Annotatsiya: Ushbu maqolada harbiy bilim yurti talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,vatanparvarlik hissini shakllantirish oid tushunchalar va harbiy ma'sulyat hamda ofitserlar faoliyatining harbiy psixologik xususiyatlari haqida so'z


Download 19.19 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2023
Hajmi19.19 Kb.
#1401262
1   2
Bog'liq
Ergashev.Sh....

Asosiy Qism.Vatanparvarlik" - bu siyosiy sodiqlik (va, albatta, sodiqlik), sadoqat va fidoyilik. Qisqacha aytganda, bu o'z vataniga yoki millatiga muhabbatni anglatadi va eng qadimgi siyosiy fazilatlardan biridir. U o'zining jozibadorligidan ko'ra ko'proq hissiyotlidir va bu siyosiy tartib yoki davlat oldidagi oldindan mavjud bo'lgan burchni tan olishni talab qiladi.
Harbiylar jamiyatda tinchlik va tartibni saqlash uchun javobgardir. Harbiylar patrullik operatsiyalarini o'tkazadi, jumladan, belgilangan hududlarda shubhali harakatlar haqida xabar berish, yo'l harakati qoidalariga yordam berish, ommaviy tadbirlarni ta'minlash va harbiy mudofaa mashg'ulotlarida qatnashish. Shuningdek, ular jinoiy faoliyat va qonun buzilishlarini tergov qilishda huquqni muhofaza qilish organlariga yordam beradi. Harbiylar ajoyib tashkiliy ko'nikmalarga, shuningdek, vaqtni boshqarish va ko'p vazifalarni bajarishga ega bo'lishi kerak. Ular doimo kuzatuvchan bo‘lib, o‘z hududlari har qanday tahdid va ehtimoliy teraktlardan xoli bo‘lishini ta’minlashi kerak.
Askarning harbiy xizmat sharoitlariga moslashishi jarayoniga harbiy xizmatning hamma tomonlari ta’sir etadi. Ular quyidagilar:
Askarlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
Ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
Harbiy va texnik bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashlariga yordam berish (harbiy-texnik ko‘nikish);
Ularda jang olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish jangovar ko‘nikish;
Muayyan bir harbiy jamoaga qo‘shilish, komandirlar, boshliqlar va lavozimi tenglar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish (ijtimoiy ko‘nikish);
Ko‘nikishning turli shakllari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalorlik mavjud. Masalan, yosh askarning jangovar mahoratni egallashi uning bo‘linmadagi ijtimoiy muhitga kirishiga yordam beradi. Bu narsa o‘z navbatida ushbu askarning bo‘linmadagi obro‘yiga hamda jamoaning unga nisbatan bo‘lgan munosabatiga ta’sir etadi. Va aksincha, askarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi faolligi uning harbiy texnikani qanchalik muvaffaqiyatli o‘rganishiga hamda unda ishlay olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Harbiy faoliyat,ayniqsa,ofitserlik faoliyati murakkab va qiyin faoliyatlardan biri hisoblanadi.Buning sababi ushbu faoliyat kishisiga tushadigan jismoniy va ruhiy zo'riqishgagina bog'liq bo'lmasdan,ofitserning harbiy xizmatchilar bilan,shuningdek,texnika hamda qurollar bilan bir vaqtda faoliyat yuritish bilan belgilanadi.Harbiy faoliyat amalga oshirish vositalari(harbiy texnika,o'q otish qurollari)ning hamda uning ishtirokchilari(harbiy xizmatchilar) amal qiladigan huquqiy me'yorlar(harbiy nizomlar,komandr va boshliqlarning buyruqlari)ning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.Har bir inson o'zining ichki olamiga,psixologiya tushunchasi bilan aytganda individual psixologik xususiyatlariga ega.Ofitser ular bilan ishlaganda ushbu xususiyatlarni o'rganishi hamda o'z faoliyatida ularga tayanishi lozim,bundan tashqari,harbiy jamoa ham o'zining ijtimoiy-psixologik tabiatiga va tarkibiga ega bo'lib,ular ham o'ziga xos qonuniyatlarga asoslanib rivojlanadi.
Harbiy xizmatning o'ziga xosligi shaxsdan doimiy harbiy-texnik takomillashuvini ruhiy va jismoniy chiniqishini,o'g'ir mehnatning doimiy bosimiga chidashini taqozo etadi.Harbiy xizmat sharoitlari insonning ma'naviy,kasbiy,harbiy tiklanishi vaqtini imkon qadar "ixchamlashtirib" qo'yadi.Shu tarzda uning o'z-o'zini namoyon etishini o'zida mavjud qilgan yashirin salohiyatlarini amalga oshirish jarayonini jadallashtirib qo'yadi.
Xulosa:Harbiylar bugungi tinch-osoyishta, dorilomon, farovon hayotimizning kafolati. Ular bor ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, sarhadlarimiz mustahkam. Shu bois ham harbiylik — mardlar kasbi deyiladi, Vatan himoyachilari doimo ulug'lanadi, sharaflanadi.Harbiy xizmat sharoitlariga ko‘nikish jarayoni yosh askar va uni o‘ragan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv ekanligini e’tiborga olsak, uni shaxsiy va tashqi omillarga ajratish mumkin. Shaxsiy omillarga ijtimoiy tajriba, harbiy xizmatga munosabat, umumiy ma’lumot darajasi, muayyan mutaxassislikni egallashga bo‘lgan qobiliyati, temperamenti va xarakter xislatlari kabilar kiradi. Jangovar navbatchilik, qorovullik xizmati, o‘quv-tarbiya jarayoni, ruhiy tayyorgarlik, kichik komandirlardagi rahbarlik usullari va jamoadagi o‘zaro munosabatlar esa tashqi omillar sirasiga kiradi. Harbiy bo‘linmadagi o‘zaro munosabatlar har xil ichki va tashqi omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Zamonaviy harbiy texnika va qurollarning murakablashganligi, ularning bir nechta kishilar tomonidan boshqarilishi bo‘linmada va har bir harbiy xizmatchidagi mas’uliyat hissini nihoyatda oshiradi. Ularni boshqarishda aniqlik va hushyorlik harakatlardagi o‘zaro muvofiqlik talab etiladi. Bularnin hammasi harbiy xizmatchilarni bitta jamoa atrofiga birlashtiradi, har bir kishining umumiy ish uchun mas’uliyatini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abduqahhor Ibrohimov, Hayriddin
Sultonov, Nazrulla Jo‘rayev. "Vatan tuyg'usi". 1996.
2.Inoyatov I.Y.U. Abilov M.X. – Vatan himoyasi muqaddas burchdir. 2001.
3.Mamatov O. Vatanparvarlik milliy istiqlol mafkurasining muhim tarkibiy qismidir.Toshkent-2001.
4.Sa'diev N.N. Harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik texnologiyasi oliy harbiy-muhandislik kursantlari o'rtasida rivojlanish ta'lim muassasasi. Jismoniy tarbiya va sport – fan va amaliyot. 2015 yil, 1, 19-25-betlar.
Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling