Annotatsiya. O'quvchilarga ot va sifat so'z turkumini qulay usulda tushuntirish. Kalit so'zlar
Download 43.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqOT VA SIFAT SO\'Z TURKUMLARINI O\'QITISH
OT VA SIFAT SO'Z TURKUMLARINI O'QITISH. Axadova Sevara Toxir qizi. ChDPU Gumanitar fanlar fakulteti. O'TA 20/3-guruh talabasi. Annotatsiya. O'quvchilarga ot va sifat so'z turkumini qulay usulda tushuntirish. Kalit so'zlar. Ot so'z turkumi, sifat so'z turkumi, Venn diagrammasi, fe'l, son so'z turkumi, egalik, kelishik, darajalanish, asliy va nisbiy sifatlar. KIRISH. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta'siri va mavqeyini yanada oshirish, "Davlat tili haqida"gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarur. Ona tili darslarining maqsadi o'quvchilarning savodxonligini oshirish, nutqiy malakasini o'stirish, ijodiy fikrlashga yo'naltirish bilan bir qatirda ona tilimizni sofligini saqlashdir. ASOSIY QISM Ma'lumki, ta'lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, o'zbek tili darslarida ham ta'limning didaktik materiallardan, o'yin-mashq usullaridan, ko'rgazmali vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ushbu maqolada ot va sifat turkumlarini qiyoslab o'rganamiz. O'quvchilarda so'z turkumlarini bilish ko'nikmasini ularning belgilari yig'indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun o’quvchi quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so’z narsani bildiryapti, ko’plikda qo’llanadi – gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so’zi nima qildi? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo’lishsiz shaklda qo’llanadi – gullamadi, bu – fe’l. MUHOKAMA VA NATIJALAR So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko’rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog’lash muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o’stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. So’z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog’), o’simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig’in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo’ron, yomg’ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o’rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi. Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o’quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat o’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog’iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi. O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. Predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun boshlang'ich sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi Ot va sifatni “Venn diagrammasi” orqali yoritamiz.
Bu metod orqali ushbu so'z turkumlarini o'xshash tomonlarini ko'rib chiqdik. Masalan o'quvchilarga qulay tushuntirish uchun quyidagi topshiriqdan foydalansak bo'ladi. Bunda o'quvchilarga ot so'z turkumiga oid so'zlarni berib, ularni sifat so'z turkumidan foydalangan holda ta'riflashdir. Masalan: yashil(daraxt), qiziqarli(kitob), qizil(gul), katta(uy). Ushbu so'zlardan foydalangan holda ot bilan sifatning birga birikib kelishini va bir-birini izohlashini ham o'rganishi mumkin. O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish. 2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki) 3.Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi fikrini aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonimlar ustida ishlash, o‘qish darslarida o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardang ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy foydalansa bo‘ladi. Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida o‘rganilgan ot so‘z turkumi haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi amaliy topshiriqlar bajariladi. 1 – topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang. qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting. 2 – toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang. 3 – topshiriq. Kim? nima? qayer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z birikmalarini tuzing. 4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing. 5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating. Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari, mashqlar va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi, ta’lim mazmunini takommillashtiradi, o‘quv biluv faoliyatini jadallashtiradi. Nazariyani amaliyot zaminida o‘rganish mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni o‘stirishga yordam beradi. XULOSA O‘zbek tilida so‘z turkumlarini o‘rganish boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan bilimlarga asoslangan holda olib borilishi, o‘tilganlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish uchun savollardan foydalanish mumkin. O‘quvchi matndagi so‘zlarning turkumlariga to‘g‘ri ajrata olsa, gap bo‘laklarini aniqlashda ham qiynalmaydi. Demak, bu tahlil o‘z-o‘zidan sintaktik tahlil bilan bog‘lanadi. So‘z turkumlarining mohiyatiga to‘la tushunmasdan turib, sintaktik tahlil vaqtida gapning bosh bo‘laklari bilan grammatik munosabatga kirishmaydigan so‘zlar (“bo‘laklar)ni aniqlash mumkin emas. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil, so‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil kabi, morfologik tahlilning bir ko‘rinishi bo‘lib, u maktab dasturidagi “So‘z turkumlari” mavzusining masalalarini qamrab oladi.. Download 43.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling