Annotatsiya Dasturimiz nomi Easy Pharmacy


Download 3.85 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi3.85 Kb.
#1699387
Bog'liq
Annotatsiya O.Odamboy


Annotatsiya
Dasturimiz nomi Easy Pharmacy. Bu dasturimiz orqali siz istalgan doringizni qidirishingiz mumkin. Bu dasturimiz foydalanuvchilar uchun juda qulay bo’lib, hozirgi kundagi bir qancha muammolarni hal qilishi mumkin. Masalan, siz ko’chaga chiqib o’tirmasdan kerakli doringizni uyda o’tirgan holda dasturdan foydalanib izlab topishingiz mumkin. Faqatgina dorini emas bu dorining narxlari xususiyatlari bilan ham dasturimiz orqali tanishishingiz mumkin bo’ladi. Undan tashqari dasturimizda siz izlagan dorini qaysi dorixonada borligi va shu dorixonaning aniq manzillari ham keltirilgan bo’ladi. Va undan ham tashqari dorixona egalari raqamlari ham bo’ladi. Raqam orqali dorixona bilan bog’lanib dori bor yo’qligini tekshirishingiz ham mumkin. Dasturimizdan foydalanish uchun siz avvalambor telefon raqamingiz orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi. Telefon raqamingizni kiritgandan keyin sizga 4 raqamdan iborat bir martalik parol beriladi shuni kiritasiz va siz ro’yxatdan o’tasiz. Dasturmizdan foydalanish qulay bo’lib undan siz 3 xil tilda foydalanishingiz mumkin: 1.O’zbekcha, 2.Inglizcha va 3.Ruscha. Dasturimizni O’zbekistonning istalgan burchagida foydalanishingiz mumkin. Dasturimizdan dori qidirganda tumanlararo yoki viloyatlar kesimida qidirishingiz mumkin. Dasturimiz orqali to’lovni amalga oshirish ham mumkin. Bunda siz o’z kartangizni kiritgan holda shaxsiy hamyon yaratishingiz mumkin. Dasturimiz orqali to’lov qilsangiz sizga bonus sifatida keshback beriladi.
Download 3.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling