Antoni Van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi


Mikrobiologiyaning O'zbekiston Respublikasida rivojlanishi


Download 104.04 Kb.
bet2/18
Sana19.06.2023
Hajmi104.04 Kb.
#1610751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
virusdan majmua

4..Mikrobiologiyaning O'zbekiston Respublikasida rivojlanishi.
Mikrobiologiya juda mayda oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan faqat optik asboblar yordamida yoki elektron mikroskoplar vositasida ko’rinadigan mikroorganizmlarning morfologiyasi, tsitologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va boshqa xususiyatlarini o’rganadigan fandir.Yorug’lik mikroskopining kattalashtirishi 3000 martagacha bo’ladi. U 0,1 - 0,2 mkm bo’lgan zarralarni ko’rish imkoniyatini beradi (1mkm(mikrometr) q 10-3mm). Zamonaviy elektron mikroskoplarning ko’rsatish qobiliyati 0,15 nm (1nm (nanometr) = 10-3mkm = 10-6mm) gacha bo’lib, bunday elektron mikroskoplar ko’rilayotgan namunalar (bakteriyalar, viruslar) va ularning tashkil qiluvchi nozik qismlarini ham ko’rish imkoniyatini beradi. Bunday mikroskoplar o’rganiladigan ob’ektni 750000 martagacha kattalashtiradi. Odatda mikroorganizmlarni optik mikroskopda 1000 - 1500, elektron mikroskopda esa 30000 - 100000 marta kattalashtirib ko’riladi (Mishustin, Yemtsev, 1987). Elektron mikroskop yordamida bakteriya hujayrasining nozik strukturalari – xivchinlar, fimbriylar, pililar, hujayra devori, tsitoplazmatik membrana, tsitoplazmada joylashgan ribosoma, nukleoid, har xil zahira moddalarning shakllari haqida to’liq axborot olishga erishiladi..Mikrobiologiya - grekcha so’z bo’lib, mikros - mayda, bios - hayot va logos - fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizmlar - mikroskopik zamburug’lar, suvo’tlari, bakteriyalar, rikketsiyalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o’rganadigan fan. SHuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo’zg’atishi, tarqalishi haqida ham ma’lumot beradi. Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli - tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, tsianobakteriyalar (ko’k-yashil suvo’tlari) mansub bo’lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo’lib, ular alohida olam - Rgosariotae olamiga kiritiladi. Mikrobiologiyaning o’rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham kiradi, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug’lar (bir hujayrali va ko’p hujayrali) kiradi. Ularning ko’p qismini xaltali zamburug’larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug’lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o’rganadi. Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo’tlaridan yashil suvo’tlari ba’zan mikrobiologiya kursida o’rganiladi. Odatda, sodda hayvonlarni protozoologiya, mikroskopik suvo’tlarini alьgologiya o’rganadi. Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qiladi. Ular odam va hayvonlarda, o’simliklarda, hasharotlarda, bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, tsianobakteriyalarda turli tuman kasalliklarni qo’zg’atadi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan - virusologiyani paydo qildiMikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o’z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo’lishidan qat’iy nazar, tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, oziq-ovqat sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish - sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo va h.k.) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlarga kiradi.Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko’mir, neftь, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir. CHirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta.Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45 - 50% gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklar sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin va boshqa birlari esa sirka kislotani sintezlaydi. Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug’lar streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetratsiklin kabi antibiotiklarni sintezlaydi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan antibiotiklarning 2|3 ulushini aktinomitsetlar sintezlaydi Qishloq xo’jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda mikroorganizmlar muhim rolь o’ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziqa moddalar to’planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo’ladTuproqda boradigan jarayonlarning ko’pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo’lishi, yerga ishlov berish, yerni o’g’itlash, sug’orish, tuproqda ro’y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni yo’qotish, zax yerlarning suvini qochirish, organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liqdir Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalar bilan bog’liq bo’lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda

Download 104.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling