Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik


Download 29.53 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi29.53 Kb.
#1553543
  1   2   3
Bog'liq
Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi. O‘zbek



Mavzu: Antimonopol qonunchilik va tabiiy monopoliyalarni tartibga solish
Reja:
1.Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi.
2. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik

3. Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish yo‘llari



Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi.
Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosatni tashkil etadi.
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Bular asosan antimonopol qonunchilik yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr davomida rivojlanib keladi. Jumladan, u birinchi bo‘lib, AQShda monopoliyalar gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan. Mazkur qonunchilikning AQShdagi asosiy bitimlari quyidagilar:
Kartel bitimlari noqonuniyligi to‘g‘risidagi Sherman qonuni (1890y.)

  • Kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish haqidagi oliy sud qarori (1904 y.)

  • Savdo amaliyotida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi Kleyton qonuni (1914 y.)

  • Narxdagi kamsitishni taqiqlovchi Robinson Petmen qonuni (1936 y.)

  • Kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Seller – Kefover qonuni (1950 y.)

Hozirgi davrda, erkin raqobatni himoya qiluvchi qonunchilik bitimlari G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida mavjud. Ularda mazkur qonunchilik ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish.

Antimonopol tartibga solish takomillashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga borsada, ular bozor iqtisodiyotida monopolistik tamoyillarni cheklashga olib keladi.


Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta’qiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.
4. Unler-Li qonuni (1938 yil) Savdo bo’yicha federal komissiyaga “savdoda chalg’itishga olib keladigan harakatlarni” nazorat qilish bo’yicha qo’shimcha majburiyat qo’ydi. Natijada komissiya xalqni reklama va yolg’in ma’lumot natijasida jabr ko’rishdan himoya qilish vazifasini oldi.
5. 1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.



Download 29.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling