Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet132/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2. Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com




MAVZU: PSIXOTROP VOSITALAR.
Reja: 
1.
Psixotrop vositalar ularning tasnifi, tibbiyotda tutgan o`rni.
2.
Neyroleptiklar ta`sir mexanizmining o`ziga xos tomonlari, qo`llanilishi.
3.
Trankvilizatorlar, qo`llanilishi dorilarga qaramlik paydo bo`lishi va uni oldini
olish choralari.
4.
Sedativ vositalarning tinchlantiruvchi ta`siri.
5.
Yangi psixotrop vositalar xaqida ma`lumotlar.
Tayanch iboralari: 
Neyroleptikla
r-Idrok qilish qobiliyatini saqlanib qolgani xolda his hayajonni va
instinklarni pasaytiradigan moddalar.
Traknkvizatorlar
- Emotsional tanglikni bartaraf etadigan moddalar
Bromizm
-Bromidlar bilan surunkali zaharlanish.
Psixotrop moddalar ruhiy-asabiy kasalliklarda: qo`rquv, vahima, xavotirlik,
bezovtalik bilan kechadigan psixonevrozlarda qo`llanadi.
Psixofarmakologiya farmakologiyaning ancha yosh bo`limlaridan bo`lsa ham bu
sohada juda ko`p kuzatishlar va tajribalar qilingan. Bu moddalar markaziy nerv
sistemasida neyronlararo o`tkazuvanlikka, biogen aminlar almashinuviga hamda bosh
miyaning xolinergik reseptorlariga ta`sir etishi aniqlangan.
Psixotrop moddalarni tasniflash ham ancha kiyin, hozirgi kunga qadar yagona
tasniflash usuli yo`q, desa ham bo`ladi. Jaxon sog`liqni saqlash tashkilotining 1966
yildagi tasnifi bo`yicha psixotrop moddalar 5 turga bo`linadi:
1.
Neyroleptiklar — psixozlarni davolash uchun qo`llanadi.
2.
Trankvilizatorlar, sedativ moddalar — qo`rquv, vahima, ich-ichidan siqilishga
barham beradigan, psixonevroz va nevrozlarni davolash uchun qo`llanadi.
3.
Antidepressantlar — depressiya holatlarini davolash uchun qo`llanadi.
4.
Psixostimulyatorlar — bardamlik, tetiklikni oshiradigan moddalar.
5.
Psixodisleptiklar — gallyutsinogenlar, ruhiy o`zgarishlarni yuzaga keltiradigan
moddalar.
Neyroleptiklar psixozga qarshi, markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi (sedativ)
hamda vegetativ hususiyatga ega. Psixozga qarshi ta`sir deganda gallyutsinatsiyalar yo`q
narsalarning ko`zga ko`rinishi, eshitilishi), alahlash, qo`rquv, tajovuzkorona harakatlarni
kamaytirishga ta`sir qilishi tushuniladi.
Neyroleptiklar gipotalamusda joylashgan adreno hamda serotoninoreseptorlarni
bog`lab, chetda joylashgan qon tomirlarni kengaytiradi, issiqlik ajralishini oshiradi,
to`qimalarda oksidlanish fermentlari faolligini, issiqlik hosil bo`lishini ham kamaytiradi,
shu tufayli harorat pasayadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling