Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari


Download 41.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1512146
Bog'liq
Antropogen omillar - Vikipediya



Antropogen omillar
Antropogen omillarmuhitning antropogen omillari — 
odam
va uning xoʻjalik faoliyatining
oʻsimlik

hayvon
va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam
tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida
fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayijshi, ayrim oʻsimlik va hayvon
turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning
tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy
tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan
amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo
etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom
sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni
ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda.
Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi,
ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda
koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib
keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri
sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar
qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda
aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni
muhim muammoga aylantirdi.Antropogen omillar inson faolyatining tabiatga tasir natijasida
yuzaga keladi
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Antropogen_omillar&oldid=2
832129
" dan olindi

Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling