Annotatsiya: Ushbu maqolada datura stramanium ( bangidevona ) o’simligi, uning tarqalishi, botanik va farmokologik xususiyatlari, xalq tabobatida qo’llanilishi


Download 204.5 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi204.5 Kb.
#1620549
  1   2   3
Bog'liq
BANGIDEVONA O


BANGIDEVONA O’SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, FOYDALI VA ZARARLI TOMONLARI
Akramova zuhraxon qizi
Farg’ona davlat universiteti kimyo yo’nalishi magistranti.


Annotatsiya: Ushbu maqolada datura stramanium ( bangidevona ) o’simligi, uning tarqalishi, botanik va farmokologik xususiyatlari, xalq tabobatida qo’llanilishi, uning foydali hamda zararli tomonlari va undan zaharlanish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.


Kalit so’z va iboralar: datura stramonium, bangidevona, ituzumdoshlar, alkaloid, epilepsiya, atropin, giossiamin, skopolamin, astma, buta, zaharlanish, an’anaviy tibbiyot.


Аннотация: данная статья содержит информацию о растении дурман страманиум (бангидевона), его распространении, ботанических и фармакологических свойствах, народной медицине, его вредных аспектах и ​​отравлениях.


Ключевые слова и фразы: датура страмониум, бангидевона, итузумдоза, алкалоид, эпилепсия, атропин, гиосциамин, скополамин, астма, куст, отравление, народная медицина.


Key words and phrases: datura stramonium, bangidevona, ituzumdoza, alkaloid, epilepsy, atropine, hyoscyamine, scopolamine, asthma, bush, poisoning, traditional medicine.


Bangidevona (datura stramonium) ituzumdoshlar oilasiga mansub, 20-150 (200) sm keladigan bir yillik o‘t. Barglari bandli, oddiy, o‘tkirlashagan tuxumsimon, chetlari notekis kesilgan. Gullari 7-12 sm uzunlikda karnaysimon, oq rangli, may-iyul (sentabr) oylarida gullab, urug‘laydi. Mevasi – sirti o‘tkir tikanlar bilan qoplangan to‘rtxonali tuxum shaklidagi ko‘sak. O’simlik May-iyul (sentabr) oylarida gullab, urug‘laydi. Mevasi pishib bo’lgach, ko’sak to’rtta bo’lakka ochiladi. Har bir bo’lakda 500ga yaqin yirik mat-qora yassilangan buyrak shaklidagi urug’lar mavjud. Urug' qiyshiq, buyraksimon, qirrasida egri-bugri o'simtalari bo'lib, ustki tomoni mayda chuqurchali, xira kulrang-qo'ng'ir yoki och sariq, uzunligi 4-5 mm, eni 3,5-4 mm, qalinligi 1-1,5 mm. Urug'i hidsiz, sho'rtang mazasi bor.
O’simlikni Rossiyaning Yevropa qismining janubiy qismida, O’rta Osiyo, Kavkazda, Ukrainada va boshqa ko’plab davlatlarda uchratishimiz mumkin.
Bangidevona tashlandiq joylarda, ekinlar orasida, bog‘larda, paxtazorlarda, bo’sh joylarda, to’siqlar bo’ylab o’sadi, axlatxonalarda, yo’l yoqalarida ko‘p uchraydigan begona o‘t.

Yer usti a’zolari ya’ni bargi urug’i atropin, giossiamin, skopolamin kabi alkaloid moddalarga juda boy. Bangidevona juda sassiq o‘simlik bo‘lganidan oddiy sharoitda hayvonlar uni yemaydilar va hayvonlarning zaharlanishi uncha ko‘p kuzatilmaydi. Bangidevonaning mevasi, urug‘i juda chiroyli va o‘ziga jalb qiluvchan bo‘lganidan yosh bolalar uning urug‘ini yeb zag‘arlanishlari mumkin. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, kuchli zaharlangan yosh bolalar o‘lishi ham mumkin. Shu sababdan bog‘da, mevazorda va uy atroflarida o‘sgan bangidevonani har qanday yo‘l bilan, urug‘i pishmasdan, yulib tashlash kerak.



Download 204.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling