Annatatsiya: ushbu maqolada yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan hamda globallashuv jarayonidagi yoshlarning ijtimoiy hayotga munosabati, uning olayotgan ta’lim va tarbiyasi


Download 30.31 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1788191
1   2
Bog'liq
maqola 3

to‘rt
yondashuv
qaror topgan.
1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida
tug'iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi —qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol
o'ynaydi.
Men ushbu yondashuvlardan to’rtinchi yondashuv ,yani yaxlit yondashuvdagi nazariyalar tarafdoriman. Chunki inson ijtimoiylashishi, hayoti davomida shakllanishi, rivojlanishida uning maqsadlari , turmush tarzi , oilasi, qiziqishlari muhim rol o’ynaydi. Negaki ,insonning ijtimoiylashishi,hayot tarzini tushunib yetishi,unga moslashishi eng avval oiladan boshlanadi,yani uning negizi oiladir.U sekin asta ulg’ayib biron bir maqsad qo’yadi va erishish yo’llarini qidiradi. Va ijtimoiylashadi.
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo’lishini ifodalaydi. Shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati tartiblarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo’ladi – ushbu holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi. Bundan tushunish mumkinki, jamiyat inson hayotidagi muhim omil.Yani tashqi muhit qanday bo’lsa,shaxs moslashadi,o’rganadi va ijtimoiylashadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo’llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:
1.ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda. maqbul shart-sharoitlami yaratish;
2.institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari
tomonidan o'quvchilaming rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlami yaratish;yani “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda  Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;
o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish”

3.shaxslararo - o‘quvchilami ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;


4.refleksiv - o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qoilab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
Bundan ko’rinib turibdiki, inson rivojlanishi, kamol topishining har bir davrida muhim ijtimoiylashish jarayoni uzviy bog’liq holda davom etadi.Yani bolalik yoshlik qarilik va hokazo davrlar bor. Bularning har birida inson ijtimoiy hayotga moslashadi va bo’ysunadi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig`indisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig`indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g`oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi. Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy axloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jaravon.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda global muammo sifatida insonning manaviyati,tarbiyasi,rivojlanishi turibdi.Yani jamiyatga har tomonlama yetuk shaxslar kerak. Ushbu yetuk shaxslar avvalo oila negizida tarbiya topib, jamiyat ichida rivojlanib,ijtimoiy hayotga moslashadi.Inson tug’ilgandan boshlab to o’lguniga qadar jamiyat va ijtimoiy muhitdan ta’sir olib yashaydi va o’z aksini hayotda ko’rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Xodjayev.B.X “umumiy pedagogika”
https://cyberleninka.ru/article/n/shaxsning-rivojlanishi-tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi
http://genderi.org/shaxsning-rivojlanishi-tarbiyasi-va-ijtimoiylashuvi.html

Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling