Anvar obidjon she’rlarini ifodali o’qish
Download 30.68 Kb.
|
7-AMALIY MASHG’ULOT
TURSUNBOY ADASHBOYEV SHE’RLARINI IFODALI O’QISH Mashg’ulot rejasi: T.Adashboyev she’rlarida obrazlar T.Adashboyev she’rlarini ifodali o’qish Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi. “Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1962 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978), “Guldesta” (qirgʻiz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xoʻtikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirgʻiz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qoʻsh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolgʻondan bir yolgʻon”, “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining toʻldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qoʻsh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirgʻiz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum sheʼrlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirgʻiz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirgʻiz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirgʻiz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solniʼshko na listyax” (1990), “Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab oʻtish joiz. Shoir “Oʻzbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (Sheʼriyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi. Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “Toʻrgʻay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Togʻlar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jongʻoziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Doʻppili toʻrgʻay” (1988), Nurmoʻldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Doʻxtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin doʻmbogʻim”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Choʻqintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani oʻrganadi” (1996), V. Kulikovning toʻrt kitobdan iborat rasmli sheʼriy toʻplamlari (2006) va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirib, chop ettirdi. TONGDA Tongda hushtak chalgandim, Chiqib shuvoq boshiga, Ma’qul bo‘pti ovulning Kattasiga, yoshiga. Bu qilig‘im Xo‘rozning Tekkan emish g‘ashiga... Meni ko‘rsa Dakanboy, Minib jahl otiga, Ko‘cha-ko‘yni to‘zg‘itib, Zo‘r berar qanotiga. Shayton kirdi oraga, Sizga aytsam dangalin, Yerni uzib olguday Uning tirnoq-changali. Chigirtkani egarlab, Quva ketdim Xo‘rozni. Adabini beray deb, Shumtakani, darozni. Lekin otim yiqilib, Oyog‘im sinib ketdi. Chigirtkani jilovlab, Dakanboy minib ketdi. ...Tomoshaning qizig‘i So‘qmoqli yo‘lda bo‘pti. Xo‘roz bilan Chigirtka Tulkiga o‘lja bo‘pti... KAPADA Sanjar bobosi bilan Qovun poylar kapada. Ko‘kda yulduz marjoni, G’ir-g‘ir esar shabada. Nabirasi bidillab, Cholni tutar so‘roqqa. Yarmi kemtik oy chiqdi O’xshab oltin o‘roqqa. – Bobo, qarang, tunov kuni Butungina oy edi. Birov uni sindirib Qo‘yganmi, deb koyidi... OLTI XURJUN Yodimda yo‘q, bahormidi Yo xuftonmi, nahormidi? Sheriklarim Mutalmidi, Balki Abduqahhormidi? Xullas O’ng‘or toqqa chiqib, Kapalakning sutin ichib Kezib tog‘ning uyog‘idan, Kungayidan, buyog‘idan Terskayini - kesganidan, Chilvirko‘li paydo bo‘lgan, Toychog‘imning tuyog‘idan. Oltmish olti ko‘k baqani Tutib olib qayirmokda Biz olti kun sarson bo‘ldik Terisini ayirmoqqa. Dovulg‘idan kergi yasab, Tuyoqparin kerib qo‘ydik. Har birini tongdan boshlab Ro‘yan bilan bo‘yab-oshlab, Olti xurjun tikib berdik, Cho‘pon tog‘am Xoliqulga. Shunday gaplar, bo‘sh yurmadik, Do‘stim, yozgi kanikulda. OSMON QAYDAN BOSHLANADI? Tokqa boshin qo‘ysa quyosh, Ufq ortin cho‘g‘ qilarkan. Burgut uchun osmon asli Boshlanadi cho‘kqilardan. Chumolining vaqti ziqroq, Gapi qisqa, qalbi qaynoq. Uning uchun ko‘k gardishi Oltin rangli momaqaymoq. Mirzacho‘llik dehqon bobo Gurung boshlar olisdan: - O’tar osmon chegarasi, Bizning qovun polizdan. - Muruntovlik mergan aytar: - Kuni-kecha qaytdim ovdan. O’zim ko‘rdim, osmon asli, Boshlanarkan Tangritog‘dan. TUPROQ Ajdodlardan meros bo‘lib Qolgan tuproq. Bobolarning qon va teri Tomgan tuproq. Qizg‘aldoqlar ochilganda Qilmay kanda, Qir-adirlar gulxan bo‘lib Yongan tuproq. To‘kin-sochin dasturxonni Solgan tuproq. Dori-darmon, sinovlardan Tolgan tuproq. Qotilni ham, botirni ham Sukut saqlab, Ehtiyotlab, o‘z bag‘riga Olgan tuproq. Bobolarning qon va teri Tomgan tuproq. CHUMCHUQLARGA UYADIR Ashraf aka ANOR so‘ydi, Anormisan-anor deysiz. Har donasi gavhar misol, Yalt-yult etar FANOR deysiz. "A" harfini olgan edik, Yo‘q narsadan "bor" bo‘ldi. Barchamizga tanish hayvon, Qo‘sh o‘rkachli NOR bo‘ldi. Bolakaylar, bilib qo‘ying, Nor degani TUYAdir. "T" harfini qisqartirsak, Chumchuqparga UYAdir. QUDRAT HIKMAT AYTGAN EDI... Bolalarga she’rlar yozsang, Mavzu turfa, yangi bo‘lsin. Qizg‘aldoqday yonib turgan Ko‘rki bilan rangi bo‘lsin. Har bandida, satrlarda Maqsad tayin, qisqa bo‘lsin, Sho‘x, o‘ynoqi, rostgo‘ylikda Ibratli gap — nusxa bo‘lsin. Bolalarga she’rlar yozsang, Mavzu turfa, yangi bo‘lsin. Qizg‘aldoqday yonib turgan Ko‘rki bilan rangi bo‘lsin. Har bandida, satrlarda Maqsad tayin, qisqa bo‘lsin, Sho‘x, o‘ynoqi, rostgo‘ylikda Ibratli gap — nusxa bo‘lsin. Kutilmagan qofiyani Marvaridday terib tashla, Pand-nasihat masalasin Otasiga bergin oshna. Bo‘lar-bo‘lmas gapni yozib, She’rning qadrin arzon qilma. Kitobxonning vaqtin teja, Behudaga sarson qilma. Qobig‘ingga o‘ralmasdan O‘qi jahon durdonasin, Asalari qoldirmaydi Gulning sara bir donasin. Bolalarga asar yozsang, Quvnoq, dilgir sodda bo‘lsin. Kichkintoyning so‘z boyligi Lug‘ati ham yodda bo‘lsin. Vaznlarni ixcham qilgin, Xulosani ayla puxta. Aniq fanga yo‘naltirib, Falsafani et omuxta... RAVIL ALIBEKOVNING XAZINASI Qirq yillik surat — tasma Bor boyligi — topingani. Uch xonali uydan boshqa Yo‘qdir uning oshirgani. Lentalarda aksin topgan O‘zbekiston solnomasi, Bunga dalil "Tong yulduzi”, "Gulxan”, "G‘uncha” oynomasi. Turfa, go‘zal tasvirlarga Teng kelmagay dur, marvarid, Imkoni yo‘q, shu sababdan Oltin, kumush qilmas xarid. Boqar bizga ehtiros-la, Burgut kelbat ustoz Oybek. G‘ofur G‘ulom va Mirtemir, Ham Zulfiya opam oydek. Muhrlangan Asqad Muxtor, Shayxzoda, Qahhor yashar. Ana, Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat suhbatlashar. Bu tengi yo‘q xazinadan. O‘rin olgan buyuk zotlar. Zar, zabarjat saqlaganday, Ravil Albek ehtiyotlar. So‘nggi paytda bir xavotir Unga tinchlik bermayotir, Xazinaga eng munosib Daryo dilni izlayotir. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling