SEDATIV (TINCHLANTIRUVCHI) MODDALAR
Bu moddalar miya po`stlog`ida tormozlanish
jarayonlarini oshirib, bu jarayonlarni
chuqurlashtiradi.to`playdi, markaziy nerv sistemayeiga ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir nerv
sistemasi qo`zgaluvchanligi oshganda sezilarli bo`ladi, tormozlovchi va qo`zgaluvchanlik
jarayonlari muvozanati to`g`rilanadi. Moddalarning qanday ta`sir
etishi nerv sistemasi
turi hamda faolligiga bog`liq bo`ladi.
Sedativ moddalar nevroz, nevrasteniyada, uyqusizlikda qo`llanadi. Bromidlar asosan
og`iz orqali yuboriladi — ichiladi, me`da-ichakda yaxshi so`riladi. Bromidlar organizmda
to`planish xususiyatiga ega. Bromning qonda 50 % kamayishi 12 kunga to`g`ri keladi,
qolgani bir oygacha aniqlanadi. Buyrakdan tashqari brom ichak, teri va sut bezlari orqali
chikib ketadi. Uzok, vaqt mobaynida qo`llanganda bromidlar organizmda to`planib
qolishi, natijada
surunkali zaharlanish mumkin, bunda bromizm xolati ro`y beradi.
Bromizm holatida organizm umumiy tormozlanadi, bo`shashish,
xotiraning susayishi,
diqqatning kamayishi tumov kon`yunktivit, terida qichishish, toshmalar paydo bo`ladi.
Bromizmni davolash uchun katta miqdorda xloridlar — natriy xlorid (10—90 g sutkaga)
bilan suv (3—5 l sutkaga qo`llanadi. Terini, og`izni, ichakni
vaqti-vaqti bilan tozalab
turish kerak. Siydik haydovchi moddalar ham qo`llanadi. Bolalar amaliyotida qo`llash
uchun brom eritmasi mevalar sharbati bilan birga ishlangan holda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: