Annotatsiyasi


II-BOB.SURXONDARYO VILOYATIDA EKOTURIZM RESURS-LARIDAN FOYDALANISh ShART-ShAROITLARI VA HOLATI


Download 7.86 Mb.
bet17/32
Sana06.10.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1693135
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
XOLMURZAYEV

II-BOB.SURXONDARYO VILOYATIDA EKOTURIZM RESURS-LARIDAN FOYDALANISh ShART-ShAROITLARI VA HOLATI 2.1. Surxondaryo viloyatida turizm rivojlanishining iqtisodiy tahlili Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida turizmning milliy modelini
shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha viloyatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi viloyatning ijtimoiy– siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat

kompaniyalari turistlarga xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda

turizm

sohasiga

mustaqillikning dastlabki davridanoq asos qo‘yilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning hajmi 7-9 mln. kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atigi 1,3-1,8 mln kishini tashkil etardi xolos. O‘zbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 2016 - yilgacha 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 250-400 ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo‘lib o’rganilgani ko’rish mumkin.32
Birinchi bosqich (o‘z ichiga 1992 - yilni oladi). Ushbu bosqich respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi.
Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan “Oz‘bekturizm” Milliy Kompaniyasiga asos solindi.
Ikkinchi bosqich (1993-1995 - yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko‘rsatish hajmini
O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni bo‘lmay qoldi. Kompaniya turistik operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Angliya (London), AQSh (Nyu-York), Birlashgan Arab Amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o‘zining vakolatxonalarini ochdi.
32Fayziеva Sh.R. O‘zbеkistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy mеxanizmini takomillashtirish. Nomzodlik dissеrtasiyasi. O‘zMU, 2016 y
42


Uchinchi bosqich (1995-1997 - yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida
xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90% ga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.
To‘rtinchi bosqich (o‘z ichiga 1998 - yilni oladi). Bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini ta’minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon
andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo‘lgan xizmat
ko‘rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich (2016- yilidan so’ngi yillarni oladi.). Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi to‘g‘risidagi” Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmning
tutgan o‘rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, “Turizm to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi buning natijasida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga yangi yondashuvlarni boshladi. Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati, hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish, turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son asosn 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantiriha kompleks chora tadbirlar dasturi qabul qilindi33. 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida
33Davlat boshqaruvi asoslari 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 43


turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi, SWOT- tahlili orqali o’rganildi. Ushbu ma’lumotlar (2.1.1.jadval va 1.-ilova) tahlillarida keltirigan.

Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling