Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet159/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Adabiyotlar ro’yxati 
1. Postnova L.X., Titova L.F. “Farmokologiya bilan retseptura”. Toshkent,
Meditsina, 1990 yil.
2. Toshmuhammedova F.Sh.,Aliyev X.U., Nizomov R.Z., “Umumiy farmokologiya
va retseptura”. Toshkent. Ilm ziyo,2007 yil.
3.Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Farmokologiya bilan retseptura”. Toshkent, Meditsina
1996 yil.
Yordamchi adabiyotlar ro’yxati 
4.Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Dorishunoslik farmokologiya va klinik farmokologiya
asoslari”. Toshkent. 2006 yil
5. Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Umumiy retseptura”. Toshkent 2006 yil
6. “Spravochnik Vidal” Toshkent. 2008.
7. “O’zbekiston respublikasi dori vositalari va tobbiyot buyumlarining Davlar
Reestri” Toshkent.2004
8. “Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Toshkent, 2006 yil
9. “Hamshira jurnali”
10. “O’zbekiston tibbiyoti jurnali”

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2. Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru




MAVZU. GIPERTONIYA KASALLIGI. ARITMIYAGA QARSHI VOSITALAR 

Reja: 
1.
Aritmiyaning turlari
2.
Hilpillovchi aritmiya
3.
Gipotenziv vositalarning qo’llanilishi.
4.
Suv- tuz almashinuviga ta’sir qiladigan vositalar.
Tayanch iboralar. 
Gipertoniya
- qon bosimi oshishi bilan o’tadigan kasallik
Gipotoniya
- qon bosimining pasayishi
Miokard
- yurak mushagi
Miokardit 
- yurak mushagining yallig’lanishi

Bu guruhga yurak qo`zg`alishi, o`tkazuvchi tizim va avtomatizmni tormozlaydigan,


qo`shimcha
qo`zg`alish
o`chog`ida
patologik
impulsning
paydo
bo`lishini
kamaytiradigan prеparatlar kiradi.
Yurakning ritmik-to`g`ri, bir tеkisda qisqarishining buzilishi-aritmiya holati
yurakning o`zida bo`ladigan kasalliklarda va undan tashqaridagi har xil patologik
o`zgarishlarda kuzatilishi mumkin. Yurakning ishеmik kasalligida, miokard infarktida,
rеvmokardit,miokardit, kardiosklеroz kasalliklarida va asab tizimining kasalliklarida,
organizm intoksikatsiyasida, elеktrolit almashinuvining buzilishida (K
+
ionining
еtishmasligi va Ca
++
ko`payishi) va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir
bo`ladi (taxi va bradiaritmiya).
Taxiaritmiya-ritmning tеzlanishi bilan kеchadigan xili. Bunga ekstrasistoliya,
paroksizmal taxikardiya, xilpillash va boshqalar alomatlari bilan kеchadigan aritmiya
misol bo`lishi mumkin. Bulardan xavflisi xilpillash alomatlari bilan kеchadigan aritmiya
hisoblanadi. Chunki u ayrim hollarda yurakning to`xtab qolishiga olib kеladi. Shuni qayd
qilib o`tish kеrakki, oxirgi vaqtda aritmiya kasalligiga chalingan bеmorlarning soni
anchagina oshdi.
Bradiaritmiya esa yurak urishining sеkinlashishi bilan davom etadi (bir daqiqada 45-
55 marta) va ritm juda sеkinlashib qolsa, kollaps holatiga olib kеladi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo`lgan bеmorlarga davo qilishda antiaritmik
prеparatlardan foydalaniladi.
Ularning asosiy farmakologik ta'siri yurak qo`zg`aluvchanligini pasaytirish, yurak
avtomatizmini, o`tkazuvchi tizimlarini tormozlash bilan izohlanadi. Antiaritmik
prеparatlarning bunday ta'siri ko`proq miokardning patologik o`zgargan joylaridan
(ektopik yoki gеtеrotop) paydo bo`ladigan qo`shimcha (aritmiyaga sababchi) impulslarga
qaratilgandir. Ular sinus (Kеyt-Flak) tuguncha avtomatizmiga kam kor qiladi.
Atriovеntrikulyar tuguncha va Giss bog`lamiga bo`lgan ta'siri ancha sеzilarli (33-rasm).
Antiaritmik prеparatlarning ta'sir etish mеxanizmi shundan iboratki, ular asosiy
elеktrolitlar-kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda o`tishini sеkinlashtiradi.
Natijada elеktrolitlar balansining mahalliy buzilishi (kaliy ionlarining kamligi, natriy va
kaltsiy ionlarining ko`payib kеtishi) yo`qoladi. Ma'lumki, elеktrolitlar balansining
bunday o`zgarishi yurak qo`zg`aluvchanligi va avtomatizmini kuchaytiradi. Shunday
qilib, antiaritmik prеparatlar ta'sirida hujayra mеmbranasining ikki tomonidagi
elеktrolitlar soni baravarlashadi, uning elеktrik qutbi barqarorlashadi.


Aritmiyaga qarshi ishlatiladigan dori vositalari kimyoviy tuzilishi, olinishi,


farmakologik ta'siri, ta'sir mеxanizmi va ishlatilishi bo`yicha turli guruhlarga mansub.
Natriy va kaliy ionlarining miokard hujayra pardalaridan o’tishini kamaytiruvchilar
yoki hujayra mеmbranasini barqarorlaydigan dori vositalari. Ushbu guruhga kiruvchi
prеparatlar asosiy va bеvosita ta'sir etuvchilar dеb ham yuritiladi. Bular xinidin,
novokainamid, etmozin, aymalin va b.q.
Hujayra mеmbranasining kaliy ionlari uchun o’tkazuvchanligini oshiradigan
vositalar. Bularga mahalliy anеstеtiklar-lidokain, trimеkain va b.q. misol bo’ladi.
Kaltsiy antagonistlari. Bular hujayra pardasidan kaltsiy ionlarining o’tishini
kamaytiradi.
Yurakka simpatik nеrv ta'sirini to’suvchi prеparatlar. Bular adrеnorеtsеptorlarni
to’sib (anaprilin) yoki simpatolitik ta'sir etib (amiadoron) yurak ritmini sеkinlashtiradi.
Miokard qo’zg`aluvchanligi va o’tkazuvchanligini susaytiradi. Natriy va kaltsiy
ionlarining hujayra pardasidan o’tishini pasaytiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling