Annotatsiya: Ushbu maqolada Chiziqli algebra fanidan mustaqil ishlarni
Download 197.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Документ (1)
CHIZIQLI ALGEBRA FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISH UNI TASHKIL ETISH Annotatsiya: Ushbu maqolada Chiziqli algebra fanidan mustaqil ishlarni Tayyorlash metodikasi haqida. Kalit soʻzlar: nazariya, oʻquv mashgʻuloti, chiziqli algebra, mustaqil ishlar tashkil Etish. KIRISH Talabaning mustaqil ishi o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u mеtodik va Axborot rеsurslari bilan ta'minlanadi hamda bajarilishi rеyting tizimi talablari asosida Nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va Nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun Zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning akadеmik o‘zlashtirish Darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: -ayrim Nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko’rish; - nazariy bilimlarni amaliyotda Qo‘llash; -mavzu yuzasidan taqlilga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish; Matnlarga xos til xususiyatlarni bеlgilash va boshqalar. Talaba mustaqil ishini Nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga Oshiriladi. Talaba uchun fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tеgishli kafеdra Profеssori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bеvosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan Birgalikda tuziladi, hamda kafеdra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishni Bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, Mеtodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma'lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy Davriy nashrlar, intеrnеt tarmog‘idagi tеgishli ma'lumotlar, bеrilgan mavzu bo‘yicha Avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. “Chiziqli algebra va analitik Geometriya” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari o‘quv sеmеstri davomida 5 Marta tеkshirilib, har bir nazorat maksimal “4” ball bilan baqolanishi mumkin. Sеmеstr Yakunida mustaqil ish natijalari umumiy ballarga qo‘shiladi Fanning maqsadi “Chiziqli algebra Fanining o’qitilishidan maqsad – talabalarni matematikaning zaruriy Ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni Zviy bog’liqliklarini o’rganishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy Fikrlashga, to’g’ri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, To’g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o’rgatish “Chiziqli algebra fanining Asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Fanning vazifasi “Chiziqli algebra fanining vazifasi – talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy Bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, to’g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul Qilishga o’rgatish. Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba: Bilim jihatdan: Matritsa tushunchasi, matritsalar ustida amallar, minorlar va algebraik To‘ldiruvchilar, teskari matrisa, determinantlar va ularning xossalari, Laplas teoremasi, Matritsa va determinanilar nazariyasining chiziqli tenglamalar sistemalarini yechishga Taalluqli bilimalrga ega bo‘lishlari kerak. Chiziqli fazo aksiomalari va ulardan kelib chiqadigan ba’zibir natijalar, chiziqli Bog‘liqlik, o‘lcham va bazis tushunchalari, bir bazisdan boshqa bir bazisga o‘tish Matrisasi, bazis o‘zgarganda koordinatalarning o‘zgarishi, Evklid fazolari, ortogonal va Ortonormal sistemalar, ortogonallashtirish prosessii, ortogonal to‘ldiruvchi fazo To‘grisidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Chiziqli formalar. Bichiziqli va kvadratik formalar. Kvadratik formalarni Kanonik ko’rinishga keltirish usullari.Kvadratik forma uchun inersiya qonuni. Musbat aniqlangan kvadratik formalar bilimlariga ega bo‘lishlari kerak. Chiziqli operatorlar ustida amallar, chiziqli operatorlar fazosi va ularning Xossalari, chiziqli operatorning xarakteristik ko’phadi, chiziqli operatorning xos Qiymati va xos vektorlari, Evklid fazosida qo’shma almashtirishlar bo‘yicha bilimlarga Ega bo‘lishlari kerak. Ko‘nikmalar jihatidan: Matritsalar ustida amallarni bajara olish, minorlar va algebraik to‘ldiruvchilar, Teskari matrisalarni, determinantlarni hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemalarini Yechish. Mustaqil ta’limning tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga Olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish; Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash; Talabaning o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan Bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish; Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari Mustaqil ishlarni nazorat qilish bo’yicha topshiriqlarni qabul qilish Yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish xamda matematika 1038 Referat Plakatlar Slaydlar Tarqatma materiallar Presentatsiya Savolnoma Test savollari Mavzuni tahlil qilish Mustaqil ta’lim mavzulari: Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Matrisalar algebrasi n-tartibli determinantlar, ularning xossalari Laplas teoremasi. Kramer formulasi Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning matrisaviy usuli Matrisa rangini minorlar orqali toppish usullari Chiziqli fazolar. Chiziqli bog‘liqlik va chiziqli erklilik Chiziqli fazolarning izomorfligi. Qism fazolar Yevklid fazolari Kompleks sonlar maydoni ustida berilgan fazodagi kvadratik formalar va Ularning kanonik shakllari Ikkita kvadratik formani bir vaqtda kanonik ko‘rinishga keltirish Chiziqli formalar Haqiqiy sonlar maydonida berilgan chiziqli almashtirishlar va ularning kanonik Shakllari Mustaqil ta’limni bajarish uchun ko`rsatma Mavzu: Matrisalar algebrasi Talaba mustaqil ishda matrisa turlari, matrisalar ustida amallarni keng yoritib Berishi, matrisalar algebrasining tadbiqlarini ko‘rsatib berishi va mavzu doirasida Kamida 20 ta misol va masalalar yechishi lozim. Adabiyotlar: 1. X.Latipov, Sh.Tojiyev, R.Rustamov. Analitik geometriya va chiziqli algebra, “O‘zbekiston” nashriyoti, 1995, 35-44betlar 2. Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y. 3. https://fayllar.org/matritsalar-va-ular-ustida-amallar.html Mavzu: n-tartibli determinantlar, ularning xossalari N – tartibli determinantlarni hisoblash ko‘nikmasini hosil qilish, n-tartibli tartibli Determinantlarni xossalari yordamida hisoblashni o‘rganish va mavzu yuzasidan Kamida 20 ta misol ishlash Zarur adabiyotlar: X.Latipov, Sh.Tojiyev, R.Rustamov. Analitik geometriya va chiziqli algebra, “O‘zbekiston” nashriyoti, 1995, 19-24-betlar Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y.\ http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/4455/html/53784/5.%20ma'ruza.% 20Deter minantlar.%20Chziqli%20tenglamalr%20sistemasi..htm Mavzu: Laplas teoremasi. Kramer formulasi Talaba ushbu mavzu orqali Laplas teoremasi va uni isbotini o‘rganadi. Chiziqli Tenglamalar sistemasini yechishning Kramer usulini o‘rganadi. Ish oxirida kamida 20 Ta misol ishlaydi. Zarur adabiyotlar: 1. X.Latipov, Sh.Tojiyev, R.Rustamov. Analitik geometriya va chiziqli algebra, “O‘zbekiston” nashriyoti, 1995, 16-19 betlar 2. Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y. 3. https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/algebra/chiziqli-tenglamalarsistemasini-yechish-usullari Mavzu: Yevklid fazolari Talaba ushbu mavzu orqali Yevklid fazolari, skalyar ko‘paytma, yevklid fazosida Orthogonal va ortonormal bazislar haqida ma’lumotlar berishi kerak, mavzu yuzasidan Misollar ishlash kerak. Zarur adabiyotlar va jihozlar: 1. Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y. 2. Ayupov A.Sh., Omirov B.A., Xudoyberdiyev A.X., Haydarov F.H. Algebra va Sonlar nazariyasi, Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 296-bet, 2019 y. 3.Gelfand I.M. Chiziqli algebradan leksiyalar. «Oliy va o’rta maktab». 1964. 4.https://fayllar.org/2-mavzu-yevklid-fazosi-ortogonal-sistemalarortogonallashtiris.html 5.http://mathnet.uz/Images/files/Ayupov%20va%20boshqalar%20Algebr A%2 0va%20sonlar%20nazariyasi.pdf Mavzu: Ikkita kvadratik formani bir vaqtda kanonik ko‘rinishga keltirish Talaba ushbu mavzu orqali ikkita kvadratik formani bir vaqtda kanonik Ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ma’lumot berishi kerak va misollar yordamida usullarni Ko‘rsatib berishi kerak. Zarur adabiyotlar va jihozlar: Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y. Ayupov A.Sh., Omirov B.A., Xudoyberdiyev A.X., Haydarov F.H. Algebra va Sonlar nazariyasi, Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 296-bet, 2019 y.. Gelfand I.M. Chiziqli algebradan leksiyalar. «Oliy va o’rta maktab». 1964. http://mathnet.uz/Images/files/Ayupov%20va%20boshqalar%20Algebra%2 ZARUR ADABIYOTLAR VA JIHOZLAR: Poskuryakov I.L. Chiziqli algebradan masalalar to‘plami. «Nauka», 2005 y. Ayupov A.Sh., Omirov B.A., Xudoyberdiyev A.X., Haydarov F.H. Algebra va Sonlar nazariyasi, Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 296-bet, 2019 y.. Gelfand I.M. Chiziqli algebradan leksiyalar. «Oliy va o’rta maktab». 1964. http://mathnet.uz/Images/files/Ayupov%20va%20boshqalar%20Alg Download 197.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling