Annotatsiya tayanch so‘zlar: talis, pisa, pirls tadqiqot obyekti


Download 11.12 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi11.12 Kb.
#1314931
Bog'liq
ANNOTATSIYA


ANNOTATSIYA
Tayanch so‘zlar: TALIS, PISA, PIRLS
Tadqiqot obyekti: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini baholash
Tadqiqot predmeti: TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash dasturi
Ishning maqsadi: TALIS (Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti mohiyati va uning ishlash mexanizmi va ilmiy asoslarini ochib berish, Xorijiy mamlakatlarda uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berish, TALIS tadqiqoti asosida ta’lim tizimini isloh qilgan mamlakatlar ta’limining rivojlanishi va zamonaviy xolatini baholash, uning ta’lim sifati taraqqiiyotiga ta’sirini aniq tahliliy ma’lumotlar orqali asoslash, O‘zbekiston tajribasida TALIS tadqiqotini joriy etishning ilgor mexanizmini tadqiq qilish va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, O‘zbekiston ta’lim tizimiga TALISni qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini tahlil qilish, O‘zbekiston ta’lim tizimiga bu kabi nufuzli tadqiqotni joriy etish va olingan xulosalar orqali ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari: So‘rovnoma, tadqiqotlar, qiyosiy-tahlil, tarkibiy-tahlil statistik ma’lumotlar
Olingan natijalar va ularning yangiligi: TALIS tadqiqotini natijalari asosida ta’lim siyosatini belgilashning mohiyati va uning zamonaviy ta’lim tizimiga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish hamda ushbu tadqiqot asosida ta’lim tizimini ishlash mexanizmi va uning ilmiy asoslarini ochib berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. TALIS tadqiqoti mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berishda ilmiy asoslarga ega bo‘lgan adabiyotlar asosida o‘rganildi. Unda ta’lim tizimining rivojlanishi va zamonaviy holatini baholash, TALIS tadqiqoti natijalarininng ta’lim taraqqiyotiga ta’sirini amaliy tahlillar orqali asoslash, xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali joriy etishning ilgor mexanizmini tadqiq qilish va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash masalalari yoritildi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimiga TALIS tadqiqotini qo‘llash va natijalar asosida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda O‘zbekistonda TALIS tadqiqoti natijalaridan kelib chiqqan holda xolis ma’lumotlarni to‘plash, tahlillar natijasida uni takomillashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, O‘zbekiston ta’lim siyosatida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda asosida TALIS tadqiqoti natijalaridan jiddiy manba sifatida foydalanish taklif etilgan. TALIS tadqiqoti natijalaridan kelib chiqqan holda ta’lim siyosatiga yondashuvning ilgor xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv bosqichlari ishlab chiqilishi lozim.
Amaliy ahamiyati: TALIS tadqiqotini o‘tkazish hamda uning natijalari orqali O‘zbekiston ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda ta’limni isloh qilishda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi bosqichlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston ta’lim tizimiga TALIS tadqiqotini qo‘llash va natijalar asosida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda O‘zbekistonda TALIS tadqiqoti natijalaridan kelib chiqqan holda xolis ma’lumotlarni to‘plash, tahlillar natijasida uni takomillashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, O‘zbekiston ta’lim siyosatida yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda asosida TALIS tadqiqoti natijalaridan jiddiy manba sifatida foydalanish taklif etilgan. Maktablar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatning ta’minlanishi va foydalanilmayotgan xorijiy, ilg‘or tajribalarni transformatsiyalanishi orqali O‘zbekistonda ta’lim tizimi rivojlanishining mamlakat kelajagi uchun ijobiy ta’siri asoslangan. Ushbu tadqiqot ta’limning maqsad va mohiyatini chuqur anglash, ta’lim tizimini isloh qilishda rivojlangan, ta’limda yuksak natijalarni qayd etayotgan mamlakatlar tajribasidan samarali foydalanish, O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga, qabul qilinayotgan qarorlarni samarali joriy etishga va bu jarayonning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan o‘qiyuvchi va maktab direktorlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun samarali ta’lim menejmenti yo‘nalishini ishlab chiqishda kata yordam beradi.
Tadbiq etish darajasi: Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Qo‘llash sohasi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari.
Download 11.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling