir maqbarasi (Amiriddin Berdimurodov) Bu risolada buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur va uning avlodlari tug’ilishi ularning hayotiy faoliyati hamda qanday vafot etganliklari haqida ma’lumot berilgan. Butun dunyoga tanilgan shahar bo’lmish Samarqanddagi Go’ri Amir xilxonasida Amir Temur va uning avlodlari qabrlari joylashgan va xilxona Mir Sayyid Baraka nomi bilan ham atalgan. Bu xilxonada Amir Temur , unung piri Sayyid Baraka,o’g’illari Umarshayx , Mironshoh, Shohruh , nevarasi Muhammad Sulton va boshqalarning qabri joylashgan.Bu risolada asosiy ma’lumotlar qabrning ochilishi bilan bog’liq.Risoladagi o’rganilgan maqbarani Amir Temur nevarasining vafotidan keyin qurishni buyuradi. Maqbara Sovet ittifoqi davrida o’rganilgan. Sovet ittifoqi buyuk shoir Alisher Navoiyning yubeleyi munosabati bilan uning davrini o’rganishga bag’ishlangan ishlar edi. Shu sababli bu xilxonada ilmiy ishlar boshlangan. Qabrlarni o’rganish 1941- yil 16-iyundan 26- iyungacha davom etgan. Bu maqbarani o’rganish uchun ancha kuch ketgan , chunki kerakli mutahasiss olimlar jamlanishi kerak edi. Qazishma ishlariga jamoa tuzildi unga rais qilib T.N Qori Niyoziy tayinlandi. Risoladagi ma’lumotlarga qaraganda qabrlarni ochish orqali sohibqiron bobomiz Amir Temur va uning avlodlarining tashqi qiyofasini yaratish maqsad qilingan deb xulosa qilishimiz mumkin. Tashqi qiyofani o’rganish vazifasi Gerasimovga topshirilgan, shu bilan 16- iyunda xilxonaga barcha mutahasisslar jamlanadi. Birinchi bo’lib Mironshoning qabri ochiladi uning qabri boshqa qabrlardan sodda bo’lgan. Qabrni ochib uni o’rganib olimlar turlicha fikrda bo’lishadi. Bunga sabab haqiqiy qabrdagi suyaklar tartibli joylashmaganli hamda qabr toshida hechqanday yozuv bo’lmaganligidir. Ikkinchi bo’lib Shohruhning qabri ochiladi Gerasimovning fikrlariga qaraganda qabr yaxshi saqlangan ,lekin barcha qabrlarni suv bosganligini aytib o’tgan. Qabrlardagi jasadlar islom dini urf- odatlari bo’yicha dafn etilgan. Asosiy qabr Amir Temurniki bo’lib uning qabrini ochilishini Samarqand aholisi ham juda kutgan, sababi uning qabrida boyliklar bor deb o’ylashgan. Uning qabri ham boshqa qabrlar kabi edi. Amir Temur davrida islom diniga e’tibor juda kuchli bo’lganligi aniq ko’rsatib berilgan. Xilxonadagi qabr toshlarda arabcha yozuvlarda Qur’on oyatlari hamda ular to’g’risida ma’lumot berilgan. Maqbaradagi ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatib turibdiki jasadlarni dafn etishda boshqa xalq vakillarining urf- odatlariga hurmat bilan qaralgan. Bu risolada Temurning nevarasi , Bibixonim qabri hamda yana ochilmagan 4 ta qabr haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ilmiy izlanishlarda asosiy ma’lumotlar qabr toshlardagi yozuvlardan olingan deb hisoblashimiz mumkin. Qabr toshlaridagi yozuvlar o’rganilgan. Qazishma ishlarida topilgan barcha ashyolar va suyaklar Maskvaga olib borib tekshirilgan va barcha ishlar kino lentaga yozib olingan. Qazishma ishlari tugagach hamma narsa joy joyiga qo’yilgan ,chunki bu narsalarni keying avlod ham o’rganishi kerak edi. Ilmiy ishlar yakunlangach olimlar kengashi bo’lib o’tadi. Kengashda olimlar turlicha fikrda bo’ladi, lekin asosiy maqsadlardan biri Temuriylarning tashqi qiyofasi yaratilganligi uchun Gerasimovning ilmiy darajasi oshiriladi. Bizga bu qazishma ishlaridan ko’p ma’lumot yetib kelmagan. Qazishma ishlari yozib olingan kino lenta haligacha topilmagan. Bu qazishma ishlaridan ko’pchilikning xabari bo’lmagan. Bu risola orqali bizga shu ilmiy ishlardan qisqacha ma’lumotlar berilgan . Download 5.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling