Antik davrdan VII asrgacha bo’lgan davrdagi tarbiya. - Umuman bu yodgorliklarda inson kamolotini kuylashga e'tibor qaratilgan. Ularda ajdodlarimizning xulq - odobiga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo’lgan intilishlari ifodalangan. "Avsеto"da O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming yillikning kеyingi asrlarigacha bo’lgan) davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo’shiqlari, chorvachilik - dеhqonchiligi, savdo - sotig’i, qo’shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan. Bir qarashda "Avеsto" sof diniy mazmundagi kitobdеk tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og’zaki ijodiyoti, gеografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma'lumotlarni o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |