Annotatsiya
Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oqish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida organish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalar va ulardan foydalanishning ahamiyati
- - Plakatlar - Modellar - Maketlar - Jixozlar -audiovizul vositalar
- - O’quv qo’llanmalar - Jadvallar - Tarqatma materiallar - Yo’l-yo’riq
- T A ’ L I M V O S I T A L A R I
1.2. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni Boshlang‘ich sinfda o‘qish darsi o‘z mazmuni, o‘quvchilar fikrini, dunyoqarashini, nutqini, bola shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari
16
bilan boshqa o‘quv-predmetlari orasida muhim o‘rin tutadi. O‘qish darslari jarayonida o‘quvchilarning o‘qish malakalari takomillashadi. O‘quvchilarning to‘g‘ri, ravon, ongli va ifodali o‘qish, badiiy asar g‘oyasini tushunish, asar yoki voqea-hodisaga o‘z fikrini bildira olishqobiliyatlari o‘sib boradi. ―O‘qish kitobi‖ dagi turli she‘rlar, hikoya va maqollarni o‘qish va ular ustida ishlash natijasida o‘quvchilarda borliq va voqelik haqidagi bilimlari, tushunchalari kengayib boradi. O‘quvchilar ta‘limning dastlabki kunlaridan boshlab tabiat, jamiyat, kishilar mehnati va hayvonlarning yashash faoliyatlari haqida va bir qator shunga o‘xshash bilimlarni o‘zlashtirib boradilar. Birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng o‘qish darslari boshlanadi va keyingi sinflarda davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarga matematika, yozuv, tabiatshunoslik, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta‘limi kabi fanlardan boshlang‘ich bilimlarni berib boradilar. O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o‘zi olayotgan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. O‘qish darsi orqali o‘quvchilarga mana shunday xislatlarni singdirib boriladi. Bu o‘rinda o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi. Sinfda o‘qish darslarida quyidagi vazifalar bajariladi: 1
sifatlari, to‘g‘ri, tez ongli, ifodali o‘qish malakalarin shakllantirish; 2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, Qanday tovushni anglatishini bilgan holda tez, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qiy oladi.
O‘qish darsini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi esa boshqa fanlarni ham tez va osongina o‘zlashtiradi. Ana shunday ekan, savod o‘rgatish davridan boshlaboq o‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘g‘ri, ravon, xatosiz, ifodali qilib o‘qishga o‘rgatib borish kerak. O‘qish darslari o‘quvchilar fikrini va nutqini o‘stirish, vatanga muhabbat ruhida tarbiyani amalga oshirish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., ―Noshir‖ nashriyoti. 2009 y. 68-bet. 17
rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan ham boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Chunki o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qishni tugutish bilan bir qatorda turli narsalar va ko‘rgazmali qurollar yordamida ularning tasavvur tushunchalarini kengaytiradilar. Dars davomida o‘tilgan turli badiiy asarlar orqali asarda ishtirok etgan obrazlar namunasida tarbiyaviy ta‘sir o‘tkaziladi. Mana shu ta‘sir o‘quvchilar hayotida ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi, ularni axloqiy yo‘lga yetaklashi lozim. O‘qish darslarining asosiy qismini o‘quvchilarning o‘qishiga ajratish lozim. O‘quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir marta o‘qitiladi va o‘qish mas‘uliyatlari orttirib boriladi. O‘quvchilarga qo‘yiladigan bunday talablar va topshiriqlar dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. O‘qish darslari davomida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va nutq o‘stirish masalasiga alohida e‘tibor beriladi. O‘qish darslarini o‘tishda darslikdagi va boshqa turli xil rasmlardan foydalanib Shu asosda suhbat o‘tkazish o‘quvchilarning so‘zlashuv natijasida og‘zaki hikoya tuzdirish, she‘r, topishmoq va maqollarni yoddan aytirish singari turli o‘qitish usullaridan foydalanib darsni tashkil etish mumkin. O‘qish darslarida o‘qitish va so‘zlab berish jarayonida o‘quvchilarning adabiy talaffuz normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘quvchilarni tiniq va ravon so‘zlashlari, har bir so‘z tinglovchilar e‘tiborini o‘ziga jalb qilishi kabi nutq malakalarini egallashlariga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi. O‘qish kitobidagi turli janrlarga xos bo‘lgan badiiy asarlarni o‘qish va ular ustida ishlash orqali o‘quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur tushunchalari kengayadi. Birinchi sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me‘yorda bo‘g‘inlab o‘qish malakalarini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar asta-sekin bartaraf etiladi. O‘quvchilar o‘qigan matnlarining mazmunini o‘qituvchining yordamchi savollari asosida, hamda kichik hajmdagi matn mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib so‘zlab berishga o‘rgatib boradilar.
18
Ikkinchi sinf o‘quvchilarida so‘zni butunicha o‘qish malakalari shakllanadi va ongli, to‘g‘ri, ifodali o‘qishga intilish yaqqol seziladi, o‘qish tezligi ortadi. Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay o‘qiy boshlaydilar. O‘qituvchi rahbarligida o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. 3-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni butunicha o‘qish malakalarini to‘la egallab, ongli va ifodali o‘qishga ko‘proq e‘tibor qaratadilar. O‘qilgan matn mazmunini mulohaza qilish, voqealar yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 3-sinf o‘quvchilariga o‘zaro fikr oliShuv jarayonida xalq maqollari va obrazli iboralardan o‘rinli foydalanish adabiy talaffuz normalariga rioya qilish o‘rgatiladi. 4-sinfda esa o‘quvchilar matndagi so‘zlarni butunicha, ma‘nosiga tushunib, to‘g‘ri o‘qish malakalrini egallaydilar. O‘qiganlari mazmunini qayta hikoyalash, matnlarni qismlarga bo‘lish va sodda reja tuzish vazifalarini mustaqil bajara oladilar. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish asosiy dars, o‘quv-predmetlaridan biri sifatida o‘qitib boriladi. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish ularga tarbiyaviy ta‘sir etish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ya‘ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga darslar davomida bilim berish bilan bir qatorda ularga iroda, e‘tiqod va yaxshi xislatlarni tarkib toptiriladi va ularni qiziqish, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirish vazifalarini ham bajariladi. O‘qish darslaridagi barcha asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazib boriladi. Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish uning ongi va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiyaning umumiy maqsadi o‘zida ma‘naviy boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni uyg‘un tarkib toptirgan insonlarga xos bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning onginigina emas, balki. Uning xis- tuyg‘ularini ham o‘stirib borish unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ta‘limiy va axloqiy talablariga muvofiq keladigan hulqiy malaka va ko‘nikmalarini tarkib 19
toptirish lozim. Tarbiya to‘xtovsiz va sistemali ravishda olib borilishi zarur bo‘lgan ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Tarbiya berish qanchalik erta boshlansa u shuncha samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu rivoyat juda ham qo‘l keladi. Ibn Sino bobomizning oldiga bir chaqaloqni olib keladilar va ―Biz bolamizga qachondan tarbiya berishni boshlasak bo‘ladi‖- deb so‘raydilar. Shunda yosh kelin-kuyovdan Ibn Sino chaqaloqni tug‘ilganiga qancha bo‘ldi - deb so‘raydilar. Ular olti oy deb javob beradilar. Ibn Sino chaqaloqning ota-onasiga ―Sizlar tarbiya berishga olti oy kechikibsizlar,‖ – deydi. Bu rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tarbiyani hatto bolaning chaqaloqlik davridanoq boshlash, bolani kelajakda ilmli, tarbiyali, mehnatsevarligi va insonlar bilan bo‘ladigan muloqoti bilan barcha insonlarning e‘tiborini qozonadi. Shuning uchun Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlaganda bu masalaga jiddiy e‘tibor beriladi. Ta‘lim olish uchun maktabga kelgan har bir bola to‘la tarbiya olib kelmaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘limiy tushunchalarni berishdan oldin ularda tarbiyaviy masalalar yuzasidan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib borish lozim. Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi bolalar ongini, dunyoqarashini qaysi tomonga bursa,
ularning fikrlarini nimalar bilan
boyitsa bu
narsalar o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qoladi. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir, - deb bejiz aytilmagan. Shu jihatdan boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi. Odob-axloq, hulq-atvor, do‘stlik, o‘rtoqlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy tuyg‘ular asosan o‘qish darslarida singdirib boriladi. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim-tarbiya berish jarayoni tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarni bajaruvchi, mavjud bilimga ega bo‘lgan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli faoliyati natijasida vujudga keladi 1 . Maktabda o‘quvchilarning ta‘lim jarayonini takomillashuvi ta‘lim-tarbiya nazariyasidagi barcha masalalarni maktabda
1 Umarova M. 3-sinfda ona tili darslari. T., ―Ijod dunyosi‖ nashriyoti. 2004 yil. 7-bet. 20
ta‘limning mazmuni, ta‘lim printsiplari, o‘qitishning shakl va usul, vositalari, ta‘limni tashkil etish shakllari va bir qator vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishni o‘qituvchilardan talab qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ta‘lim-tarbiya ishlarini doimiy va uzviy bog‘liq holda olib borish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish darslari orqali ta‘lim va tarbiyaviy bilimlar berib boriladi. Darslar davomida o‘quvchilarga xulq insonning xatti-harakatida, insonlarga bo‘lgan munosabatida, jamoat joylarida o‘zini tutishda, odobida namoyon bo‘ladigan iinsoniy tuyg‘u ekanligi haqida tushunchalar berib borish zarur. Insonning xulqi uning har bir harakatida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Inson hulqi tufayli jamiyat orasida Shuhrat qozonadi, biror mavqega ega bo‘ladi yoki badnom bo‘lib, yoqimsiz bir shaxsga aylanib qolishi mumkinligini darslikda berilgan ta‘lim-tarbiyaga oid asarlar orqali ularni tasavvur va tushunchalarini kengaytirib borish lozim. Boshlang‘ich isnflarda o‘qitiladigan har bir umumlashtiruvchi o‘qish darslari ta‘limiy, tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi kerak. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darsini o‘tishda dastlab ta‘lim va tarbiyaga oid bilimlar berib borilishi, kelajak avlodni barkamol o‘sib ulg‘ayishiga mustahkam zamin hozirlaydi.
Hozirgi axborot texnologiyalarning jadal suratda rivojlanishi ta‘lim tizimi va ta‘lim jarayoniga zamonaviy yondoshuvni toqozo etaqdi. Ya‘ni bugungi kunda ta‘lim betrish mazmuni va sifati taraqqiyot natijasida o‘zgarib yangilanib borar ekan endilikda ta‘lim berish usullari va vositalarini ham o‘zgartishimiz va yangilashimiz lozim bo‘ladi. Ma‘lumki, ta‘limda turli usullar va o‘qituvchi hikoyasi bilangina ta‘lim sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga tegishli bilimlarni berishda va ularni har tomonlama o‘zlashtirishlariga erishishda turli ta‘lim vositalaridan foydalanamiz. Ular orasida texnik vosialar o‘qituvchini ishini yengillashtiruvchi va ta‘limni sifatli amalga oshiriishini ta‘minlovchi muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda, ayniqsa, ta‘lim sifatini oshirish maqsadida turli xildagi texnik vositalar ishlab chiqilmoqda yoki ta‘lim yo‘nalishlarida foydalnish 21
uchun moslashtirilmoqda. Ushbu texnik vositalariga avvallari magnitafon, kadaskop, televizor, filmaskop kabi bir qator vositalar kirgan bo‘lsa, bugungi kunda ular o‘rnini videoproyektor, kompyuter, kompyuter ekranlari kabi zamonaviy texnik vositalar egallamoqda. Texnik vositalar deganda faqatgina yuqorida keltirib o‘tilgan vositalarnigina tushunmasligimiz lozim. Texnika vositalari qaysi fanda qo‘llanilishiga qarab turli tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, fizika yoki kimyo fanlarida qo‘llaniladigan yoki biologiya fanlarida qo‘llaniladigan ayrim texnik vositalar o‘rnini kompyuter ham bosa olmaydi. Masalan: mikroskopni olaylik. Mikroskop o‘ta mayda detallarni kattalshtirib beruvchi qurilma hisoblanadi. U bajaradigan vazifani jonli tarzda kompyuter amalga oshira olmaydi. Lekin ijtimoiy fanlarni o‘tishda kompyuter yoki shunga o‘xshash texnik vositalar yetarlidir. Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samararadоrligini оshirish ko`p jihatdan ta`lim vоsitalari bilan qay darajada ta`minlanganligiga bоg`liq bo`ladi. Ta`lim vоsitalari – o`qitilishi va o`rganilishi lоzim bo`lgan bilimlarni beruvchi har qanday axbоrоt tashuvchi vоsitalardir. Ta`lim vоsitalarini fоydalanilishi jihatidan quyidagi 3-qismga ajratish mumkin: - ta`lim beruvchi uchun; - ta`lim оluvchi uchun; - dars o`tkazish uchun. Quyidagi chizmada (2-ch izma) ta`lim vоsitalarining turlari keltirilgan.
- Plakatlar - Modellar - Maketlar - Jixozlar -audiovizul vositalar -kompyuter vositalari - Real vositalar - Darslik - O’quv qo’llanmalar - Jadvallar - Tarqatma materiallar - Yo’l-yo’riq texnologik xaritalari - Tipik xatolar xaritasi - Topshiriq varaqalari T A ’ L I M V O S I T A L A R I
BERUVCHI UCHUN
O’quv- metodik qo’llanmalar -Metodik tavsiyalar -Metoduk ishlanmalar - O’quv dasturlari - O'quv masterari - Dars rejasi - Ma’ruza TA’LIM OLUVCHI UCHUN
O’TKAZIS H UCNUN
22
Bundan tashqari ta`lim vоsitalarini xususiyatlariga ko`ra 3 turga ajratish mumkin: bоsma, texnik va real vоsitalar. Ta`lim vоsitalari turlari. I. Matnli. Ma`lumоt оlish va ma`lumоtlarni qayta ishlash uchun: - o`quv dasturlari; - maxsus adabiyot (darslik); - ma`ruza matnlari; - tarqatma materiallar; - imtihоn va nazоrat varaqalari. II.Tasvirli. Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun. - fоtоsuratlar; - eskiz, chizma, sxemalar; - tasvirlar, jadvallar - simvоllar; - plakatlar. III. Audiоvizual. Jarayonlar va ishlash mehanizmlari to`g`risidja tasvir va оvоz оrqali tasavvurni vujudga keltirish uchun. - videоfilmlar; - kоmpakt disklar; - videоkassetalar; - power point materiallari; - elektrоn darsliklar. IV.Yordamchi (jihоzli). Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun. - dоskalar (bo`r, dоska, оq dоska, magnit dоskasi); - ―pinbоrd‖ dоskasi; - videоprоektоr, videоprоektоr ekrani; - kоdоskоp; - kоmpyuter; 23
- flipchart; - audiоmagnitоfоn, videоmagnitоfоn; - televizоr. V. Haqiqiy. O`rganilayotgan оbyektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun. Asbоb-uskunalar, stanоklar; - Yarim tayyor va tayyor mahsulоtlar; - Xоm-ashyolar. VI.Mоdelli. O`rganilayotgan оbyektning mоdeli оrqali haqiqiy tasavvur hоsil qilish uchun. - Mоdellar; - Plakatlar; - Trenajyorlar; Nazariy darslarda ta`lim beruvchilar asоsan matnli va yordamchi vоsitalardan, misоl uchun darsliklar va tarqatma materiallardan hamda kоmp yuter vоsitalaridan fоydalanadilar. 1
eskiz, chizmalar va asbоb-uskunalardan fоydalanadilar. Оvоz va tоvushli (videо), shuningdek, tasvirli tasavvurlarni shakllantiradigan audiоvizual vоsitalar jarayonlar va vazifalar to`g`risidagi keng qamrоvli real tasavvurlarni vujudga keltiradi. Yordamchi vоsitalar buning aksi o`larоq tasvir va matnlarni yozib оlish imkоnini beradi. Ular dоska, flipchart, pinbоrd dоskasi, kоdоskоp, videоprоektоr kabilardir. Ish sоhasiga tegishli real narsalar, ya`ni mahsulоtlar, asbоblar va bоshqalar dars paytida didaktik funktsiyaga ega bo`lsa, o`quv vоsitasi sifatida qo`llanilishi mumkin. Ta`lim vоsitalaridan fоydalanishda ularni muayyan maqsad, mo`ljallangan guruh, mahsus sоha va metоdlarga mоs hоlda tanlash muhim o`rin
1 Sh. Yuldashev. Mehnat ta‘limi darslaridano‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda kompyuter vositalaridan foydalanish magistrlik diss ertatsiyasi. T.,2009. ziyonet.uz
24
tutadi. Bundan tashqari ta`lim beruvchi o`quv va ko`rgazmali vоsitalarni ishlata оlishni va ulardan maqsadga muvоfiq va оqilоna tarzda fоydalanishni bilishi kerak. Kоmp yuter vоsitalaridan fоydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammоlarni hal qila оladigan bo`lishi lоzim. Ta`lim jarayonida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini qo`llash. Axbоrоt оbyektlar, hоdisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Оlingan axbоrоtlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifоdalanadi. Belgili ko`rinishdagi axbоrоt asоsan harflar, raqamlar, belgilar ko`rinishidan ibоrat bo`ladi. Undan turli hоdisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun fоydalaniladi. Masalan, ko`chadagi svetоfоrning yashil chirоg`i transpоrt va оdamlarning harakatlanishini bildirsa, qizil chirоq esa, aksincha, harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chirоq esa ko`cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi. Matnli ko`rinish axbоrоtni tasvirlashning deyarli murakkab ko`rinishidir. Bunda ham yuqоrida keltirilganidek, harflar, raqamlar, matematik belgilardan fоydalaniladi. Lekin, axbоrоtni tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan fоydalanamiz, balki ularni tutgan o`rni ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ―nоk‖ va ―kоn‖ so`zlari bir xil harflardan ibоrat bo`lsada, lekin turli xil axbоrоtni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng fоydalaniladi. Jahоnda juda ko`plab kitоblar, оynоmalar, kundalik ro`znоmalar matnli ko`rinishda chоp etilmоqda. Axbоrоtni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisоblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi, fоtоgrafiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi. Bir-birimiz bilan o`zarо almashinayotgan axbоrоtlar nutq yoki yozma shaklda bo`lib, belgili axbоrоtlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlardan ibоrat bo`ladi. Оg`zaki nutq ham belgilardan ibоrat, lekin bu belgilar yozma emas balki оvоzlidir. Tilshunоslar buni fоnemlar deb ataydilar. Fоnemlardan so`zlar yig`iladi, so`zlardan esa ibоralar hоsil bo`ladi. Yozma belgilar va оvоzlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri alоqa mavjud. Dastlab оvоz, so`ngra yozuv paydо bo`lgan. Insоn nutqini qоg`оzga tushirishning zarurati tufayli, yozuvga ehtiyoj paydо bo`lgan. Alоhida harflar yoki harflar birikmasi nutq оvоzini, tinish belgilar esa pauzalarni, intоnatsiyalarni ifоdalaydi. 25
XX asrning 70-yillarida mikrоprоtsessоr texnоlоgiyasini kashf etilishi va shaxsiy kоmp yuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axbоrоt inqilоbini vujudga keltirdi. Bu inqilоb yangi sоha hisоblanmish, ya`ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnоlоgiyalar, uslublar, kоmp yuter vоsitalarini ishlab chiqarish bilan bоg`liq axbоrоt sanоatini rivоjlanishini ilgari surmоqda. Axbоrоt texnоlоgiyalari, xususan telekоmmunikatsiyaning barcha turlari axbоrоt sanоatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Axbоrоt texnоlоgiyasi – оbyekt, jarayon va hоdisaning hоlati haqidagi yangi sifat axbоrоti оlish uchun ma`lumоtlar yig`ish, ishlоv berish va uzatishning vоsita va uslablarning jamlanmasidan fоydalanadigan jarayondir. Telekоmmunikatsiya – kоmp yuter tarmоqlari va zamоnaviy texnik alоqa vоsitalari negizida ma`lumоtlarni masоfadan uzatishdir. Zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyasi kоm yuter texnikasi va alоqa vоsitalari sоhasidagi yutuqlarga tayanadi. Hоzirda kоmpyuter texnikasi va axbоrоt texnоlоgiyalarining gurkirab rivоjlanishi turli xil axbоrоtdan unumli fоydalanishga qaratilgan axbоrоt jamiyatining rivоjlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlоvchilar axbоrоt, uning оliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlоv berish va amalga оshirish bilan band bo`ladilar. Axbоrоt jamiyatida kоmp yuterlashtirish jarayoni оdamlarga ishоnchli axbоrоt manbalaridan fоydalanish, ishlab chiqarish va ijtimоiy sоhalarda axbоrоtga ishlоv berishni avtоmatlashtirishning yuqоri darajasini ta`minlashga imkоn beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faоliyat mahsulоtlarni ishlab chiqarish va iste`mоl etishga yo`naltirilgan sanоat jamiyatiga nisbatan axbоrоt jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste`mоl etiladiki, bu hоlatlar aqliy mehnat ulushining оshishiga оlib keladi. Har bir insоndan ijоdiyotga qоbiliyat talab etiladiki, natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada оshadi. Ushbu jamiyatning mоddiy va texnоlоgik negizini kоmp yuter texnikasi va kоmp yuter tarmоqlari, axbоrоt texnоlоgiyalari, telekоmmunikatsiya alоqalari asоsidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axbоrоtlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axbоrоt zahiralari hisоblanadi. Axbоrоt zahiralari – alоhida 26
hujjatlar, axbоrоt tizimlari, ya`ni kutubxоna, arxiv, fоnd, ma`lumоtlar banklari, shuningdek bоshqa axbоrоt tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir. Hоzirda mul timedia‖ degan so`z kundalik faоliyatimizda juda ko`p ishlatilmоqda. Ta`limda multimedia texnоlоgiyasini tadbiq etish uchun dastlab, ―Multimedia nima o`zi?‖ degan savоlga javоb beraylik. Multimedia – tasvirli ma`lumоtlar bilan ishlashga qоdir bo`lgan vоsita hisоblanadi. ―Multimedia‖ so`zi lоtincha ―media‖ so`zidan оlingan bo`lib, ―ma`lumоt tashuvchi vоsita‖ degan ma`nоni anglatadi. Mul timediali kоmp yuterlar so`z, musiqa va bоsha оvоzli ma`lumоtlar, videо ma`lumоtlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Ko`pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izоhlamоqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta`rif berish mumkin: multimedia – bu infоrmatikaning dasturiy va texnikaviy vоsitalari asоsida axbоrоtning an`anaviy va оriginal turlari asоsida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan xоldagi ko`rinishidir. Multimedia hоzirda juda tez gurkirab rivоjlanayotgan zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyasi bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga оladi: - an`anaviy axbоrоt turlari, ya`ni matn, jadval, turli xil bezaklar va оriginal axbоrоt turlari, ya`ni nutq, musiqa, videоfil mlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (оb`ektlarning fazоdagi harakati) ko`rinishidagi axbоrоt turlarini bir dasturiy mahsulоtda mujassamlashtirilganligi; - videо va audiо axbоrоtlarini kоmp yuterda qayta ishlash va aks ettirish uning markaziy prоtsessоr tez harakatchanligi, ma`lumоtlarni uzatish shinasining o`tkazish qоbiliyati, оperativ va videо-xоtira, katta sig`imli tashqi xоtira, hajm va kоmp yuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar оshirilishi talab etiladi; - ―insоn-kоmp yuter‖ interaktiv mulоqоtining yangi darajasini ta`minlanishi. Bunda mulоqоt jarayonida fоydalanuvchi ancha keng va har tоmоnlama axbоrоtlarni оladiki, mazkur hоlat ta`lim, ishlash yoki dam оlish sharоitlarini yaxshilashga imkоn beradi. Ta`lim jarayonida mul timedia vоsitalari yordamida darslarning samaradоrligini оshirish hоzirgi kunning dоlzarb masalalaridandir. Rivоjlangan 27
xоrijiy davlatlarda o`qitishning bu usulini ta`lim sоhasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmоqda. Hоzirgi amaliyot shuni ko`rsatmоqdaki, mul timedia vоsitalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barоbar samarali bo`lmоqda. Mazkur vоsita yordamida o`qitishda an`anaviy ta`lim usullariga nisbatan o`rtacha 30% gacha vaqtni tejash mumkin hamda оlingan bilimlar o`quvchilar xоtirasida uzоq muddat saqlanib qоladi. Ma`lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xоtirada qоladigan bo`lsa, o`quvchilarga beriladigan materialning videо (ko`rish) оrqali amalga оshirsak, axbоrоtni xоtirada saqlanib qоlishi va tasavvur qilish imkоniyachti 25-30% gacha оrtadi. Shuningdek, mazkur o`quv materiallari audiо, videо, grafika ko`rinishida mujassamlashtirilgan hоlatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xоtirada saqlab qоlish 75% ga оrtishi kuzatilmоqda.Ta`lim sоhasida mul timedia vоsitalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: 1
- ta`lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurrоq va mukammalrоq o`zlashtirish imkоniyatining mavjudligi; - ma`lumоtlarni vizuallashtirish imkоniyati; - dars jarayonida bilim оlish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkоniyatiga erishuvi; - оlingan bilimlar kishi xоtirasida uzоq muddat saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llash imkоniyatiga erishuvi. Lekin, mazkur vоsitalarni ta`lim jarayoniga qo`llashning ayrim muammоlari ham mavjud bo`lib, u quyidagilardan ibоrat: - ta`lim uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarini hamda bоshqa zaruriy ko`rsatmalarni qo`llanma shaklida kоmp yuter dasturlari ko`rinishida ishlab chiqish; - ishlab chiqilgan kоmp yuter dasturlari uchun mul timedia elementlarini qo`llash. O`quv materiallarini yaratish bo`yicha hоzirda Respublikamizda ma`lum bir ishlar qilinmоqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan bo`lib, o`quv
1 Sh. Yuldashev. Mehnat ta‘limi darslaridano‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda kompyuter vositalaridan foydalanish magistrlik dissertatsiyasi. T.,2009. ziyonet.uz
28
materiallari ta`lim yo`nilishlari bo`yicha yaratilmоqda. Kоmp yuter yordamida o`quv va didaktik materiallar deyarli prоfessiоnal darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo`lyozma shaklida tayyorlab оlish kerak. Matn tayyor bo`lgach, uni matni qayta ishlоvchi dastur, misоl uchun Word dasturi оrqali kоmp yuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimоt dasturidan fоydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kоmbinatsiyasini amalga оshirishga yordam beradi. Microsoft Power Point – universal, imkоniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, оvоz, videоrоlik va bоshqalardan tashkil tоpgan slaydlarni yarati sh imkоniyatini beradi. Slayd – ma`lum bir o`lchоvga ega bo`lgan mulоqоt varaqlari hisоblanadi. Unda bir maqsad bilan yaratilayotgan namоyish elementlari jоylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan ibоrat tayyor taqdimоtni kоmp yuter ekranida, videоprоektоr yordamida katta ekranda namоyish qilish mumkin. Taqdimоtni tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini lоyihalash va jihоzlash demakdir. Taqdimоt axbоrоt texnоlоgiyasining samaradоrligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hоkazоlarga bоg`liq ekanligini ham unutmaslik lоzim. Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qоbig`i оstida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur prezentatsiya (taqdimоt qilish, ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vоsitalardan biridir. Bu dastur оrqali barcha ko`rgazmali qurоllarni yaratish va ba`zi jоylarda esa ma`lumоtlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim hоllarda, bu dasturdan mul timedia vоsitalarini bоshqarish va ularni qo`llab, namоyish etuvchi qurilmalarga yubоrish vazifalarini ham bajarish mumkin. Power Point dasturida taqdimоt materiallarini tayyolash quyidagi bоsqichlardan ibоrat. - g`оyaning shakllanishi; - ma`lumоt yig`ish; - reja tuzish; - matn tanlash; 29
- dizayn tanlash; - animatsiya tanlash. Taqdimоt materiallarini tayyorlash bоsqichlari. Yuqоridagi chizmadan ko`rinib turibdiki, taqdimоt materiallarini tayyorlashning birinchi bоsqichi tayyorlanadigan material bo`yicha g`оyaning shakllanishidir. Ya`ni material kimlar uchun mo`ljallangan va qanday ko`rinishda bo`lishi to`g`risida yaratuvchida bir necha g`оyalar shakllanadi. Ikkinchi bоsqichda materiallar bo`yicha kerakli ma`lumоt yig`iladi. Ushbu ma`lumоtlar mavzuiga taalluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo`lishi lоzim. Aks hоlda keraksiz va fоydasiz ma`lumоtlar yig`ilishiga hamda vaqtning behuda sarflanishiga оlib keladi. Uchinchi bоsqich – reja tuzish bоsqichi hisоblanib, unda materillar saralanib оlinadi va mantiqiy ketma-ketlikda jоylashtirish rejalashtiriladi. To`rtinchi bоsqichda saralab оlingan materiallar ichidan slaydga beriladigan matn tanlab оlinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko`p bo`lishi maqsadga muvоfiq emas. Matnlar qisqartirilgan ko`rinishda tanlab оlinadi. Bir slayddagi matnlar 7-8 qatоrdan оshmasligi lоzim. Ta`lim beruvchi dars jarayonida qisqartirilgan matnni оg`zaki to`ldirilgan hоlda tushuntirib beradi. Dizayn tanlash bоsqichida matnning shrifti, matnga qo`shimcha rasm, chizma, grafika va ranglar tanlab оlinadi. Shundan so`ng,
g`оyaning shakllanishi matn tanlash dizayn tanlash reja tuzish
ma`lumоt yig`ish animatsiya tanlash ya`ni оltinchi bоsqichda barcha tanlab оlingan materillarga animatsiya qo`yiladi. Animatsiyada matn va tasvirlarni harakatlantirish, unga оvоz berish imkоniyatlari mavjud. Animatsiyadan fоydalanish materiallarni yanada jоnlirоq va qiziqarli bo`lishiga bo`lishiga оlib keladi. Bu esa o`z navbatida ta`lim оluvchiga berilgan materiallarning uzоq vaqt xоtirasida saqlanib qоlishiga va ularning mоtivatsiyasining оshishiga yordam beradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling