xolinolitik, gangliolitik ta`siri bor. Aminazin atropinga o`xshab so`lakni, bronxial
ajralmalarni, oshqozon-ichak bezlari sekresiyasini kamaytiradi.
Aminazin yurak va qon tomir sistemasiga ham ta`sir ko`rsatadi —
qon bosimi
pasayadi, gipotenziv ta`sir mexanizmi ancha murakkab: bu qon tomirlarni
-
adrenoreseptorlarni bog`lash, gipotalamus markazlari faoliyatini kamaytirish, miotrop
spazmolitik, tomirlarni toraytiruvchi kompensator reflekslarni
susaytirish hamda yurak
zarbi kuchining kamayishi bilan bog`lik. Shu bilan birga aminazin aritmiyaga ham qarshi
ta`sir etadi. Aminazin yangi tug`ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan pilorospazmni
yo`qotadi, bunda pilorik sfinkterda joylashgan adrenoreseptorlarni bog`lab, ularning
qisqarishini bartaraf etadi. Aminazin ruhiy kasalliklarda:
shizofreniya, psixomotor
qo`zg`alishlarda, maniakaldepressiv psixozlarda qo`llanadi. Qusishni,
yangi tugilgan
chaqaloqlarda
uchraydigan
pilorospazmni
davolashda,
neyroleptoanalgeziyada
qo`llanishi mumkin.
Meterazin psixozga.qarshi kuchli ta`sirga ega, lekin tinchlatiruvchi xususiyati
aminazindan kamroq, hatto ayrim holatlarda markaziy nerv sistemalar rag`batlantiruvchi
ta`sir etishi ham mumkin. Qusishga qarshi ta`siri aminazindan ustunroq.
Meterazin shizofreniya kasallik klinikasida bushanglik,
astenik holat, apatiya
ustunroq bo`lganda qo`llanadi.
Triftazinnig
psixozga qarshi ta`siri aminazindan ancha kuchli; neyroleptik ta`sir
bilan birga bu modda nerv
sistemasi faoliyatini oshiradi; shizofreniya klinikasida
gallyutsinatsiya, vosvoslik bo`lsa, bu modda tinchlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: