Annotatsiya


 Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana25.05.2020
Hajmi1.57 Mb.
#109948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinf oqish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida organish usullari


1.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni 

Boshlang‘ich  sinfda  o‘qish  darsi  o‘z  mazmuni,  o‘quvchilar  fikrini, 

dunyoqarashini,  nutqini,  bola  shaxsini  har  tomonlama  rivojlantiruvchi  xususiyatlari 


 

16 


bilan  boshqa  o‘quv-predmetlari  orasida  muhim  o‘rin  tutadi.  O‘qish  darslari 

jarayonida  o‘quvchilarning  o‘qish  malakalari  takomillashadi.  O‘quvchilarning 

to‘g‘ri,  ravon,  ongli  va  ifodali  o‘qish,  badiiy  asar  g‘oyasini  tushunish,  asar  yoki 

voqea-hodisaga  o‘z  fikrini  bildira  olishqobiliyatlari  o‘sib  boradi.  ―O‘qish  kitobi‖ 

dagi  turli  she‘rlar,  hikoya  va  maqollarni  o‘qish  va  ular  ustida  ishlash  natijasida 

o‘quvchilarda  borliq  va  voqelik  haqidagi  bilimlari,  tushunchalari  kengayib  boradi. 

O‘quvchilar  ta‘limning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  tabiat,  jamiyat,  kishilar 

mehnati  va  hayvonlarning  yashash  faoliyatlari  haqida  va  bir qator shunga o‘xshash 

bilimlarni  o‘zlashtirib  boradilar. 

Birinchi  sinfda  savod  o‘rgatish  davri  tugagandan  so‘ng  o‘qish  darslari 

boshlanadi va keyingi  sinflarda  davom ettiriladi.   

Boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  o‘quvchilarga  matematika,  yozuv, 

tabiatshunoslik,  rasm,  musiqa,  jismoniy  tarbiya,  mehnat  ta‘limi  kabi  fanlardan 

boshlang‘ich  bilimlarni  berib  boradilar.  O‘qituvchi  uchun    eng  muhimi  shundan 

iboratki,  bola  o‘zi  olayotgan  bilim,  unda  shakllanadigan  his-tuyg‘u  hayotda  zarur 

va  ahamiyatli  ekanini  tushunib  yetsin.  O‘qish  darsi  orqali  o‘quvchilarga  mana 

shunday  xislatlarni  singdirib  boriladi.  Bu  o‘rinda  o‘qish  darslari  muhim  o‘rin 

tutadi. Sinfda o‘qish darslarida quyidagi  vazifalar  bajariladi:

1

 

1.  O‘qish  malakalarini  takomillashtirish,  o‘quvchilarda  yaxshi  o‘qish 



sifatlari,  to‘g‘ri, tez ongli,  ifodali  o‘qish malakalarin  shakllantirish; 

2. Bolalarda  kitobga muhabbat uyg‘otish,  

Qanday  tovushni  anglatishini  bilgan  holda  tez,  ongli,  to‘g‘ri  va  ifodali  o‘qiy 

oladi. 


O‘qish  darsini  yaxshi  o‘zlashtirgan  o‘quvchi  esa boshqa fanlarni ham tez va 

osongina  o‘zlashtiradi.  Ana  shunday  ekan,  savod  o‘rgatish  davridan  boshlaboq 

o‘quvchilarni  darsga  qiziqishini  oshirish,  ularni  to‘g‘ri,  ravon,  xatosiz,  ifodali  qilib 

o‘qishga o‘rgatib borish kerak. 

O‘qish  darslari  o‘quvchilar  fikrini  va  nutqini  o‘stirish,  vatanga  muhabbat 

ruhida  tarbiyani  amalga  oshirish  hamda  o‘quvchi  shaxsini  har  tomonlama 

                                                 

1

 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili  o‘qitish metodikasi.  T., ―Noshir‖ nashriyoti. 2009  y. 68-bet. 



 

17 


rivojlantiruvchi  xususiyatlari  bilan  ham  boshqa  fanlar  orasida  alohida  o‘rin  tutadi. 

Chunki  o‘qituvchi  o‘quvchilarga  o‘qishni  tugutish  bilan  bir  qatorda  turli  narsalar 

va 

ko‘rgazmali 



qurollar 

yordamida 

ularning  tasavvur  tushunchalarini 

kengaytiradilar.  Dars  davomida  o‘tilgan  turli  badiiy  asarlar  orqali  asarda  ishtirok 

etgan obrazlar namunasida  tarbiyaviy  ta‘sir o‘tkaziladi. 

Mana  shu  ta‘sir  o‘quvchilar  hayotida  ijobiy  o‘zgarishlarni  yuzaga  keltirishi, 

ularni  axloqiy  yo‘lga yetaklashi  lozim. 

O‘qish  darslarining  asosiy  qismini  o‘quvchilarning  o‘qishiga  ajratish  lozim. 

O‘quvchilar  turli  xildagi  aniq  topshiriqlar  asosida  bir  marta  o‘qitiladi  va  o‘qish 

mas‘uliyatlari  orttirib  boriladi.  O‘quvchilarga  qo‘yiladigan  bunday  talablar  va 

topshiriqlar  dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 

O‘qish  darslari  davomida  o‘quvchilarning  lug‘at  boyligini  oshirish  va  nutq 

o‘stirish  masalasiga  alohida  e‘tibor  beriladi.  O‘qish  darslarini  o‘tishda  darslikdagi 

va  boshqa  turli  xil  rasmlardan  foydalanib  Shu  asosda  suhbat  o‘tkazish 

o‘quvchilarning so‘zlashuv natijasida og‘zaki hikoya tuzdirish, she‘r, topishmoq va 

maqollarni  yoddan  aytirish  singari  turli  o‘qitish  usullaridan  foydalanib  darsni 

tashkil  etish mumkin. 

O‘qish  darslarida  o‘qitish  va  so‘zlab  berish  jarayonida  o‘quvchilarning 

adabiy  talaffuz  normalariga  rioya  qilishlari  talab  qilinadi.  Buning  natijasida 

o‘qituvchi  o‘quvchilarni  tiniq  va  ravon  so‘zlashlari,  har  bir  so‘z  tinglovchilar 

e‘tiborini  o‘ziga  jalb  qilishi  kabi  nutq  malakalarini  egallashlariga  katta  hissa 

qo‘shgan bo‘ladi. 

O‘qish  kitobidagi  turli  janrlarga  xos  bo‘lgan  badiiy  asarlarni  o‘qish  va  ular 

ustida  ishlash  orqali  o‘quvchilarning  borliq,  voqelik  haqidagi  tasavvur 

tushunchalari  kengayadi. 

Birinchi  sinfda  o‘quvchilar  ongli,  to‘g‘ri  va  bir  me‘yorda  bo‘g‘inlab  o‘qish 

malakalarini  egallaydilar.  Ayrim  nutq  tovushlarining  talaffuzidagi  qiyinchiliklar 

asta-sekin 

bartaraf  etiladi.  O‘quvchilar  o‘qigan  matnlarining  mazmunini 

o‘qituvchining  yordamchi  savollari  asosida,  hamda  kichik  hajmdagi  matn 

mazmunini  unga ishlangan  rasmdan foydalanib so‘zlab berishga o‘rgatib boradilar. 


 

18 


Ikkinchi  sinf  o‘quvchilarida  so‘zni  butunicha  o‘qish  malakalari  shakllanadi 

va  ongli,  to‘g‘ri,  ifodali  o‘qishga  intilish  yaqqol  seziladi,  o‘qish  tezligi  ortadi. 

Ayrim  matnlarni  ovoz  chiqarmay  o‘qiy  boshlaydilar.  O‘qituvchi  rahbarligida 

o‘qilgan  matndagi  asosiy  fikrni  aniqlaydilar,  undagi  ayrim  voqea-hodisalarni  so‘z 

bilan  tasvirlashga  o‘rganadilar. 

3-sinfda  o‘quvchilar  so‘zlarni  butunicha  o‘qish  malakalarini  to‘la  egallab, 

ongli  va  ifodali  o‘qishga  ko‘proq  e‘tibor  qaratadilar.  O‘qilgan  matn  mazmunini 

mulohaza  qilish,  voqealar  yo‘nalishini  aniqlash  qobiliyatiga  ega  bo‘ladilar.  3-sinf 

o‘quvchilariga  o‘zaro  fikr  oliShuv  jarayonida  xalq  maqollari  va  obrazli  iboralardan 

o‘rinli  foydalanish  adabiy talaffuz  normalariga  rioya  qilish  o‘rgatiladi. 

4-sinfda  esa  o‘quvchilar  matndagi  so‘zlarni  butunicha,  ma‘nosiga  tushunib, 

to‘g‘ri  o‘qish  malakalrini  egallaydilar.  O‘qiganlari  mazmunini  qayta  hikoyalash, 

matnlarni  qismlarga  bo‘lish  va  sodda  reja  tuzish  vazifalarini  mustaqil  bajara 

oladilar. 

Yuqoridagi  fikrlardan  ko‘rinib  turibdiki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish asosiy 

dars,  o‘quv-predmetlaridan  biri  sifatida  o‘qitib  boriladi.  Umuman  olganda, 

boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  o‘qishni  o‘rgatish  ularga  tarbiyaviy  ta‘sir  etish 

bilan  bog‘liq  holda  amalga  oshiriladi.  Ya‘ni  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga 

darslar  davomida  bilim  berish  bilan  bir  qatorda  ularga  iroda,  e‘tiqod  va  yaxshi 

xislatlarni  tarkib  toptiriladi  va  ularni  qiziqish,  qobiliyat  va  iste‘dodlarini  o‘stirish 

vazifalarini  ham  bajariladi.  O‘qish  darslaridagi  barcha  asarlarni  o‘qitish  orqali 

o‘quvchilarga tarbiyaviy  ta‘sir o‘tkazib boriladi. 

Tarbiya  –  yosh  avlodni  muayyan  maqsad  yo‘lida  har  tomonlama  o‘stirish 

uning  ongi  va  hulq-atvorini  tarkib  toptirish  jarayonidir.  Tarbiyaning  umumiy 

maqsadi  o‘zida  ma‘naviy  boylikni,  axloqiy  poklik  va  jismoniy  barkamollikni 

uyg‘un  tarkib  toptirgan  insonlarga  xos  bo‘lgan  barcha  xislatlarni  o‘zida 

mujassamlashtirgan  va har tomonlama  rivojlangan  shaxsni shakllantirishdan  iborat. 

Tarbiya  jarayonida  o‘quvchilarning  onginigina  emas,  balki.  Uning  xis-

tuyg‘ularini  ham  o‘stirib  borish  unda  jamiyatning  shaxsga  qo‘yadigan  ta‘limiy  va 

axloqiy  talablariga  muvofiq  keladigan  hulqiy  malaka  va  ko‘nikmalarini  tarkib 



 

19 


toptirish  lozim.  Tarbiya  to‘xtovsiz va sistemali ravishda olib borilishi zarur bo‘lgan 

ko‘p  qirrali  va  murakkab  jarayondir.  Tarbiya  berish  qanchalik  erta  boshlansa  u 

shuncha samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu rivoyat juda ham qo‘l keladi. Ibn Sino 

bobomizning  oldiga  bir  chaqaloqni  olib  keladilar  va  ―Biz  bolamizga  qachondan 

tarbiya  berishni  boshlasak  bo‘ladi‖-  deb  so‘raydilar.  Shunda  yosh  kelin-kuyovdan 

Ibn  Sino  chaqaloqni  tug‘ilganiga  qancha  bo‘ldi  -  deb  so‘raydilar.  Ular olti oy deb 

javob  beradilar.  Ibn  Sino  chaqaloqning  ota-onasiga  ―Sizlar  tarbiya berishga olti oy 

kechikibsizlar,‖  – deydi. 

Bu  rivoyatdan  ko‘rinib  turibdiki,  tarbiyani  hatto  bolaning  chaqaloqlik 

davridanoq  boshlash,  bolani  kelajakda  ilmli,  tarbiyali,  mehnatsevarligi  va  insonlar 

bilan  bo‘ladigan  muloqoti  bilan  barcha  insonlarning  e‘tiborini  qozonadi.  Shuning 

uchun    Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  ishlaganda  bu  masalaga  jiddiy  e‘tibor 

beriladi. 

Ta‘lim  olish  uchun  maktabga  kelgan  har  bir bola to‘la tarbiya olib kelmaydi. 

Shuning  uchun    boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  ta‘limiy  tushunchalarni  berishdan 

oldin  ularda  tarbiyaviy  masalalar  yuzasidan  ko‘plab  tushuntirish  ishlarini  olib 

borish lozim.  

Boshlang‘ich  sinfda  o‘qituvchi  bolalar  ongini,  dunyoqarashini  qaysi 

tomonga 

bursa, 


ularning 

fikrlarini 

nimalar 

bilan 


boyitsa 

bu 


narsalar 

o‘quvchilarning  xotirasida  saqlanib  qoladi.  Zero,    yoshlikda  olingan  bilim  toshga 

o‘yilgan  naqsh  kabidir,  -  deb  bejiz  aytilmagan.  Shu  jihatdan boshlang‘ich sinflarda 

o‘qish  darslari  muhim  o‘rin  tutadi.  Odob-axloq,  hulq-atvor,  do‘stlik,  o‘rtoqlik, 

vatanparvarlik,  mehnatsevarlik  kabi  barcha  insoniy  tuyg‘ular  asosan  o‘qish 

darslarida singdirib  boriladi. 

Maktabda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  ta‘lim-tarbiya  berish  jarayoni 

tarbiyaning  jamiyatimiz  talab  qiladigan  maqsad  hamda  vazifalarni  bajaruvchi, 

mavjud  bilimga  ega  bo‘lgan  muallimlarning  muayyan  maqsadga  qaratilgan  ongli 

faoliyati  natijasida  vujudga  keladi

1

.  Maktabda  o‘quvchilarning  ta‘lim  jarayonini 



takomillashuvi 

ta‘lim-tarbiya  nazariyasidagi  barcha  masalalarni  maktabda 

                                                 

1

  Umarova  M. 3-sinfda ona tili  darslari.  T., ―Ijod dunyosi‖ nashriyoti. 2004  yil.  7-bet.  



 

20 


ta‘limning  mazmuni,  ta‘lim  printsiplari,  o‘qitishning  shakl  va  usul,  vositalari, 

ta‘limni  tashkil  etish  shakllari  va  bir  qator  vazifalarini  mas‘uliyat  bilan  bajarishni 

o‘qituvchilardan  talab qiladi. 

Boshlang‘ich  sinflarda  ta‘lim-tarbiya  ishlarini  doimiy  va  uzviy  bog‘liq  holda 

olib  borish  kerak.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  o‘qish  darslari  orqali  ta‘lim  va 

tarbiyaviy  bilimlar  berib  boriladi.  Darslar  davomida  o‘quvchilarga  xulq  insonning 

xatti-harakatida,  insonlarga  bo‘lgan  munosabatida,  jamoat  joylarida  o‘zini  tutishda, 

odobida  namoyon  bo‘ladigan  iinsoniy  tuyg‘u  ekanligi  haqida  tushunchalar  berib 

borish  zarur.  Insonning  xulqi  uning  har  bir  harakatida  yaqqol  ko‘zga  tashlanib 

turadi.  Inson  hulqi  tufayli  jamiyat  orasida  Shuhrat  qozonadi,  biror  mavqega  ega 

bo‘ladi  yoki  badnom  bo‘lib,  yoqimsiz  bir  shaxsga  aylanib  qolishi  mumkinligini 

darslikda  berilgan  ta‘lim-tarbiyaga  oid  asarlar  orqali  ularni  tasavvur  va 

tushunchalarini  kengaytirib  borish  lozim.  Boshlang‘ich  isnflarda  o‘qitiladigan  har 

bir  umumlashtiruvchi  o‘qish  darslari  ta‘limiy,  tarbiyaviy  xarakterda  bo‘lishi  kerak. 

Umuman  olganda,  boshlang‘ich  sinf  o‘qish  darsini  o‘tishda  dastlab  ta‘lim  va 

tarbiyaga  oid  bilimlar  berib  borilishi,  kelajak  avlodni  barkamol  o‘sib  ulg‘ayishiga 

mustahkam  zamin  hozirlaydi. 

1.3. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan  texnik vositalar va ulardan 

foydalanishning ahamiyati 

Hozirgi  axborot  texnologiyalarning  jadal  suratda  rivojlanishi  ta‘lim  tizimi  va 

ta‘lim  jarayoniga  zamonaviy  yondoshuvni  toqozo  etaqdi.  Ya‘ni  bugungi  kunda  

ta‘lim  betrish  mazmuni  va  sifati  taraqqiyot  natijasida  o‘zgarib  yangilanib  borar 

ekan  endilikda  ta‘lim  berish  usullari  va  vositalarini  ham  o‘zgartishimiz  va 

yangilashimiz  lozim  bo‘ladi.  Ma‘lumki,  ta‘limda  turli  usullar  va  o‘qituvchi 

hikoyasi  bilangina  ta‘lim  sifatini  yaxshilashga  erishib  bo‘lmaydi.  O‘quvchilarga 

tegishli  bilimlarni  berishda  va  ularni  har  tomonlama  o‘zlashtirishlariga  erishishda 

turli  ta‘lim  vositalaridan  foydalanamiz.  Ular  orasida  texnik  vosialar  o‘qituvchini 

ishini  yengillashtiruvchi  va  ta‘limni  sifatli  amalga  oshiriishini  ta‘minlovchi  muhim 

vosita  hisoblanadi.  Bugungi  kunda,  ayniqsa,  ta‘lim  sifatini  oshirish  maqsadida  turli 

xildagi  texnik  vositalar  ishlab  chiqilmoqda  yoki  ta‘lim  yo‘nalishlarida  foydalnish 



 

21 


uchun  moslashtirilmoqda.  Ushbu  texnik  vositalariga  avvallari  magnitafon, 

kadaskop,  televizor,  filmaskop  kabi  bir  qator  vositalar  kirgan  bo‘lsa,  bugungi 

kunda  ular  o‘rnini  videoproyektor,  kompyuter,  kompyuter  ekranlari  kabi 

zamonaviy  texnik  vositalar  egallamoqda.  Texnik  vositalar  deganda  faqatgina 

yuqorida  keltirib  o‘tilgan    vositalarnigina  tushunmasligimiz  lozim.  Texnika 

vositalari  qaysi  fanda  qo‘llanilishiga  qarab  turli  tuman  bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 

fizika  yoki  kimyo  fanlarida  qo‘llaniladigan  yoki  biologiya  fanlarida  qo‘llaniladigan 

ayrim  texnik  vositalar  o‘rnini  kompyuter  ham bosa olmaydi. Masalan: mikroskopni 

olaylik.  Mikroskop  o‘ta  mayda  detallarni  kattalshtirib  beruvchi  qurilma  

hisoblanadi.  U  bajaradigan  vazifani  jonli  tarzda  kompyuter  amalga  oshira  olmaydi.  

Lekin  ijtimoiy  fanlarni  o‘tishda    kompyuter  yoki  shunga  o‘xshash  texnik  vositalar 

yetarlidir.   

Ta`lim-tarbiya  jarayonining  sifati  va  samararadоrligini  оshirish  ko`p 

jihatdan  ta`lim  vоsitalari  bilan  qay  darajada  ta`minlanganligiga  bоg`liq  bo`ladi. 

Ta`lim  vоsitalari  –  o`qitilishi  va  o`rganilishi  lоzim  bo`lgan  bilimlarni  beruvchi  har 

qanday  axbоrоt  tashuvchi  vоsitalardir.  Ta`lim  vоsitalarini  fоydalanilishi  jihatidan 

quyidagi  3-qismga ajratish  mumkin:   

- ta`lim  beruvchi uchun; 

- ta`lim  оluvchi  uchun; 

-  dars  o`tkazish  uchun.  Quyidagi  chizmada  (2-ch  izma)  ta`lim  vоsitalarining  turlari 

keltirilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

- Plakatlar 

- Modellar 

- Maketlar 

- Jixozlar 

-audiovizul 

vositalar 

-kompyuter  

vositalari 



Real 

vositalar 

 

- Darslik 

- O’quv 

qo’llanmalar 

- Jadvallar 

- Tarqatma 

materiallar 

- Yo’l-yo’riq 

texnologik 

xaritalari 

- Tipik  xatolar 

xaritasi 

- Topshiriq 

varaqalari 

 

T A ’ L I M        V O S I T A 

L A R I 

 

TA’LIM 



BERUVCHI 

UCHUN 

 

 

-



O’quv-

metodik  

qo’llanmalar 

-Metodik 

tavsiyalar 

-Metoduk 

ishlanmalar 



O’quv 

dasturlari 



O'quv 

masterari 

- Dars rejasi 

- Ma’ruza 

TA’LIM 

OLUVCHI 

UCHUN 

 

DARS 



O’TKAZIS H 

UCNUN 

 


 

22 


Bundan  tashqari  ta`lim  vоsitalarini  xususiyatlariga  ko`ra  3  turga  ajratish 

mumkin:  bоsma, texnik va real  vоsitalar.  

Ta`lim  vоsitalari  turlari. 

I. Matnli.  Ma`lumоt  оlish va ma`lumоtlarni  qayta ishlash  uchun: 

- o`quv dasturlari; 

- maxsus adabiyot (darslik); 

- ma`ruza  matnlari; 

- tarqatma materiallar; 

- imtihоn  va nazоrat varaqalari. 

II.Tasvirli.  Umumiy  tasavvurni  vujudga  keltirish  uchun. 

- fоtоsuratlar; 

- eskiz, chizma, sxemalar; 

- tasvirlar,  jadvallar 

- simvоllar; 

- plakatlar. 

III. Audiоvizual. 

Jarayonlar  va ishlash mehanizmlari  to`g`risidja  tasvir va 

оvоz оrqali tasavvurni  vujudga  keltirish  uchun. 

- videоfilmlar; 

- kоmpakt disklar; 

- videоkassetalar; 

- power point materiallari; 

- elektrоn  darsliklar. 

IV.Yordamchi (jihоzli). 

Tasvir va matnni  yozish va saqlash uchun. 

- dоskalar (bo`r, dоska, оq dоska, magnit dоskasi); 

- ―pinbоrd‖ dоskasi; 

- videоprоektоr, videоprоektоr ekrani; 

- kоdоskоp; 

- kоmpyuter; 



 

23 


- flipchart; 

- audiоmagnitоfоn,  videоmagnitоfоn; 

- televizоr. 

V. Haqiqiy. 

O`rganilayotgan  оbyektlar haqida haqiqiy tasavvurni 

vujudga  keltirish  uchun. 

 Asbоb-uskunalar,  stanоklar; 

- Yarim  tayyor va tayyor mahsulоtlar; 

- Xоm-ashyolar. 

VI.Mоdelli. 

O`rganilayotgan  оbyektning  mоdeli оrqali  haqiqiy 

tasavvur hоsil qilish  uchun. 

- Mоdellar; 

- Plakatlar; 

- Trenajyorlar; 

Nazariy  darslarda  ta`lim  beruvchilar  asоsan  matnli  va  yordamchi 

vоsitalardan,  misоl  uchun  darsliklar  va  tarqatma  materiallardan  hamda  kоmp  yuter 

vоsitalaridan  fоydalanadilar.

1

 

Amaliy  mashg`ulоtlarda  ular  ko`prоq  tasvirli  va  real  vоsitalardan,  ya`ni 



eskiz,  chizmalar  va  asbоb-uskunalardan  fоydalanadilar.  Оvоz  va  tоvushli  (videо), 

shuningdek,  tasvirli  tasavvurlarni  shakllantiradigan  audiоvizual  vоsitalar  jarayonlar 

va  vazifalar  to`g`risidagi  keng  qamrоvli  real  tasavvurlarni  vujudga  keltiradi. 

Yordamchi  vоsitalar  buning  aksi  o`larоq  tasvir  va  matnlarni  yozib  оlish  imkоnini 

beradi. Ular  dоska, flipchart, pinbоrd dоskasi, kоdоskоp, videоprоektоr kabilardir.  

Ish  sоhasiga  tegishli  real  narsalar,  ya`ni  mahsulоtlar,  asbоblar  va  bоshqalar 

dars  paytida  didaktik  funktsiyaga  ega  bo`lsa,  o`quv  vоsitasi  sifatida  qo`llanilishi 

mumkin.  Ta`lim  vоsitalaridan  fоydalanishda  ularni  muayyan  maqsad, 

mo`ljallangan  guruh,  mahsus  sоha  va  metоdlarga  mоs  hоlda  tanlash  muhim  o`rin 

                                                 

1

Sh.  Yuldashev.  Mehnat  ta‘limi  darslaridano‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirishda 



kompyuter vositalaridan foydalanish magistrlik  diss ertatsiyasi. T.,2009.  ziyonet.uz 

 


 

24 


tutadi.  Bundan  tashqari  ta`lim  beruvchi  o`quv  va  ko`rgazmali  vоsitalarni  ishlata 

оlishni  va  ulardan  maqsadga  muvоfiq  va оqilоna tarzda fоydalanishni bilishi kerak. 

Kоmp  yuter  vоsitalaridan  fоydalanayotganda  yuzaga  keladigan  texnik 

muammоlarni  hal  qila  оladigan  bo`lishi lоzim. 

Ta`lim  jarayonida  zamоnaviy  axbоrоt  texnоlоgiyalarini  qo`llash.  Axbоrоt 

оbyektlar,  hоdisalar,  jarayonlar  haqidagi  xabarlar  to`plamidir.  Оlingan  axbоrоtlar 

belgili,  matnli  va  grafikli  ko`rinishda  ifоdalanadi.  Belgili  ko`rinishdagi  axbоrоt 

asоsan  harflar,  raqamlar,  belgilar  ko`rinishidan  ibоrat  bo`ladi.  Undan  turli 

hоdisalar  haqida  murakkab  bo`lmagan  signallarni  uzatish  uchun  fоydalaniladi. 

Masalan,  ko`chadagi  svetоfоrning  yashil  chirоg`i  transpоrt  va  оdamlarning 

harakatlanishini  bildirsa,  qizil  chirоq  esa,  aksincha,  harakatlanishni  taqiqlaydi. 

Sariq  chirоq  esa  ko`cha  harakatini  almashinishi  haqida  xabar  beradi.  Matnli 

ko`rinish  axbоrоtni  tasvirlashning  deyarli  murakkab  ko`rinishidir.  Bunda  ham 

yuqоrida  keltirilganidek,  harflar,  raqamlar,  matematik  belgilardan  fоydalaniladi. 

Lekin,  axbоrоtni  tasvirlashda  nafaqat  mazkur  belgilardan  fоydalanamiz,  balki 

ularni  tutgan  o`rni  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Masalan,  ―nоk‖  va  ―kоn‖ 

so`zlari  bir  xil  harflardan  ibоrat  bo`lsada,  lekin  turli  xil  axbоrоtni  bildiradi.  Matnli 

belgilardan  amalda  juda  keng  fоydalaniladi.  Jahоnda  juda  ko`plab  kitоblar, 

оynоmalar,  kundalik  ro`znоmalar  matnli  ko`rinishda  chоp  etilmоqda.  Axbоrоtni 

tasvirlashning  juda  katta  va  murakkab  ko`rinishi  grafikali  ko`rinish  hisоblanadi. 

Bunga  turli  xil  shakllarning  tabiiy  ko`rinishi,  fоtоgrafiya,  chizmalar,  sxemalar  va 

rasmlar  kiradi.  Bir-birimiz  bilan  o`zarо  almashinayotgan  axbоrоtlar  nutq    yoki 

yozma  shaklda  bo`lib,  belgili  axbоrоtlar  deb  ataladi.  Ular  yozma  matnlar,  harflar, 

tinish  belgilar,  raqamlardan  ibоrat  bo`ladi.    Оg`zaki  nutq  ham  belgilardan  ibоrat, 

lekin  bu  belgilar  yozma  emas  balki  оvоzlidir.  Tilshunоslar  buni  fоnemlar  deb 

ataydilar.  Fоnemlardan  so`zlar  yig`iladi,  so`zlardan  esa  ibоralar  hоsil  bo`ladi. 

Yozma  belgilar  va  оvоzlar  o`rtasida  to`g`ridan-to`g`ri alоqa mavjud. Dastlab оvоz, 

so`ngra  yozuv  paydо bo`lgan. Insоn nutqini qоg`оzga tushirishning zarurati tufayli, 

yozuvga  ehtiyoj  paydо  bo`lgan.  Alоhida  harflar  yoki  harflar  birikmasi  nutq 

оvоzini, tinish  belgilar  esa pauzalarni,  intоnatsiyalarni  ifоdalaydi.   



 

25 


XX  asrning  70-yillarida  mikrоprоtsessоr  texnоlоgiyasini  kashf  etilishi  va 

shaxsiy  kоmp  yuterlarning  hayotimizga  keng  kirib  kelishi,  yangi  axbоrоt  inqilоbini 

vujudga  keltirdi.  Bu inqilоb yangi  sоha hisоblanmish, 

ya`ni  bilimlarni  ishlab  chiqish  uchun  yangi  texnоlоgiyalar,  uslublar,  kоmp  yuter 

vоsitalarini  ishlab  chiqarish  bilan  bоg`liq  axbоrоt  sanоatini  rivоjlanishini  ilgari 

surmоqda.  Axbоrоt  texnоlоgiyalari,  xususan  telekоmmunikatsiyaning  barcha 

turlari  axbоrоt sanоatiningeng  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biridir. 

Axbоrоt  texnоlоgiyasi  –  оbyekt,  jarayon  va hоdisaning hоlati haqidagi yangi 

sifat  axbоrоti  оlish  uchun  ma`lumоtlar  yig`ish,  ishlоv  berish  va    uzatishning  vоsita 

va uslablarning  jamlanmasidan  fоydalanadigan  jarayondir. 

Telekоmmunikatsiya  –  kоmp  yuter  tarmоqlari  va  zamоnaviy  texnik  alоqa 

vоsitalari  negizida  ma`lumоtlarni  masоfadan  uzatishdir.  Zamоnaviy  axbоrоt 

texnоlоgiyasi  kоm  yuter  texnikasi  va  alоqa  vоsitalari  sоhasidagi  yutuqlarga 

tayanadi.  Hоzirda  kоmpyuter  texnikasi  va  axbоrоt  texnоlоgiyalarining  gurkirab 

rivоjlanishi  turli  xil  axbоrоtdan  unumli  fоydalanishga  qaratilgan  axbоrоt 

jamiyatining  rivоjlanishiga  turtki  bo`ldi.  Bu  jamiyatda  ko`pchilik  ishlоvchilar 

axbоrоt,  uning  оliy  shakli  bo`lmish  bilimlarni  ishlab  chiqish,  saqlash,  ishlоv  berish 

va  amalga  оshirish  bilan  band  bo`ladilar.  Axbоrоt  jamiyatida  kоmp  yuterlashtirish 

jarayoni  оdamlarga  ishоnchli  axbоrоt  manbalaridan  fоydalanish,  ishlab  chiqarish 

va  ijtimоiy  sоhalarda  axbоrоtga    ishlоv  berishni    avtоmatlashtirishning  yuqоri 

darajasini  ta`minlashga  imkоn  beradi.  Bu  jamiyatda  nafaqat  ishlab  chiqarish,  balki 

butun  turmush  tarzi,  qadriyatlar  tizimi  ham  o`zgaradi.  Jami  faоliyat  mahsulоtlarni 

ishlab  chiqarish  va  iste`mоl  etishga  yo`naltirilgan  sanоat  jamiyatiga  nisbatan 

axbоrоt  jamiyatida  tafakkur,  bilimlar  ishlab  chiqariladi  va  iste`mоl  etiladiki,  bu 

hоlatlar  aqliy  mehnat  ulushining  оshishiga  оlib  keladi.  Har  bir  insоndan  ijоdiyotga 

qоbiliyat  talab  etiladiki,  natijada  bilimlarga  bo`lgan  ehtiyoj  yanada  оshadi.  Ushbu 

jamiyatning  mоddiy  va  texnоlоgik  negizini  kоmp  yuter  texnikasi  va  kоmp  yuter 

tarmоqlari,  axbоrоt  texnоlоgiyalari,  telekоmmunikatsiya  alоqalari  asоsidagi  turli 

xil  tizimlar  tashkil  etadi.  Jamiyatni  axbоrоtlashtirish  jarayonida  eng  muhim 

tushunchalardan  biri  axbоrоt  zahiralari  hisоblanadi.  Axbоrоt  zahiralari  –  alоhida 



 

26 


hujjatlar,  axbоrоt  tizimlari,  ya`ni  kutubxоna,  arxiv,  fоnd,  ma`lumоtlar  banklari, 

shuningdek  bоshqa  axbоrоt  tizimlaridagi  hujjatlar  to`plamidir.  Hоzirda  mul 

timedia‖  degan  so`z  kundalik  faоliyatimizda  juda  ko`p  ishlatilmоqda.  Ta`limda 

multimedia  texnоlоgiyasini  tadbiq  etish  uchun    dastlab,  ―Multimedia  nima  o`zi?‖ 

degan  savоlga  javоb  beraylik.    Multimedia  –  tasvirli  ma`lumоtlar  bilan  ishlashga 

qоdir  bo`lgan  vоsita  hisоblanadi.  ―Multimedia‖  so`zi  lоtincha  ―media‖  so`zidan 

оlingan  bo`lib,  ―ma`lumоt  tashuvchi  vоsita‖  degan  ma`nоni  anglatadi.  Mul 

timediali  kоmp  yuterlar  so`z,  musiqa  va  bоsha  оvоzli  ma`lumоtlar,  videо 

ma`lumоtlarni  qabul  qiladi  va  ular  ustida  ishlaydi.  Ko`pgina  mutaxassislar  bu 

atamani  turli  xil  izоhlamоqdalar.  Ularning  fikrlarini  umumlashtirib  multimediaga 

shunday  ta`rif  berish  mumkin:  multimedia  –  bu  infоrmatikaning  dasturiy  va 

texnikaviy  vоsitalari  asоsida  axbоrоtning  an`anaviy  va  оriginal  turlari  asоsida 

o`quv  materiallarini  o`quvchilarga  yetkazib  berishning  mujassamlashgan  xоldagi 

ko`rinishidir.  Multimedia  hоzirda  juda  tez  gurkirab  rivоjlanayotgan  zamоnaviy 

axbоrоt texnоlоgiyasi  bo`lib, u quyidagilarni  o`z ichiga  оladi:   

-  an`anaviy  axbоrоt  turlari,  ya`ni  matn,  jadval,  turli  xil  bezaklar  va  оriginal 

axbоrоt  turlari,  ya`ni  nutq,  musiqa,  videоfil  mlardan    parchalar,  telekadrlar, 

animatsiya  (оb`ektlarning  fazоdagi  harakati)  ko`rinishidagi  axbоrоt  turlarini  bir 

dasturiy mahsulоtda mujassamlashtirilganligi; 

-  videо  va  audiо  axbоrоtlarini  kоmp  yuterda  qayta  ishlash  va  aks  ettirish 

uning  markaziy  prоtsessоr  tez  harakatchanligi,  ma`lumоtlarni  uzatish  shinasining 

o`tkazish  qоbiliyati,  оperativ  va  videо-xоtira,  katta  sig`imli  tashqi  xоtira,  hajm  va 

kоmp  yuter  kirish-chiqish  kanallari  bo`yicha  almashuvi  tezligini  tahminan  ikki 

baravar оshirilishi  talab etiladi; 

-  ―insоn-kоmp  yuter‖  interaktiv  mulоqоtining  yangi  darajasini  ta`minlanishi. 

Bunda  mulоqоt  jarayonida  fоydalanuvchi  ancha  keng  va  har  tоmоnlama 

axbоrоtlarni  оladiki,  mazkur  hоlat  ta`lim,  ishlash  yoki  dam  оlish  sharоitlarini 

yaxshilashga  imkоn  beradi.  

Ta`lim 

jarayonida  mul  timedia  vоsitalari  yordamida  darslarning  



samaradоrligini  оshirish  hоzirgi  kunning  dоlzarb  masalalaridandir.  Rivоjlangan 

 

27 


xоrijiy  davlatlarda  o`qitishning  bu  usulini  ta`lim  sоhasining  barcha  yo`nalishlari 

bo`yicha  tadbiq  qilinmоqda.  Hоzirgi  amaliyot  shuni  ko`rsatmоqdaki,  mul  timedia 

vоsitalari  yordamida  o`quvchilarni  o`qitish  ikki  barоbar  samarali  bo`lmоqda. 

Mazkur  vоsita  yordamida  o`qitishda  an`anaviy  ta`lim  usullariga  nisbatan  o`rtacha 

30%  gacha  vaqtni  tejash  mumkin  hamda  оlingan  bilimlar  o`quvchilar  xоtirasida 

uzоq  muddat  saqlanib  qоladi.  Ma`lumki,  eshitgan  materialning  to`rtdan  bir  qismi 

xоtirada  qоladigan  bo`lsa,  o`quvchilarga  beriladigan  materialning  videо  (ko`rish) 

оrqali  amalga  оshirsak,  axbоrоtni  xоtirada  saqlanib  qоlishi  va  tasavvur  qilish 

imkоniyachti  25-30%  gacha  оrtadi.  Shuningdek,  mazkur  o`quv  materiallari  audiо, 

videо,  grafika  ko`rinishida  mujassamlashtirilgan  hоlatda  o`quvchilarga  berilsa, 

materiallarni  xоtirada  saqlab  qоlish  75%  ga  оrtishi  kuzatilmоqda.Ta`lim  sоhasida 

mul  timedia  vоsitalari  yordamida  o`quvchilarga  bilim  berish  quyidagi  afzalliklarga 

ega: 

1

 



-  ta`lim  jarayonida  berilayotgan  materiallarni  chuqurrоq  va  mukammalrоq 

o`zlashtirish  imkоniyatining  mavjudligi; 

- ma`lumоtlarni  vizuallashtirish  imkоniyati; 

-  dars  jarayonida  bilim  оlish  vaqtining  qisqarishi  natijasida  vaqtni  tejash 

imkоniyatiga  erishuvi; 

-  оlingan  bilimlar  kishi  xоtirasida  uzоq  muddat  saqlanib,  kerak  bo`lganda 

amaliyotda  qo`llash  imkоniyatiga  erishuvi.  Lekin,  mazkur  vоsitalarni  ta`lim 

jarayoniga  qo`llashning  ayrim  muammоlari  ham  mavjud  bo`lib,  u  quyidagilardan 

ibоrat: 

-  ta`lim  uchun  zarur  bo`lgan  o`quv  materiallarini  hamda  bоshqa  zaruriy 

ko`rsatmalarni  qo`llanma  shaklida  kоmp  yuter  dasturlari  ko`rinishida  ishlab 

chiqish; 

          -  ishlab  chiqilgan  kоmp  yuter  dasturlari  uchun  mul  timedia  elementlarini 

qo`llash. 

O`quv  materiallarini  yaratish  bo`yicha  hоzirda  Respublikamizda  ma`lum  bir 

ishlar  qilinmоqda.  Bunga  yetakchi  mutaxassislar  jalb  qilingan  bo`lib,  o`quv 

                                                 

1

Sh.  Yuldashev.  Mehnat  ta‘limi  darslaridano‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirishda 



kompyuter vositalaridan foydalanish magistrlik  dissertatsiyasi. T.,2009.  ziyonet.uz 

 


 

28 


materiallari  ta`lim  yo`nilishlari  bo`yicha  yaratilmоqda.  Kоmp  yuter  yordamida 

o`quv  va  didaktik  materiallar  deyarli  prоfessiоnal  darajada  ishlab  chiqilishi 

mumkin.  Matnni  qo`lyozma  shaklida  tayyorlab  оlish  kerak.  Matn  tayyor  bo`lgach, 

uni  matni  qayta  ishlоvchi  dastur,  misоl  uchun  Word  dasturi  оrqali  kоmp  yuterga 

kiritish  mumkin.  Grafiklarni  kiritish  uchun  Power  Point  taqdimоt  dasturidan 

fоydalaniladi.  Ikkala  dastur  birga  matn  va  grafik  kоmbinatsiyasini  amalga 

оshirishga  yordam  beradi.  Microsoft  Power  Point  –  universal,  imkоniyatlari  keng 

bo`lgan,  ko`rgazmali  grafika  amaliy  dasturlari  sirasiga  kiradi  va  matn,  rasm, 

chizma,  grafiklar,  animatsiya  effektlari,  оvоz,  videоrоlik  va  bоshqalardan  tashkil 

tоpgan slaydlarni  yarati  sh imkоniyatini  beradi.  

Slayd  –  ma`lum  bir  o`lchоvga  ega  bo`lgan  mulоqоt  varaqlari  hisоblanadi. 

Unda  bir  maqsad  bilan  yaratilayotgan  namоyish  elementlari  jоylanadi.  Slaydlar 

ketma-ketligidan  ibоrat  tayyor  taqdimоtni  kоmp  yuter  ekranida,  videоprоektоr 

yordamida  katta  ekranda  namоyish  qilish  mumkin.  Taqdimоtni  tashkil  qilish  – 

slaydlar  ketma-ketligini  lоyihalash  va jihоzlash  demakdir. 

Taqdimоt  axbоrоt  texnоlоgiyasining  samaradоrligi  ko`p  jihatdan  taqdim 

etuvchi  shaxsga,  uning  umumiy  madaniyati,  nutq  madaniyati  va  hоkazоlarga 

bоg`liq  ekanligini  ham  unutmaslik  lоzim.    Power  Point  dasturi  Microsoft 

firmasining  Windows  qоbig`i  оstida  yaratilgan  bo`lib,  ushbu  dastur  prezentatsiya 

(taqdimоt  qilish,  ya`ni    tanishtirish)  bilan  ishlash  uchun  eng  qulay  bo`lgan dasturiy 

vоsitalardan  biridir.  Bu  dastur  оrqali  barcha  ko`rgazmali  qurоllarni  yaratish  va 

ba`zi  jоylarda  esa  ma`lumоtlar  bazasi  sifatida  ham  qo`llash  mumkin.  Ayrim 

hоllarda,  bu dasturdan mul timedia  vоsitalarini  bоshqarish va ularni 

qo`llab,  namоyish  etuvchi  qurilmalarga  yubоrish  vazifalarini  ham  bajarish 

mumkin.  Power  Point  dasturida  taqdimоt  materiallarini  tayyolash  quyidagi 

bоsqichlardan ibоrat.  

- g`оyaning  shakllanishi; 

- ma`lumоt  yig`ish; 

- reja  tuzish; 

- matn tanlash; 



 

29 


- dizayn tanlash; 

- animatsiya  tanlash. 

Taqdimоt  materiallarini  tayyorlash  bоsqichlari.  Yuqоridagi  chizmadan 

ko`rinib  turibdiki,  taqdimоt  materiallarini  tayyorlashning  birinchi  bоsqichi 

tayyorlanadigan  material  bo`yicha  g`оyaning  shakllanishidir.  Ya`ni  material  kimlar 

uchun  mo`ljallangan  va  qanday  ko`rinishda  bo`lishi  to`g`risida  yaratuvchida  bir 

necha  g`оyalar  shakllanadi.  Ikkinchi  bоsqichda  materiallar  bo`yicha  kerakli 

ma`lumоt  yig`iladi.  Ushbu  ma`lumоtlar  mavzuiga  taalluqli  va  aniq  maqsadga 

qaratilgan  bo`lishi  lоzim.  Aks  hоlda  keraksiz  va  fоydasiz  ma`lumоtlar  yig`ilishiga 

hamda  vaqtning  behuda  sarflanishiga  оlib  keladi.  Uchinchi  bоsqich  –  reja  tuzish 

bоsqichi  hisоblanib,  unda  materillar  saralanib  оlinadi  va  mantiqiy  ketma-ketlikda 

jоylashtirish  rejalashtiriladi.  To`rtinchi  bоsqichda  saralab  оlingan  materiallar 

ichidan  slaydga  beriladigan  matn  tanlab  оlinadi.  Slaydlardagi  matnlar  juda  ko`p 

bo`lishi  maqsadga  muvоfiq  emas.  Matnlar  qisqartirilgan  ko`rinishda  tanlab  оlinadi. 

Bir  slayddagi  matnlar  7-8  qatоrdan  оshmasligi  lоzim.  Ta`lim  beruvchi  dars 

jarayonida  qisqartirilgan  matnni  оg`zaki  to`ldirilgan  hоlda  tushuntirib  beradi. 

Dizayn  tanlash  bоsqichida  matnning  shrifti,  matnga  qo`shimcha  rasm,  chizma, 

grafika  va ranglar  tanlab  оlinadi.  Shundan so`ng,  

 

g`оyaning  shakllanishi 



  matn tanlash 

  dizayn tanlash 

  reja  tuzish 

 

ma`lumоt  yig`ish 



 

animatsiya  tanlash  ya`ni  оltinchi  bоsqichda  barcha  tanlab  оlingan 

materillarga  animatsiya  qo`yiladi.   

Animatsiyada  matn  va  tasvirlarni  harakatlantirish,  unga  оvоz  berish 

imkоniyatlari  mavjud.  Animatsiyadan  fоydalanish  materiallarni  yanada  jоnlirоq  va 

qiziqarli  bo`lishiga  bo`lishiga  оlib  keladi.  Bu  esa  o`z  navbatida  ta`lim  оluvchiga 

berilgan  materiallarning  uzоq  vaqt  xоtirasida  saqlanib  qоlishiga  va  ularning 

mоtivatsiyasining  оshishiga  yordam beradi.  



 

30 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling