Anor biologiyasi Fan o‘qituvchisi R. Akbarov


Download 8.76 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi8.76 Kb.
#1751885
  1   2   3   4
Bog'liq
anor navlari bilan tanish

  • Fan o‘qituvchisi R.Akbarov
  • O‘zbekistonda davlat reestriga kiritilgan anor navlari bilan tanishishtirish
  • Ishning maqsadi:
  • Talabalarga vatanimizda yetishtiriladigan anor navlari to`g`risida ko`nikmalar berish
  • O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur. Anor asosan, meva sifatida iste’mol etiladi. Anordan qandolat va tibbiyotda keng foydalaniladi, teri oshlashda va gazlamalarni bo‘yashda ishlatiladi. Gulbargi va meva po‘stidan bo‘yoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Ba’zi turlari xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladi.
  • O‘zbekistonda anorning quyidagi serhosil va qimmatli navlari tarqalgan:
  • Achchiq dona
  • serhosil, mevasi oktyabr oyida pishadi. Mevalari yassi dumaloq shaklda, yirik, vazni 300-400 gr, qobig‘i qalin bo‘ladi. Pishgan mevalari bir tekis qizil rangli, mevasi nordon-shirin bo‘ladi. Mevasini2-3 oy saqlash mumkin.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha davlat Reestriga kiritilgan. Bu navning butasi o‘rtachadan kattaroq, ikkinchi-uchinchi yili hosil bera boshlaydi.
  • O‘zbekistonda anorning quyidagi serhosil va qimmatli navlari tarqalgan:
  • Achchiq dona
  • Unumdor sog‘ tuproq yerlarda ko‘p hosil olish mumkin. Sho‘r yerlarga chidamsiz. Sovuqqa chidamli. Mevasi yirik, sal dumaloq, mazasi nordon-shirin, po‘stining rangi och pushtidan tortib to‘q qizilgacha. Sharbati to‘q qizil, xushbo‘y. Mevasi oktyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 3,9 ball, o‘rtacha vazni esa 320 g. Denov nav sinash tajriba maydo-nining ma’lumotlariga ko‘ra, hosildorligi gektaridan 67,5 sentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 76,7 sentnerni tashkil etgan.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling