Anorganik kimyodan on bo’yicha masalalar Variant 1
Download 6.79 Kb.
|
anorganik kimyo test
Anorganik kimyodan ON bo’yicha masalalar Variant - 1 Massasi 1,95 g bo’lgan ishqoriy metal suv bilan reaksiyaga kirishganda (n.sh) 560 ml hajmdagi vodorod ajralib chiqdi. Olingan metallning nisbiy atom massasini toping. Teng massada olingan ishqoriy metal va suv reaksiyasidan 1 g suv ortib qolda va 2,24 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Metallni aniqlang. 0,3 mol ishqoriy metall oksididan uning 42,6 g sulfati yoki necha g bromidini olish mumkin? 25 g CaCO3 parchalanganda, 17,3 g qattiq qoldiq hosil bo’lgan. CaCO3 ning necha foizi parchalanganligini va qattiq qoldiqning tarkibini aniqlang. 6,12 g ishqoriy-yer metall oksidi 221,88 g suvda eritilganda hosil bo’lgan birikmaning massa ulushi 3 %ni tashkil qildi, metallni toping. 16 g CaCO3 parchalanganda 11,6 g qattiq qoldiq hosil bo’ldi. CaCO3 ning necha foizi parchalanganligini va qattiq qoldiqning tarkibini aniqlang. Alyuminiy va misdan iborat 4 g aralashma HNO3(kons) eritilganda 1,344 l (n.sh.) NO2 ajralib chiqqan bo’lsa, aralashmaning foiz tarkibini aniqlang. 72 g temir (II) nitrat eritmasi tarkibida 9,9∙NA ta atom bo’lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang. (MFe(NO3)2=180 g∕mol) (tuzning gidrolizlanishi hisobga olinmasin). Magniy va alyuminiyning 50 g qotishmasi xlorid kislotada eritilganda 48,25 l vodorod ajralib chiqqan. Qotishmaning Mg va Al ning massa ulushini (%) toping. Xalkozin va kupritning o’zaro ta’sirlashuvidan olingan metall 80% li sulfat kislotada eritilganda 13,44 litr (n.sh.) gaz hosil bo’lgan bo’lsa, olingan metall massasini (g) toping. Download 6.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling