Antidepressantlar


Download 20.31 Kb.
bet3/5
Sana13.01.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1090050
1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIDEPRESSANTLAR.

Qo‘llanilishi: toliqganda, charchoqni yo‘qotish, aqliy va jismoniy faollikni oshirish uchun uyqusirash, bo‘shashganlik, farqsizlik, asteniya bilan kechuvchi nevrotik subdepressiyalar, narkolepsiyalar va boshqa psixonevrologik xastaliklarda.
Preparatni muntazam uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki preparat organizmda to‘planadi, unga ko‘nikish, tobelik (ruhiy va jismoniy) va uni qabul qilishga intilishi rivojlanadi. Fentaminni qo‘zg‘atuvchi ta’siri organizmdan anchagina energiya sarflanishiga olib keladi va shuning uchun uni qabul qilingandan keyin, qoniqarli dam olish kerak (kuch to‘plash uchun). Fenaminni davomli qabul qilinsa ruhiy asab buzilishlariga olib kelishi mumkin (hatto shizofreniya, psixoz rivojlanishi mumkin).
Qariyalar, ateroskleroz, xafaqonlik, uyqusizlik, jigar xastaliklari, homiladorlikning kechki toksikozlarida qo‘llab bo‘lmaydi.
MERIDIL– psixostimulyatorlik kuchi bo‘yicha fenamindan kuchsiz. Lekin periferik adrenergik sistemasiga ta’sir ko‘rsatmaydi (qon bosimini o‘zgartirmaydi) yurak-tomir sistemasiga ta’sir etmaydi. Meridil engil depressiyalarda, astenik holatlarda, kuchli toliqishda, neyroleptiklar ta’sirida MNSning susayganligida qo‘llaniladi. Meridilga o‘rganish rivojlanadi. Uyqusizlik, aterosklerozda, stenokardiyada, giperteriozda, kuchli darmonsizlanishda meridilni qo‘llab bo‘lmaydi.
SIDNOKARB-sidnonimlar unumi. Kuchli psixostimulyatorlar. Fenominga nisbatan kam zahar va periferik simpatomimetik ta’siri kuchsizroq. Psixostimulyatorlik ta’siri sekin rivojlanadi (ya’ni boshlang‘ich kuchli aktivlashtiruvchi ta’sirga ega emas), lekin uzoq davom etadi, hamda kayf va harakat qo‘zg‘aluvchanligi bilan kechmaydi. Taxikardiya rivojlanmaydi, qon bosimi oshmaydi. Ta’siri tugagach xolsizlik va uyqusirash rivojlanmaydi.
Ta’sir mexanizmi: fenamindan farq qilib adrenergik retseptorlarni dofaminergikka nisbatan kuchliroq qo‘zg‘atadi. Uning ta’sirida neyronal depolardan katexolaminlarni ajralib chiqishi oshsa kerak.

Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling