Annotatsiya: Maqolada Chingiz Aytmatovning "Jamila"qissasida qo'llanilgan frazeologizmlarning semantik-grammatik tuzilishi haqida fikr yuritiladi


Download 14.52 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.52 Kb.
#1522987
Bog'liq
Chingiz Aytmatovning


Chingiz Aytmatovning “Jamila"qissasida frazeologizmlarning qo'llanilishi va ularning semantik-grammatik tuzilishi
Annotatsiya:Maqolada Chingiz Aytmatovning “Jamila"qissasida qo'llanilgan frazeologizmlarning semantik-grammatik tuzilishi haqida fikr yuritiladi.
Frazeologizmlar so'zlardek umumiy bir ma’no anglatsa-da,lekin frazeologik ma’no jihatidan leksik ma'nodan farq qiladi.
Chingiz Aytmatovning “Jamila"qissasida keltirilgan
“...bu bir nodir asar,”ko’z tegadi” deydigan hech joyi yo’q, “ 3-bet.
Keltirilgan ko’z tegadi iborasi Turli diniy aqida tushuncha,rivoyat asosida shakllangan.Frazemaning ifoda planiga ko’ra ushbu ibora gapga ,mazmun planiga ko’ra
“Yomon ko'zdan saqlanish"degan ma’noni anglatadi.
Semantik tarkibiy jihatidan fe’L frazemadir.Frazeologizmlar semantik jihatdan so'zlardan farqli xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun ham tilda paydo bo’lgan va yashab kelmoqda.
Masalan:-boshini qashishga qo’li tegmaydi iborasi sintaktik qurilish jihatidan gapga teng.
Mazmun planiga ko’ra “vaqti yo’q “degan ma’noni anglatadi. “...yolg'izlik azobini tortib,ikkala xonadonning tirikchiligidan boshini qashishga qo’li tegmaydi” 16-bet
-lom-mim demoq iborasi ichki sintaktik qurilish jihatidan gapga teng,ayni paytda bu iboraning “g’ing demadi”, “miq etmadi” kabi sinonimlari ham qo'llanilgan.
“Jamila miq etmasdi.Lom-mim demasa ham, chehrasi parishon…”
“…g’ing demasdan..oyimni qo’liga xatni tutqazdi” 17-bet
Qo’llanilgan iboralarning asosiy qismini fe’l frazemalar tashkil etadi.Fe‘l frazeologik birliklarning leksik tarkibida fe‘l so’z komponentidan tashqari boshqa turkum so’z ham qatnashadi.Bunday so‘z komponent ko’pincha ot bilan ifodalanadi.Uning tarkibida egalik affiksi vositasida fe‘l ibora uch shaxsdan biriga nisbat beriladi.
Masalan:
Ko'nglimda kir yo’q
Ko‘nglingda kiring yo’q
Ko'nglida kiri yo’q.
Frazeologizmlarning komponentlari o'rtasida sintaktik aloqalar,ularga qo'shiluvchi affikslar muhim rol o'ynaydi. Frazeolgiyaning xususiyati shundaki,uning ma'nosini so'zma-so’z ,aynan tashunish mumkin emas.Frazeologik birliklarning bir-birining o'rnida ishlatila olish xususiyati substansiya metodi yordamida va almashtiruvchi komponentlar o'rtasidagi bog‘lanishlar trasformatsiya metodi yordamida ochiladi
Frazeologik birliklarning struktural-sintaktik metodda har bir so’z ham ma’noga ega bo'lavermaydi.
Download 14.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling