Anvar obidjon she’rlarini ifodali o’qish
Download 30.68 Kb.
|
ANVAR OBIDJON SHE’RLARINI IFODALI O’QISH Mashg’ulot rejasi: A.Obidjon she’rlarini ifodali o’qish A.Obidjon she’rlarida obrazlar Anvar Obijon 1947-yil 8-yanvarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1979). Qissa va hikoyalari — «Usta Gulmat gʻazallari» (1974), «Eng yorugʻ kun» (1983), «Akang karagʻay Gulmat» (1987) va boshqa. «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Erliklar» (1990), «Alamazon va Gulmat xangomasi» (1992), «Ajoyibxona» (1993, sheʼriy taqvim), «Tanlangan sheʼrlar» (2006), «Oʻgʻirlangan pahlavon» (2006), «Bahromning hikoyasi» (2007) kabi doston, qissalar, sheʼrlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat toʻplamlar muallifi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997). POYEZDDAN TUShGAN QUSHCHA Vagondan qiz, misli par, Yerga yengil sakradi. Yuzidagi sepkillar Ko‘zlarimga sachradi. Qizmi, qizga do‘ngan qush? Qumriko‘z-u, sutbadan. Nahot men-chun yubormish Tangrim uni Ufadan! Shirin o‘ydan mastlanib, Yoyganimda asta pat; Birdan uchdi pastlanib Mendan burun Bikbulat. Bordiyu jon halpida, Changal urdi sor bo‘lib. Qushcha uning bag‘rida Eriyverdi qor bo‘lib. Perron to‘la odamga, Ikkov esa yop-yolg‘iz. Qolmish go‘yo olamda Bitta yigit, bitta qiz... Bikbulat-la quchinib O‘tarkan qiz selkillab; Ko‘zlarimning ichini Achishtirdi sepkillar. Bahromning hikoyasi Zoʻr tovugʻim bor edi, Semiz va sergap. “Yapaloq” deb men unga Qoʻygandim laqab. Tuxum tugʻib berardi Har kuni oppoq, Shu tufayli u bilan Yashardik inoq. Ammo soʻnggi paytda u Boʻpqoldi ayyor. Tuxum desang, yuz burar, Don sochsang – tayyor. “Dangasa!” deb kecha sal Qilgan edim doʻq, Bugun koʻrsam katakda – Tovuqqinam yoʻq. “Yapaloq”ni qidirdim, Chaqirdim rosa. Nahotki u arazlab Ketvorgan boʻlsa? Katagida qolibdi Faqat bitta pat Va oydinda yozilgan Aji-buji xat: “Menga juda mehribon, Shirinsoʻz eding. Doim suyib, erkalab, Tuxumim yerding. Seni doʻst deb yurardim, Tushundim bugun – Faqat oshno ekansan Quymoqlar uchun. Tuxumni ham berardim, Kutmading picha. Qoʻpol soʻylab ayniqsa, Ranjitding kecha. Garchi sendan ayrilmoq Boʻlsa ham ogʻir, Qaror qildim bosh olib Ketmoqqa oxir. Chunki doʻst deb yurgani Taʼmagir chiqsa, Hatto oddiy tovuq ham Oʻksinarkan ja... Endi boshqa joylarda Solaman dovrugʻ. Seni eslab yurguchi: “Yapaloq” tovuq. ...Mendan bitta iltimos, Bolalar sizga. “Yapaloq”ni koʻrsangiz, Qaytaring tezda. Qaytsa chin doʻst boʻlardim, Soʻzlardim sizlab. Kechirim ham soʻrardim Patlarin silab. Yangisini tutaman - Oyi, dada, qidirishing, Jim turmasdan axtaring. Qalinmidi, yupqamidi, U ashula daftaring. - Rangi qizil va ustiga Tushirilgan besh barmoq. O’zi juda qalin emas O’rtachadan mundayroq. - Buvi, darsga kechikyapman, Tezroq keeling, axtaring. - Oshxonada yotibdi-ku Qanaqadir daftaring. Ustiga ham sen aytgandek, Nimalardir chizilgan. Bir tomoni g’ijimlangan, Bir tomoni uzilgan. Voy, buvi-yey, bu chizilgan Barmoq emas, kaptar bu. Topganingiz o’tgan safar Topilmagan daftar bu. Bu-chi, Bu ham oldingisi, Bu-chi, so’rashar kulib Top-toza-ku ichida bor Bittagina ashula. - Oyi, dada, buni qo’ying, Yangisini axtaring. Aytgin, axir, nechta edi Ashuladan daftaring. - Qaydam, tezroq qidiringlar, Yana biroz kutaman. Agar topib bermasangiz, Yangi daftar tutaman! Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling