Antik davrda psixologik bilimlarni yuzaga kelishi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1268704
Bog'liq
ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK BILIMLARNI YUZAGA KELISHI



ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK
BILIMLARNI YUZAGA KELISHI
Toshkent 2023 


ANTIK DAVRDA PSIXOLOGIK BILIMLARNI YUZAGA KELISHI
Reja: 
1. Antik psixologiya haqida tushuncha 
2. Buyuk allomalarni antik psixologiyaga qoʻshgan hissalari 
3. Antik dunyoda jon haqidagi tasavvurlar 
4. Aflotun psixologiya haqida 
5. Arastu taʼlimotida jon tushunchasi 
Qadimdan madaniy fikr va ruhiyatlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq 
boʻlgan va rivojlangan. Shuning uchun qadimiy grek-rimliklar 
rivojlanishini Sharq xalqlaridan ajratib alohida oʻrganib boʻlmaydi. 
Inson ongi rivojlana borgan sari turli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Sekin- 
asta ishlab chiqarish revolyutsiyasi boʻladi. Sekin-asta shahar 
qishloqdan, hunarmandlar qishloq xoʻjaligidan ajray boshlaydilar. 
Insonning hayot tarzi oʻzgarishi, qullarning koʻpayishi, daryo 
yoʻllarining ochilishi qadimiy greklar ongini bir necha barobar oʻstiradi. 
Qadimiy afsonalarga ishonish, bir necha tabiiy fanlar (matematika, 
geografiya, astranomiya, tibbiyot) bilan tanishishi ular ongining 
oʻsishiga, fikr yuritishiga turtki boʻladi. 
Materialistik fikrlaydigan bir necha faylasuf va olimlar yetishib chiqqan. 
Bularga Demokrit, Gippokrat, Anaksimanlarni misol keltirish mumkin. 
Ularning izlanishlari katta ahamiyatga egadir. 
Eramizdan avvalgi V asrda falsafiy fikrlar markazidan biri Afina edi. 
Shu vaqtlarda donishmandlikka oʻrgatuvchi oʻqituvchilar, sofistlar 
yoʻnalishi rivojlangan. Turli muassasalarda sofistlar odamlarni 
donolikka, bilimdonlikka, oʻz soʻzlarini oʻtkazishga oʻrgatishar edi. Ular 
oʻz darslarida insonning psixologik syujetlarini, insonni boshqa 
insonlarga munosabatlarini muhokama qilar edi. Ularning fikriga qarshi 
Suqrot oʻz fikri bilan chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Platon va 
Aristotellar ilmiy asarlarida falsafiy psixologik fikrlar sistemasi inson 
fikrini oʻsishiga katta taʼsir qilishi haqida yozganlar. 
Platon Yevropa idealizmini boshlovchisi ham hisoblanadi. 


Aristotel falsafasidagi psixologik fikrlarda biologik yoʻnalishlar bor edi. 
Aristotel dunyoni aqliy fikrlari alohida insonlarda yer yuzida boʻladigan 
hodisalarda yuzaga keladi deb tasdiqlaydi. 
Ellinistik yoʻnalishi grek madaniyati bilan Sharq halqlari madaniyatini 
yaqinlashtiradi. Ellinistik yoʻnalishi falsafasiga koʻra jamiyat turmush 
tarzini oʻzgartirib yuboradi. Inson oʻzini shaxsiy oʻrnini jamiyatda topib 
oladi. Bir necha madaniyat markazlari yuzaga keladi. Fanlar, texnika, 
tibbiyotning rivojlanishi psixologiyani fan sifatida rivojiga katta taʼsir 
koʻrsatadi. Lukretsiy va Galen kabi buyuk allomalarni taʼsiri katta 
boʻlgan. Tarixda paydo boʻlgan xrestian dini insonlarni ilmiy 
qarashlariga qarshi chiqishda ekspluatator sinfga katta qurol vazifasini 
bajargan. 
Psixik tabiatga oid qarashlar. 
Ruh haqida afsonaviy tushunchalar hukmronlik qilgan. Har bir konkret 
narsalarni 2 ta yoki undan ortiq ruhi bor deb tushunilgan. Insonni 
atrofidagi olam shu ruhlar bilan bogʻliq. Ruh haqidagi fikrlar psixologik 
tarixga emas, balki butun tabiatga qarashlar bilan bogʻliqdir. Sekin-asta 
tabiatga ilmiy qarashlar orqali psixologik fikrlar ham oʻzgardi va 
rivojlandi. Insonlar dunyoni tushunishda afsonalardan voz kecha 
boshladi. 
Eramizdan avvalgi VI asrga kelib tabiat va insonni tushunish psixologik 
faoliyatda katta burilish yasadi. Qalb haqidagi greklar taʼlimoti, 
psixologik qarashlar va ular haqidagi bilimlar juda qiziqarli edi. 
Qadimgi faylasuflar ruh haqidagi afsonalarga boshqacha yoʻl bilan 
tayanishar edi. 
Geraklit qalbni taʼriflashi boʻyicha: havodagi namlikni xuddi sharob 
ichgan odamni qalbiga oʻxshatadi. Qanchalik qalbi quruq boʻlsa u 
kuchlidir va aqllidir. Geraklit birinchi boʻlib psixologiya tarixida 
organizmdagi ruhiy holatning oʻzgarishini aniqlab beradi. Ruhiy holat 
oʻzida ichki tushunishi va oʻylash, shu bilan birgalikda tushunish 
chegarasini, haqiqiy hayotni tushunishini belgilab beradi. 
Geraklit izlanishlari nafaqat yangi hayot mazmunini, balki insonni 
rivojini tushuntirib beradi. Anaksagor (er.av. 500-428) olamni bir necha 
sifatli har xil qismlardan tartibga solinadi deb hisoblar edi va bular ong 


tomonidan tartibga solinadi deb taʼkidlar edi. U inson va tabiatni oʻz- 
oʻzini boshqarishiga eʼtibor beradi. 
Anaksagor ongni, aqlni narsalardan tashqari yoki fazodan tashqari 
harakat qiladi deb taʼkidlagan. Lekin bunga Platon qarshi chiqqan. U - 
“Anaksagor ong haqida gapirganda boshqa yoʻlga kirib qolyapti” deb 
aytgan. Lekin Anaksagorning ilmiy asarlarida bunday chekinishlar yoʻq. 
Anaksagor shunday hisoblar edi: qanchalik inson tanasi rivojlangan, 
toʻliq boʻlsa shu organizmda aql - ong mukammal boʻladi. 
U “Inson jonzotlar ichida eng aqlli hisoblanishiga sabab uni 2 ta qoʻli 
borligidadir” deb aytib oʻtgan. Lekin bu taʼlimotga Aristotel qarshi 
chiqqan. Anaksagor fikricha, “aql”, “ong” oʻzida tanani koʻrsatadi. 
Shuninguchun qalb materialistik tomondan ikkinchidir. Anaksagor 
determenizm prinsipini toʻliqroq tushuntirib bergan. 
Demokrit (er.av.460-370) Levkippdan keyin olamning atomistik 
modelini yaratdi. Butun koinotda, kenglikda, butun olamda
oʻzgarmas qonunlarga binoan sharsimon boʻlinmas oʻt atomlari 
harakatdadir, qaysiki ular qalbni yaratadi. Shunday qilib qalb moddalar 
ichida uning bir turidir. 
Tarqalish, yoʻqolish haqidagi fizik qonun tanaga tegishlidir, shunga 
koʻra Demokrit qalbning barhayotligini tan olmaydi. 
Bu yoʻnalishlarga qarshi qalbni barhayotligini yoki boshqa qalbga 
aylanishini afsonaviylikka yaqinligini yoqlab bir necha maktablar 
chiqdi. Qadimgi Rimda ikki maktab Pifagor va Platon maktablari. Bu 
maktablar qalbni doim barhayotligini, doimo aylanib yurishini, yaʼni 
diniy tomondan ham taʼkidlashar edi. Bularni fikricha qalb tanaga bir 
jazo sifatida mahkamlab qoʻyilgan. Olamni yaratilishi Pifagor 
tomonidan shunday taʼriflanadi: olam narsalardan emas, balki arifmetik-
geometrik strukturaga ega. Yer yuzida barcha narsalar - harakatdagi 
narsalarni hammasi raqamli holatlarni, qiyofani koʻrsatadi. Qalb ham-
garmoniya-tanacha qarama- qarshilik garmoniyasidir. Pifagor maktabi 
200-yil yashadi. Bu maktab fikrlovchilari son yoki raqamni narsalardan 
ajralmas deb hisoblar edilar. Lekin sonlar narsalardan alohida ajraldi. 


Suqrot (er.av. 470-399 ) u koʻchadami, bozordami qanaqa vaqt 
boʻlishiga qaramay, insonlarni qiziqtirgan savollariga javob berardi. 
Suqrot boshqa faylasuflardan farq qilib, bergan maslahatiga pul olmas 
edi. Uning muxlislari turli kasb egalari boy yoki kambagʻal sinfidan edi. 
Suqrot faoliyatida suhbatdoshiga oʻzi tanlagan bir necha savollar bilan 
murojaat qilar va savollarga aniq toʻgʻri javob berishga yordam berar 
edi. 
Suqrotni shiori “Oʻzingni oʻzing oʻrgan, bil” boʻlgan, lekin bu fikri bilan 
Suqrot psixologiyada birinchi boʻlib tan olish metodikasiga tayangan 
emas. Oʻz taʼlimotiga koʻra Suqrot oʻz ichki his-tuygʻularni bilishga 
emas, balki inson oʻz qilmishlarini oʻz yurish-turishini analiz qilishni 
tushuntirib berishni tushungan edi. Suqrot fikriga koʻra, insonni oʻz-
oʻziga munosabati intellektual axloqiy sifatlarni namoyon qiladi. 
Platon (er.av. 428-348) qalbni yangicha talqinini yaratdi. Platon 
materializmga qarshi qarashlari falsafiy qarashlarida siyosiy tus olgan. 
Yoshlar materializmdan xudosizlikka yoʻliqdi va jamiyat darz ketadi deb 
taʼkidlar edi. Platon haqidagi bir necha asarlar toʻligʻicha yetib 
kelmagan. Platon asos solgan falsafiy gʻoya boshqa zaminda rivojlandi. 
Platon akademiyasiga kirishda shunday soʻzlar yozilgan edi. 
“Geometriyani bilmaydigan bu yerga kirmaydi”. Geometrik figuralar bir 
tomonda seziladi, his qilinadi va koʻriladi. Platon oʻz ustozi Suqrot 
oʻlimidan keyin Suqrot yurtiga Janubiy Italiyaga sayohat qildi. Suqrot 
maktablarida boʻlib dialektik metod suhbat qilishni oʻrgandi. 
Gʻoyalar birinchidan qaysiki inson yashayotgan voqealikda, ikkinchidan 
real emas. Gʻoya-inson aql - zakovati mevasi emas, balki aql - zakovati 
gʻoyaga taqlid qiladi. Platon fikricha: gʻoyalar, fikrlar fazoviy ongga 
qarashlidir, qalb olami esa bularni hammasini - gʻoyalar va materiyalarni 
birlashtiradi. 
Aristotel (er.av. 384-322) Platonning shogirdi bulgan. U Kichik Osiyo 
shaharlarida ilmiy ishlar va oʻqitish bilan shugʻullangan. Aristotel 
biologiya bilan shugʻullanar edi. U organizmga biologik, genetik 
yondashdi va tabiatni psixik tomonidan tushundi. Aristotel “qalb” 
haqida shunday fikrga keldi: qalb tirik jonzotlarning boshlanishi, tanani 
hayotga tayyorligini belgilaydi. Uni talqini boʻyicha “qalbni tanadan 


ajratib boʻlmaydi”. “Qalb-bu toʻliq ishlovchi organizmdir”. Aristotel 
“Qalb haqida”, “Hayvonlar qismi haqida” asarlarida va kichik 
psixologik insholarda “xotira haqida”, “tush koʻrish haqida” oʻzini 
psixologik tushunchalarini yozib koʻrsatdi. 
Uni fikricha, ruh hayot prinsipi sifatida birinchi oʻrinda turadi. Ruh 
orqali boshqariladigan organik hodisalar, noorganik dunyoga qarama-
qarshi qoʻyilardi. Boshqa qutbda esa qaysiki hodisalar ulkan qobiliyat, 
yaʼni idrok aqlga qarama-qarshi qoʻyilgan edi. Bu ikki yoʻnalishni 
birligini tiklamoq uchun Aristotel izdoshlari kurashishdi. Bu izlanishlar 
qadimgi Rimda falsafiy-psixologik taʼlimotlarda katta ishlar qilinishiga 
sabab boʻldi. Eng katta yutuqlardan biri psixologik hodisalarni 
tushuntirishda Aristotel biopsixologiyasi katta yutuqqa egadir, qaysiki u 
oʻzida uchta yoʻnalishni birlashtirdi: Geraklit, Demokrit, Anaksagor. 
Aristotel jonli tabiatni organizmni turli darajada rivojlanishiga oʻxshatdi. 
Demokritni shogirdi, izdoshi Epikur Demokritga tushuncha, qalbni, 
umumbiologik hodisadan psixologik hodisalarni bir-biridan ajratib 
berdi. Qalb 4 elementdan tashkil topgan. Ularni har birini oʻz vazifasi 
bor. 
Olov-issiqlik manbai Bugʻlanish-harakat 
Shamol-sovuqqonlik Nomsiz element-qalb 
Bular hammasi psixologik faoliyatni namoyon qiladi. Epikur shogirdi 
Lukretsiy nomsiz materiyani nomlash uchun termin topdi. Bu-ruh 
qalbdan farq qiladi. Bu tushunchani Lukretsiy “Ayollar tabiati haqida” 
asarida harakat turini, farqini bir butun “atomli” dunyoda tushuntirib 
berdi. “Qalb” Lukretsiy taʼrifi boʻyicha: aktiv faoliyatli tanani oʻziga 
boʻysundira oladi uning bundan idrok kelib chiqadi. 
Keyingi qadamlardan biri bu “ong” tushunchasining kelib chiqishi. 
Rimlik vrach Galen ong tushunchasini har tomonlama tushuntirib 
berishga harakat qildi. Nerv-psixologik faoliyatni analizida bizga tanish 
“pnevma” boʻladi. Stoiklar (taʼsirida tarbiyalangan Galen) pnevmani 2ga 
ajratishar edi. “Psixik” va “oʻsuvchi” sezgi organlariga taʼsir organidagi 
“psixologik pnevmani” holatini oʻzgartiradi, lekin bu shaxsni oʻz-oʻziga 
hisob berishiga kamlik qiladi. Qalb yuqoriga xudoga yoki pastga 


material dunyoga yoʻnalmaydi, balki oʻziga-oʻzi, oʻz qobiliyat 
faoliyatini qabul qiladi deb taʼkidlagan edi Platon. 
Avgustin fikri ham Platon fikriga yaqin turadi. Uning fikricha, qalbni 
mustaqil harakati badandan tashqari, lekin uni quroli sifatida 
qoʻllanilishi psixik tana boʻlishidir. Qadimgi vaqtda qalb haqida bir 
necha katta izlanishlar boʻldi. Qalb-bu olov, havo raqam 
harakatlanuvchi. Qalb deganda inson yashash uchun kerakli narsalar 
emas, balki butun tirikchilik, hayot tushuntirilgan. Hozirgi zamon tili 
bilan gapirganda psixologiya fizikani bir qismi deb tushunilgan. Insonni 
fazo bilan uzluksiz bogʻliqligi quyidagi tushunchani aniqlar edi. 
Psixika-ong-idrok.Xotira zehn emas, bu estaliklar xolos, balki qalbni 
oldingi oʻzini harakatlarini eslashdir. Lekin qalb bajargan harakatlarni 
eslashga ega emas. Qalbga hozir bajariladigan vazifalar, sezish va 
intellektual harakatlar ham xosdir. Shu bilan birga Platonning fikricha, 
afsonalar biz uchun qimmatlidir. 
Bizga psixologiya tarixi kursidan maʼlum boʻlishicha, qadimgi grek- 
rimliklar hayot tarzi sekin-asta ishlab chiqarish revolyutsiyasi 
munosabati bilan ularni ongi rivojlana borgan sari turli oʻzgarishlar sodir 
boʻla boshladi. Afsonalarga ishonish esa bir qator tabiiy fanlar bilan 
tanishish ularni ongini yanada oʻstirishdir. Har bir davrning oʻziga xos 
faylasuf va olimlari boʻlgani tufayli, mana shu davrda Demokrit, 
Gippokrat, Anaksimanlar izlanishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. 
Bundan tashqari Platon va Aristotel ilmiy asarlarida falsafiy psixologik 
fikrlar sistemasi inson fikrini oʻsishiga fikrlari alohida, aniq insonlarda 
yer yuzida boʻladigan hodisalarda yuzaga keladi degan fikrlar mavjud 
edi. 
Har bir olimni “qalb” haqida bergan tushuntirishlari har birimiz uchun 
qimmatlidir. Chunki psixologiya tarixida faqat “ruh”, “qalb”, “ong” 
talqinlarigina oʻrganilmagan, balki oʻsha qadimgi davrdan to biz yashab 
kelayotgan davrimizgacha insonlar hayotida qanday psixik (ruhiy) 
holatlar sodir boʻlganligi bayon etilgan. Bizning vazifamiz esa mana shu 
psixologiya tarixiga asoslangan holda bundan ham koʻproq izlanishlar 
olib borish deb oʻylaymiz. 


“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi taʼlimotdan boshlanishi kerak edi. 
Ruh haqidagi taʼlimot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi ilmiy 
gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vыgotskiy. Anita - ruh haqidagi qarashlar 
ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud boʻlgan boʻlsada er. av. asrda tabiat 
va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga uchrab, antik olamda 
dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo boʻla boshlaydi. Ilmiy 
psixologiya va undagi barcha muammolarning boshi shu yerdadir. 
“Qaysi yoʻllar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga 
borolmaysan” degan aforizm bilan efeslik Geraklit (er. av. 530-470) 
individual ruh va koinot birligi gʻoyasini ilgari surdi. Unga koʻra barcha 
narsa asosida olov yotarkan. Organizmdagi olov uchquni 
psixologiyadagi - ruhdir. U “olovli va nam” holatda boʻladi va mast 
odam qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir» - 
deb yozadi Geraklit. Uning taʼkidlashicha ruh namini umumiy logos 
qonunlari bilan belgilanadi. Bu 
fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo qonunlariga 
buysunishini taʼkidlamoqchi boʻladi. Determinizm prinsipini juda sodda 
koʻrinishda taʼriflamoqchi boʻladi. Lekin uning gʻoyalari psixik hayotni 
hamma eshiklarni ochishga kalit boʻla olmas edi. Geraklit oʻzidan oldin 
oʻtgan milet maktabi faylasuflari Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning 
ruh boʻlinmasligi toʻgʻrisidagi fikrlarini izdoshi xisoblanadi. 
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.av.400-370)ning 
taʼlimotida “olovli atomlarga” aylandi. Demokrit va uning ustozi 
Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm nazariyasini ilgari 
surdilar. Unga koʻra barcha narsalar 2 ta asosdan - boʻlinmas 
harakatchan, sharsimon va yengil atomlardan va boʻshliqlardan paydo 
boʻladi. Bu atomning eng harakatchanlari, yaʼni olov atomlari ruhni 
hosil qiladi. Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er. av. 500-428)ning 
barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil 
topganligi va ularning aql bilan va yaʼni ruh bilan boshqarilishi 
toʻgʻrisidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga oʻxshaydi. 
Sochilib ketishidan iborat fizik qonunni tana uchun ham taalluqli deb 
hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit ruhning 
tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha, ruh ogʻir tanaga 


kirib harakatga keltiradi. Tana oʻlgandan keyin esa u fazoda tarqalib 
ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil etuvchi atomlarni yutib nafas 
chiqarganda ruhimizni bir qismini tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu 
tariqa ruhimiz doimo yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. 
Uning fikricha hamma narsaning hatto oʻlikning ham ruhi bor, faqat 
juda kam. Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoladi. 
Tanadan tashqari ruh boʻlishi mumkin emas, degan umumiy hukm 
chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi balki ruhning oʻzi tana ekanligini 
taʼkidlaydi. “Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak uning oʻzi tana 
qismi” deb yozadi. Demokrit, Epikur, Lukretsiy, kabilar Demokrit ruh 
haqidagi tasavvurlarni rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikurga 
koʻra ruh atomlardan emas, oʻzgarmas 4 elementlardan: olov - issiqlik 
asosi, bugʻ - harakat asosi, shamol - sovish, nomsiz 4-element - ruhdan 
iborat. Epikurning nomsiz elementini Lukretsiy “A”, deb atadi. 
Shuningdek, Epikurning fikricha faqat sezish xususiyatiga ega 
narsalardagina ruh boʻladi. 
Ruhni qanotli arava izvoshchiga oʻxshatish mumkin. Izvoshchi va otlar 
oʻrtasidagi munosabat, tana va ruh oʻrtasidagi munosabat kabidir. 
Platonga koʻra inson ruhining 3 ta asosi bor: 1. Hayvonlar va 
oʻsimliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot oʻzining tana 
ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi bilan 
odam sezadi, ochlik va tashnalikni sezadi. Bu asos inson ruhining katta 
qismini tashkil etadi. 2. Asosning intilishlariga qarshi chiqadi. 3. Asos 
azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan “odamning jahli chiqadi, 
gʻolib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor boʻladi”. Platon fikriga 
koʻra, doim mana shu asoslar oʻrtasida kurash kechib, uning oqibatlari 
tushlarda namoyon boʻladi. Platonning tushlarni tushuntirishi koʻp 
jihatdan zamonaviy fikrlardan biri freydizmga oʻxshab ketadi. Chunki 
Platon ham ularning asosida mayllar shu jumladan haqiqiy mayllar 
yotishini taʼkidlagan. Platon ruh tana oʻlgandan keyin ham hayot boʻladi 
deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: "Agar ruh abadiy boʻlsa, unda ruh 
haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida ham 
qaygʻurish kerak. Platonning ruh haqidagi gʻoyasining yetakchi qismi 
hissiyotlardir. Unda Platon birinchi oʻrinda odamlar uchun rohatlanish 
hissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun 
shundaydir, lekin odam uchun 1-oʻrin u yoqda tursin, 2-oʻrinda ham 


turmaydi, xatto 3-oʻrinda ham emas. Platon oʻzining “Filef” dialogida 
rohatlanish, azoblanish va har ikkisining boʻlmasligi ruhning 3 xil 
holatidir deb aytib oʻtadi. 
Antik psixologiyaning eng yuqori choʻqqisi Aristotelning ruh haqidagi 
mashhur taʼlimoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel aytganidek, “biz 
psixologiyada ega boʻlgan yaxshi narsalar - bu Aristoteldan olgan 
narsalarimizdir. Aristotel «O dushe” yaʼni “Jon haqida”» nomli traktida 
ruh muammosini sistemali oʻrganishga bagʻishlangan oʻz gʻoyalarini 
yoritib beradi. Shimoliy Gretsiyaning Stariga shahrida tabib oilasida 
tavallud topgan Aristotel 17 yoshda Platonga shogird boʻlib tushgan. 
Ammo Platonning qarashlari yoʻlidan bormagan. Aristotelga koʻra, ruh 
organik tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan 
tushuntiradi: “Agar koʻz alohida tirik mavjudot boʻlsa, koʻrish qobiliyati 
uning ruhi boʻlar edi. Koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan koʻz aslida koʻz 
boʻlmaydi, u faqatgina koʻz degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday 
nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan koʻzga ham berish 
mumkin. Tiriklik ruhsiz boʻlmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing 
barcha xususiyatlari oʻsish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. 
Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. 
«Tana ruh uchun mavjuddir”, deb yozadi. Aristotel ruhni tanadan ajratib 
boʻlmaydi» degan qatʼiy xulosaga keldi. Aristotel barcha ruhning 
xarakter va xususiyatlarni “entelexiya” degan maxsus tushunchaga 
birlashtiradi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday 
tana ruhlidir. Shu tariqa Aristotel Platonning tana va ruh ajralishi, 
ruhning qismlarga boʻlinishi haqidagi gʻoyasini oʻtkir tanqid qiladi. 
Materializm gʻoyalari antik psixologiyada anatomiya va meditsinadagi 
yutuqlari bilan mustahkamlab qoʻyiladi. Er.av. 6-asrda yashagan tabib 
va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi boʻlib, fikrlarning 
bosh miyada tugʻilishi toʻgʻrisidagi taxminni ilgari surdi». 
“Meditsinaning otasi” Gippokrat (er. av. 460-377) Likseon kabi tafakkur 
va sezgi organi miya ekanini taʼkidlaydi. Uning yozishicha mana shu 
qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz, tanamizning 
mana shu qismi bilan koʻramiz. Miya sogʻ holatda boʻlgandagina biz 
sogʻ fikrlaymiz». Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat 
keltirgani temperament haqidagi taʼlimotdir. Unga koʻra, inson 


temperamentini organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshik 
modda, jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbatini belgilab 
beradi. Qonning ustunligi - sangvinik temperamentiga (lot. - qon), 
shilimshiq modda ustunligi - flegmatik temperamentiga (grek - 
shilimshiq modda), safro ustunligi - xolerik temperamentiga (grek - 
safro,oʻt), qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga (grek - qora 
safro, oʻt) toʻgʻri keladi. I. P. Pavlovning aytishicha, Gippokrat son-
sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi kapital 
nazariyaga asos soldi. Aleksandriyada maʼlum vaqtgacha oʻliklarni 
yorib oʻrganishga ruxsat berilishi Aleksandriyadagi 2 ta yirik tabib
olim Gerofil va Erazistrantning yangi kashfiyotlariga sabab boʻldi. 
Ptolemeyning shaxsiy tabibi Gerofil birinchi boʻlib, nervlar, paylar va 
bogʻlamlar oʻrtasidagi farqni aniqladi, koʻzning tuzilishini batafsil 
tariflab berdi. Erazistrat bosh miyaning tuzilishini taʼriflab, katta yarim 
sharlardagi egri va bugriliklarning koʻpligidan odam aqliy jihatdan 
hayvonlardan ustun turadi degan fikrga keldi. 
Bu barcha anatomo-fiziologik maʼlumotlarni rimlik tabib Klavdiy Galen 
(er. av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan boyitdi. Uning 
asarlaridan 17 asrgacha keng foydalanildi. Har xil muskullarga boruvchi 
nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldiki, tananing nervsiz birorta 
qismi yoʻq, birorta harakat, birorta hissiyot ularning ishtirokisiz 
kechmaydi. 
Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham 
aniqladi. Agar orqa miyani koʻndalang kessa, kesilgan joydan
pastda joylashgan barcha tana qismlari harakatchanligi va 
sezuvchanligini yoʻqotadi, degan xulosani olim asoslab berdi. Galen 
Gippokratning temperament taʼlimotini yanada rivojlantirdi. U barcha 
narsalarning 4 xil holati – iliq, sovuq, quruq, va nam va 4 xil suyuqlik 13 
ta temperamentni keltirib chiqaradi, degan fikrda edi. Shu 
temperamentlarning bittasi normal boʻlib, 12 tasida normadan chetga 
chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi boʻldi. 
Koʻrish idrokini oʻrganishga afinalik tabib Aleksandr Vfrodiyskiy (139-
211) katta hissa qoʻshdi. 
Antik mutafakkirlar tomonidan toʻplangan ruh haqidagi taʼlimot 
keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling