Annotatsiyasi
Nurota qo‘riqxonasidagi arharlar
Download 7.86 Mb.
|
XOLMURZAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Turizm infratuzilmasini shakllantirishda ekoturistik resurslarning o‘rni
Nurota qo‘riqxonasidagi arharlar
1.2.1-rasm. O‘zbekiston hududida qirilib ketishi arafasida turgan noyob hayvonot va nobotot dunyosini rasmi26.
1.2.2-rasm. Ekologik turizmni noyob hayvonat dunyosi resurslari27.
26Pаrdаеv А.X., Nоrchаеv А.N., Rabbimov E.N. Ekоlоgik turizm. -O‘quv qo‘llаnmа. – T.: TDIU, 2011. 27Pаrdаеv А.X., Nоrchаеv А.N., Rabbimov E.N. Ekоlоgik turizm. -O‘quv qo‘llаnmа. – T.: TDIU, 2011. 28Pаrdаеv А.X., Nоrchаеv А.N., Rabbimov E.N. Ekоlоgik turizm. -O‘quv qo‘llаnmа. – T.: TDIU, 2011 33 Ushbu (1-2-3-rasm) rasmlarda ekologik turizmni noyob, hayvonat va qushlar dunyosi resurslari keltirildi.
rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va tadbirlar “O‘zbekistonda ekologik
Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda O‘zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishiga e’tiborga olgan holda “Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi” Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan quyidagi asosiy vazifalarni ishlab chiqish zarur: Vatanimizning ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sura’tlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim. 1.3.Turizm infratuzilmasini shakllantirishda ekoturistik resurslarning o‘rni Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil- ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab oladi. Infrastruktura(lot. Infra pod+struktura) rus tiliga tarjimasi pod struktura, o‘zbek tilida esa “infra” so‘zidan iborat bo‘lib, “tuzilma ostidagi tuzilma” degan ma’noni anglatadi. Uning umumiy tuzilmasini iqtisodiy yoki siyosiy hayot tashkil etadi. U butun bir iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi bir maromda kechadigan hayot faoliyatini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy infratuzilmaga transport, aloqa, 34 kommunikatsiya, maishiy xizmat, ta’lim va kommunal xo‘jalik, turar-joy, turmush tarziga o‘rgatish, aholining birgalikda hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish majmuidir29. Boshqacha aytganda, infratuzilma aholi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik va madaniy obyektlar, uning xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarini tashkil qiluvchi (yo‘llar, ko‘priklar, kanallar, omborlar, transport, aloqa, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy tashkilotlar va h.k.) mahalliy boshqaruv majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Turizm infratuzilmasini shakllantirishda infratuzilmasi ob’ektlari orasida joylashtirish vositalari jumladan, mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari asosiy turizm daromadini shakllantiruvchi korxonalar hisoblanadi. Ekologik turizm ob’ektlari shahar markazidan uzoqda bo’lgani uchun, 2019 yildan boshlab mehmonxonalardan tashqari oilaviy mehmon uylari va xostellar, kempinglar soni jadal suratlarda oshib bormoqda. Bundan tashqari turoperatorlar, gid-tarjimonlar, turistik transport vositalari, ovqatlanish korxonalari soni ham jadal suratlarda ortib bormoqda (1.3.1-jadval). Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling