Antropometriya


Download 18.1 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi18.1 Kb.
#1222014
Bog'liq
1-lob


Antropometriya (antropo ... va yun. metreo – oʻlchayman) – antropolo-giyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi a’zolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazo) oʻzgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan ma’lumotlar organizmning ayrim boʻlaklari (bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. Uzunlik, kenglik va burchak belgilari A. asboblari (uchi doʻmboq sirkul, sirgʻanuvchi sir-kul, koordinatali sirkul, odam boʻyini oʻlchovchi antropometr, burchakni oʻlchovchi goniometr va jagʻni oʻlchovchi mandibulo-metr va hokazo) yordamida oʻlchanadi. Tana, ayniqsa bosh, yuz, burun, labning oʻlchash mumkin boʻlmaydigan belgilari – rang va shakllari maxsus ishlab chiqilgan shkala va etalonlarga qarab aniqlanadi. A. ma’lumotlaridan kriminalistikada jinoyatchilarni tavsiflash va aniqlashda ham foydalaniladi.
Download 18.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling