Annotasiya: Ushbu maqolada yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni


Download 36.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi36.55 Kb.
#1001538
Bog'liq
Yurtimizda imko-WPS Office



Yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni Jamiyatimizdagi
huquq va erkinliklari.
Annotasiya: Ushbu maqolada yurtimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni
jamiyatdagi roʼli va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
Batafsil yoritilgan
Kalit soʻzlar: Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun,
Nogironlarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya BMT.
Yurtimizda shunday insonlar borki, ularning imkoniyati cheklangan, lekin
ruxi juda kuchli va matonatli. Imkoniyati cheklangan shaxslar ishlash, taʼlim
darajasini oshirishda toʻlaqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum boʻlgan
shaxslardir. Maʼlumotlarga qaraganda, bugun saytimizda qariyb 1 milliard
nafarga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar hayot kechirayotir.
Mamlakatimizda ularning soni 670 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.
Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga avvaldan
yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi sifatida eʼtibor qaratib
kelinmoqda, Ayniqsa, soʻnggi yillarda respublikamizda ijtimoiy himoyaga
muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan,
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun koʻmak berish borasida
katta ishlar qilindi.
Prezidentimiz rahnamoligida ogʻir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi
oilalar arzon uy-joylar bilan taminlanayotgani tibbiy hizmat, turli maishiy
texnikalar sotib olishida begʻaraz yordam koʻrsatilayotgani fikrimiz dalilidir.
Joriy yilning 15 - oktabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan "
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi" yangi qonun
nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini
tubdan takomillashtirishda muhim huquqiy asos boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan BMT ning nogironlar huquqlari
toʻgʻrisidagi konvensiyasini 2009- yil 27- fevralda imzolagan, lekin, uni


Ratifikatsiya qilish masalasi hali hal etilmagan edi. Davlatimiz rahbarining
2017- yil 1- Dekabrdagi " Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisidagi farmonnida ushbu masala ilgari surilib, imkoniyati cheklangan
shaxslar huquqlarini halqaro normalarga muvofiqlashtirish, alohida qonun
qabul qilish lozimligi taʼkidlangan edi.
Mehnatga layoqati cheklangan imkoniyati cheklangan Xotin-qizlarga
kasanachilik bilan shugʻullanish uchun tikuv mashinalari olib berilib, ular
uchun doimiy daromad manbai yaratilyapti. Shu toifaga mansub
fuqarolarga protez- ortopedia vositalari, nogironlig aravachalari, eshitish
apparatlari bepul berilmoqda.
Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar va nafaqa yoshidagi
fuqarolarning davolash profilaktika muassasalarida bepul davolanishi
uchun yoʻllanma ajratilayotgani, mehnat qilishlariga zarur shart-sharoitlar
yaratib berilayotgani ham insonparvarlik siyosatining bir koʻrinishi desak,
ayni haqiqat.
Aslida ham nogironligi boʻlgan va nafaqa yoshidagi fuqarolar yordamga
muhtoj kishilar holidan xabar olish, ularga mehr ulashish halqimizning qon-
qoniga singib ketgan.
2020- yilning 15- oktabr kuni mamlakat Prezidenti tomonidan yangi
tahrirdagi " nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi " qonun
imzolandi.
Xulosa oʻrnida aytganda, nogironligi bolgan shaxslarning oilasi. Jamiyat
va davlat bilan oʻzaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda boʻlishi
uchun zarur sharoitlar yaratish oldimiz dagi eng muhim va ustuvor vazifa
sanaladi. 3- Dekabrni xalqaro nogironlar kuni sifatida butun dunyo boʻylab
keng nishonlash zamirida aqlan va jismonan nuqsoni bor fuqarolarimiz
huquqlarini himoyalash turmush sharoitlarini yaxshilash dek ezgu
maqsadlar mujassam. Zotan ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash
orqali jamiyatning siyosiy-iqtisodiy, madaniy hayotidagi faolligini


taʼminlashga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hamroqulov. I. B (2021) теоретические основы создания и
развития малых промышленных З он
2. Hamroqulov. I. B (2021) kichik sanoat zonalarini barpo etish va
rivojlantirishning nazariy asoslari
3. Ixtiyor baxtiyorovich hamroqulov (2022) kichik sanoat
zonalarining mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari

Download 36.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling