Anvar obidjon she’rlarini ifodali o’qish
Download 30.68 Kb.
|
8-AMALIY MASHG’ULOT
PO’LAT MO’MIN SHE’RLARINI IFODALI O’QISH Mashg’ulot rejasi: P.Mo’min she’rlarida obrazlar P.Mo’min she’rlarini ifodali o’qish Poʻlat Moʻmin yoshligidanoq adabiyotga havas qoʻydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtida adabiyot toʻgaragiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan oʻqidi, oʻrgandi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent daviat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, aspiranturada oʻqidi, maktablarda oʻqituvchilik qildi. Soʻngra Oʻzbekiston Davlat nashriyotida ishladi. P. Moʻmin qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi. Birinchi sheʼrlar toʻplami 1949-yilda „Sayrang, qushlar“ nomi bilan nashr etildi. Bolalar uchun ijod qilish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning oʻzigina yetmaydi. Belinskiy taʼrifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi boʻlib tugʻilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni boʻlsin, nozik taʼb egasi, goʻzal tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil hamda dono boisin, degan mazmunni anglatadi. Oʻzbekiston xalq shoiri Poiat Moʻminning ijodiy mehnati tufayli „Hunardan unar“, „Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar“, „Aql qayerda boʻlar“, „Oʻrinbosarlar“, „0ltin nay“, „Bir yarim Karim“, „Endi adashmaydi“, „Barcha bola doʻst boʻlsa“, „Rahmatga rahmat“, „Gazpolvon ertak aytar“, „Chang yutar botir“, „Oftob va odob“, „Yaxshilarga oʻxshasam“, „Bu juda soz“, „Eson va Omon“, „0ltmish olti oltin qoʻl“, „Ustozlar izidan“, „Bolalarning baxti kulgan“, „Bir yuz bir oltin qoʻl“ sheʼriy toʻplamlari, „Chanoqvoy bilan Qovoqvoy“, „Bahodirning botirligi“, „Oq fil yoʻqoldi“, „Suqatoy-Konfetvoy“, „Ona bolam deydi…“ kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi sheʼr va qoʻshiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga taijima qilingan. PAPKA BILAN SIYOHDON Siyohdon bilan papka Tushibdi hasrat — gapga. Gaplar choʻzilmish ancha, Soʻzlashibdi bilgancha. Papka debdi: — Siyohdon, Bu ishing juda yomon. Atrof toidi siyohga, Arzga boray qayoqqa. Bunaqangi boima bez, Axir chiqib ketgin tez. Shunda papka ichidan Siyohdon debdi chindan: — Hurmatli doʻstim, Papka, Mendan qilmagin oʻpka, Uyi tomon ketganda Koptok qilib tepganda, Toʻkilaman har yonga Ayb qoʻyma sen menga, Egamiz oʻzi nodon, Bizni asraydi yomon. Nima desa egamiz, Unga boʻyin egamiz. Egamdan koʻp hasratim, Taqdirlamas xizmatim. Ichim toʻla non uvoq, Shu ham boʻldimi siyoh? Papka debdi: — Siyohdon, Topgin iloj va imkon. — Qochgin, — debdi Siyohdon, — Egamiz boisin sarson. Papkadan kitob, daftar: — Maʼqul, — debdi bu gaplar. Papka bir kuni taqqa — Qochmish nomaʼlum yoqqa… Oʻsha papka egasi Qarabsizki, ertasi, Darsga kepti bepapka, Rosa qolibdi gapga. TISH CHOʻTKA, POROSHOK VA ATIRSOVUN ERTAGI Oʻqib koʻring, doʻstlarim, Yozdim sizga bir ertak. Yaxshi payqab oladi Boʻlib tursa kim sergak. Afsona deb oʻylamang Yozganimni tagʻin siz. Eshmat degan bolani Siz ham yaxshi tanirsiz. Ha, men uning ishlarin Sizga taʼrif etaman. Bilganimning koʻpini Bitta-bitta bitaman. Eshmat nima boʻpti-yu Yalqovlashib qolibdi. Keyin ancha darslardan „2“, „3“ ham olibdi. Maktabiga kechikib, Borar emish baʼzida. Vazifani bajarmay Qizararmish darsida. Tongda badantarbiya Qilmoq juda ham foyda. Lekin barcha ishida Yoʻq-da tartib-qoida. Ozodalik odamning Tani-joniga malham. Hammom degan joyga-chi Bormabdi uch oyda ham. Ustidagi kiyimin Yurmas tozalab, taxlab, Hatto odat boʻyicha Yuvinmasmish yaxshilab. Qarang, bir kun Eshmatning Tishi ogʻrib qoldi-ku. Kuni bilan voy-voylab Borolmadi darsga u. Xoʻsh, oshnalar, Eshmatni Hozir yozmay turamiz. Nega bunday boiganin Sababini koʻramiz. Eshmatvoyda bor edi Poroshok, choʻtka, sovun. Yuvinganda bulami Ishlatmapti u nechun? Shundan keyin poroshok, Sovun bilan tish choʻtka Rosa suhbat qilishdi, Oʻtirishib bir chetga. Qani, keling, bilaylik, Uchalasin didini. Sovunxon gap boshlabdi Gurkiratib hidini: — Sizga aytsam rostini, Juda asl narsaman. Atirgullar husnidan Yashnab turar keng chaman. Mening atir hidimni Chamanzordan olishar. Xizmatimga hamisha Koʻplar qoyil qolishar. Agar gapni choʻzvorsam, Doʻstlar meni kechiring, Fikr-u yodim tozalik, Dushmaniman kir-chirning. Kimki meni ishlatsa Boʻlar sogʻlom, ozoda. Shu ishimdan tarqatdim Yurtga yaxshi ovoza. Lekin mening qadrimga Eshmat sira yetmaydi. Qolib ketdim chang-chungda Qarang, parvo etmaydi. Oldinlari Eshmatning Yuzini koʻp yuvardim. Uning tani-jonidan Kasallikni quvardim. Koʻrdingizmi Eshmatning Qochip qopti mazasi. Qildi oʻziga oʻzi, Tortmoqda u jazosin. — Bor-yoʻq gapni gapirdi, Sovun rosa koʻpirdi. Tingladi ham tish choʻtka Va poroshok oitirib. Shu paytda toʻsatdan Jimlikni buzdi choʻtka. Soqolini silkitib, Oʻmidan turdi tikka. — Qarang, bizning Eshmatni, Uxlolmaydi voy-voylab. Poroshok va men bilan Tish yuvmadi bir oylab. Oldinlari tishlari Koʻrinardi dur kabi. Bajarilardi nuqul Eshmatning har talabi. Fabrikada men uchun Talay mehnat qilishgan. Keyin dorixonaga Тcзда olib kelishgan. Men ham sizday aslman, Gavdam toza suyakdan. Qadrlashar har yerda Doʻstlarim chin yurakdan. Poroshokvoy maʼqullar Choʻtkavoyning soʻzini, Ulugʻsifat tutardi Poroshokvoy oʻzini. Shunday qilib uch oʻrtoq Rosa uzoq soʻzlashdi. Eshmatvoyga har gapda Yaxshilikni koʻzlashdi. Endi, yana, eshiting, Eshmatvoydan gapni siz. Tish ogʻrigʻi tuzalib, Ketgan emish bilsangiz. U boribdi doktorga Ushlab olib lunjini Kiribdi yurib zoʻrgʻa, Tishlariga doktor ham Achinganday boʻlibdi. Koʻrsa Eshmat tishlarin Kir-chirlarga toʻlibdi. Doktor opa Eshmatga Koʻp nasihat qilibdi. Maslahatni maʼqullab, Eshmat uyga kelibdi. Tishlarini yuvibdi Poroshok-la choʻtkalab. Badantarbiya qilibdi Ertasiga ertalab. Bu ishlarni Eshmatvoy Odat qilib olibdi. Koʻrgan tanish-bilishlar Xursand boʻlib qolibdi. Eshmat barcha ishida Saqlar tartib-qoida. Oʻqishi ham sogʻligi Boʻlib qolgan joyida. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling