Anvar Posho-Buxoro istiqlolchilik xarakati rahbari Reja: Kirish I. Bob. XX asrda turkiy xalqlar hayotidagi o’zgarishlar
I.Bob.XX asrda turkiy xalqlar hayotidagi o’zgarishlar
Download 74.28 Kb.
|
Anvar Posho
I.Bob.XX asrda turkiy xalqlar hayotidagi o’zgarishlar
1.1.Anvar Poshoning siyosiy va harbiy faoliyati Ismoil Anvar, boshqa manbalarda Anvarposho avval Anvarbey (1881.22.11, Istanbul — 1922.4.8, Baljuvon) — usmoniylar harbiy va siyosiy arbobi. Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar imperiyasining harbiy vaziri. Zamonaviy Turkiya respublikasi tuzilishida ishtirok etgan harbiy qoʻmondonlardan biri. Turkiston istiqlolchilik harakatining yoʻlboshchilaridan biri; panturkchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi. 1908-yilgi Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, Turkiya, O’zbekiston va Turkiston faxriysi. 1911yillarda Berlinda harbiyattashe. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. 1908-yil Turkiyada davlat toʻntarishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatiga chek qoʻydi, Turkiyaning chet davlatlar tomonidan boʻlib tashlanishiga barham berdi. 1913-yil yanvarda „Hurriyat va ittihod“ partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal’at posho hamda Jamol posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushiga qoʻshilishi tashabbuskori boʻldi, bosh qoʻmondon — sultonning noibi sifatida urushda turk qoʻshinlariga qoʻmondonlik qildi. Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat 1921-yil kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga oʻtganini eʼlon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qoʻshildi; Ismoil Anvar 1881-yilning 22-noyabrida Istanbulda temir yoʻl ishchisi Xoji Ahmadbey va Oysha Diloro oilasida tugʻilgan. Etnik jihatdan otasi turk, onasi alban (buvisi cherkeshen qavmidan). Otasi jamoat ishlari idorasida faoliyat yuritgan Anvardan tashqari oilada yana uch farzand bor edi; Nuri, u harbiy boʻlgan, Komil va singlisi. Boshlangʻich va oʻrta maktabni bitirgandan soʻng Monastir shahridagi harbiy litseyga oʻqishga qabul qilinadi. Leytenant lavozimi bilan litseyni bitiradi. Harbiy bilimini Harbiy akademiyaning Bosh shtabida davom ettiradi, 1903-yilda u yerni kapitan lavozimi bilan bitiradi. 1906-yil mayorlik lavozimidagi Anvar „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi bilan bogʻliq boʻlgan „Vatan va hurriyat“ maxfiy jamiyati bilan aloqa oʻrnatadi. 1908-yil iyunida rus imperatori Nikolay II va ingliz qiroli Eduard VII oʻrtasida Ravelda imzolangan Makedoniyani isloh qilish toʻgʻrisidagi kelishuv usmoniy ofitserlar qulogʻiga yetib boradi. U ofitserlarni sergaklikka chorlaydi, chunki Makedoniyada turgan usmoniy harbiylari buni Usmoniylar imperiyasining boʻlinishi sifatida qabul qilishadi. Oʻsha yilning 3-iyulida Makedoniyaning Rasen shahrida mayor Ahmad Niyozibey boshchiligida gʻalayon koʻtailadi. 6-iyulda gʻalayonga Anvar ham qoʻshiladi. Bir necha kun ichida Anvarning qoʻshinlari soni bir necha ming kishiga yetadi. 1908-yilning 10-iyulida mitingda, toʻplardan uch karra oʻq uzilib, Anvar Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasi tiklanganini eʼlon qiladi[3]. Shundan soʻng musulmonlar va nasroniylar oʻrtasida inoqlik kuchaya boradi. Anvarning ildam harakatlari va gʻalabasi unga xalq ichida mashhurlikni olib keladi. Unga Ozodlik qahramoni deya nisbat berishadi, hattoki uni Napoleon I bilan tenglashtira boshlashadi. Inqilob nashidasi va toʻsatdan kelgan kelgan mashhurlik Anvarda oʻzining „alohida taqdirli“ va „xudo yarlaqagan“ inson ekanligiga ishonchini oshiradi. Inqilobdagi gʻalaba va 1876-yilgi konstitutsiyaning tiklanishidan soʻng Anvar diplomatik missiya bilan Berlinga joʻnaydi. 1909-yil Anvar Berlindagi harbiy attashe lavozimiga tayinlanadi va u yerda ikki yil qolib ketadi. Germaniyada oʻtgan ikki yil davomida Anvar ashaddiy nemisparastga aylanadi. Ayniqsa uni nemis armiyasi, undagi qatʼiy intizom, harbiy tayyorgarlik va zamonaviy qurollanish oʻziga mahliyo qiladi. 1911-1912-yillardagi Italyan-turk urushida Usmoniylar imperiyasining magʻlubiyati xalq orasida yoshturklarning obroʻsi tushishiga sabab boʻladi. 1912-yil mamlakatda „Hurriyat va ittihod“ partiyasi ishtirokida davlat toʻntarishi boʻlib oʻtadi. Partiya aʼzolari hukumat tepasiga chiqqach asosiy oʻrinda yoshturklar boʻlgan parlament tarqatib yuboriladi. 1913-yil yanvarida Anvar davlat toʻntarishini amalga oshiradi, oqibatda Komil posho hukumati tanazzulga yuz tutadi. Isyondagi gʻalabadan keyin Tal’at posho va Jamol posho bilan birga „uch posho“ harbiy diktaturasiga asos soldi, bu bashirkat uchlik amalda Turkiyadagi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. Harbiy vazir lavozimini egallagan Anvar panturkchilik va panislomchilik gʻoyalarini ilgari surdi. Usmonli turk imperiyasidagi nasroniylarni (asosan armanlar va livanlikar) mamlakatdan siqib chiqarish tarafdori boʻladi. 1914-yil Anvar Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushida ishtirok etishi tarafdori boʻldi. Urush davrida u Oliy bosh qoʻmondon oʻrinbosari lavozimini egalladi (Oliy bosh qoʻmondon sulton hisoblanardi). 1914-1917-yillarda Anvar posho, Tal’at posho, Nozimbey va Axmed Agayevlar „Turon yoʻli“ nomli panturkchilik siyosiy harakatini boshlashadi. Bu harakatning asosiy maqsadi — Kavkaz, Eron, Qrim, Volgaboʻyi va Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarni Rossiya va Erondan ajratib olib, yagona „Turon“ mamlakatiga asos solish edi. Bu maqsadning amalga oshirilishiga toʻgʻanoq boʻlganlardan biri arman xalqi boʻldi. Birinchi jahon urushi davridagi Usmoniylar imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan arman, yunon va ossuriylarga qarshi boshlangan genotsidning tashkilotchilari Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posholar edilar. 1918-yil Turkiya Mudross bitimini imzolaganidan soʻng, Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posho suvosti kemasida Germaniyaga qochishga majbur boʻlishadi. U yerda Anvar posho oʻziga Alibey tahallusini tanlaydi. Turkiyada harbiy tribunal Anvarni qatl etishga hukm chiqaradi. 1919-yil Germaniyada Anvar posho Shoʻro Rossiyasi vakili Karl Redekov bilan uchrashadi. Anvar poshoning bundan maqsadi bolsheviklar bilan yaqin aloqa oʻrnatish va bu orqali Oʻrta Osiyoda Buyuk Britaniyaga qarshi kurash kampaniyasini eʼlon qilish uchun foydalanish edi. 1920-yil boshlarida Anvar posho oʻz maslakdoshlari bilan Moskvaga boradi. U paytda bolsheviklar Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy partiya bilan ham Anvar posho boshchiligidagi Yoshlar partiyalari bilan ham yaxshi aloqada edilar. Anvar Moskvada bir yarim yil ishlab, Inqilob va Islom Birligi Jamiyatida faoliyat yuritadi. Unga Buyuk Millat majlisining 1921-yil 12-martdagi qarori bilan Turkiyaga kirish taqiqlab qoʻyilgan edi. Shoʻro Rossiyasi IIBJdan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Kavkazda oʻz manfaatlarini himoya qilishni oʻylasa, Anvar posho uchun bu u yerdagi inglizga qarshi kurashish imkoniyatini berardi. Ahmad Jamol posho oʻz zimmasiga Turkistonning istiqlolchi kuchlarini inglizlarga qarshi harbiy operatsiyalarga yoʻnaltirish maqsadida bir qancha turk ofitserlari bilan Toshkentga yetib keladi. U yerda shoʻro hukumati nomidan ish koʻradi ammo bu operatsiyadan ish chiqmagach, u yana Moskvaga qaytishga majbur boʻladi. Bu davrda Anvar posho oz vaqtga Germaniyaga ketadi, keyinchalik RSFSR uni Bokuda tashkil etilgan Sharq Xalqlari Konferensiyasiga taklif etadi. Uning ishtirokini Turkiya va ayrim Ozarbayjon vakillari tomonidan qarshiliklarga uchraydi. Uning islom va bolshevizmning birlashish gʻoyasi bilan chiqishi musulmon boʻlmagan ishtirokchilarga ham yoqmaydi. 1921-yil 30-iyul konferensiyadan soʻng Anvar posho yaqinlarini koʻrish uchun Botumiga boradi. Botumidalik vaqtida u oʻzining siyosiy raqibi Kamol Otaturk bilan kuchlarini birlashtirish va vatan himoyasi yoʻlida turib, yunonlarga qarshi kurashish yoʻlini tanlaydi. Bu kurashdagi Turkiyaning gʻalabasi Mustafo Kamolning hukumatni toʻliq qoʻlga olishi uchun juda qulay keladi, rasmiy Moskva ham butunicha uni qoʻllab-quvvatlaydi. Chicherinning fikricha panturkchilik gʻoyalari Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurashish uchun qoʻl keladi va Anvar posho 1921-yil noyabrida u yerga yuboriladi. Anvar posho Turkistondagi ahvol haqida asosan Botumi konferensiyasi paytida eshitgan maʼlumotlarnigina bilardi. „Turon yoʻli“ loyihasining faol ishtirokchisi Hoji Sami unga: „1916-yil oddiy va kamtarin turk butun Qirgʻizistonni ruslarga qarshi oyoqqa turgʻazdi. Sen esa mashhurliging bilan Turkistonliklarni shaksiz ergashtira olasan“, deydi. Bu davrda Anvar posho shoʻrolar hukumatining oʻziga nisbatan eʼtiborini biroz soʻndirganini sezardi. Afgʻonistondan qaytgan Jamol poshoga Anvar poshoni koʻrish uchun Buxoroga kelishni taqiqlash bu sezgini yanada kuchaytirib yubordi. Yurenyov Anvar poshoga uning rejalarini bilishini aytadi, Anvar posho bolsheviklar uni oʻdirib yuborishlaridan choʻchiydi. 1921-yil shoʻro hukumati Anvar poshoni Buxoroga yuborishidan maqsadi — Anvar posho Buxoro tuprogʻida Shoʻro Rossiyasi manfaatlarini himoya qilishi, istiqlolchilar harakatidan amirga qarshi kurashda foydalanish edi. BXSR hukumati bilan soʻzlashuvlar va kelishuvga binoan Anvar posho BXSRning mustaqilligini tan olish va Qizil armiya qoʻshinlarini Buxoro hududlaridan olib chiqish toʻgʻrisiga Moskvaga xat yozadi. Bu vaqtga kelib, Anvar posho istiqlolchilar tarafiga oʻtish haqida rejalar tuza boshlaydi va Turkiston Milliy kengashi raisi Ahmad Zakiy Validiy bilan maxfiy uchrashuvlar oʻtkaza boshlaydi. Validiy uni bolsheviklar bilan ochiq kelishmovchiliklarga bormaslik haqida ogohlantiradi. Oʻrta Osiyoga kelishining 23-kunida Anvar posho shahar tashqarisiga chiqadi va istiqlolchilarga taslim boʻladi. U yerdan Afgʻonistonga, sobiq amirga xat yoʻllab, uning tomonida jang qilmoqchiligini bildiradi. Bu bilan bir vaqtda amirning noibi, istiqlolchilar sardori Ibrohimbek bilan ham uchrashuv belgilaydi. Lekin istiqlolchilar Anvar poshoni hamkor sifatida kutib olishmaydi, uni va odamlarini qurolsizlantirib, uch oy davomida asirlikda saqlaydilar. Ibrohimbek sobiq amirdan sobiq turk sultonining kuyovini qoʻllab-quvvatlash haqidagi buyrugʻini olgandan keyingina Anvar poshoni ozod qiladi. 1921-yil oktabr oxirlarida BXSR hududidagi Qizil armiya qoʻshinlarining soni joylashgan oʻrni haqida maʼlumotga ega boʻlgan Anvar posho Oʻrta Osiyoni bolsheviklardan ozod qilish rejalarini amalda boshlab yuboradi. Istiqlolchilar otryadlarini bolsheviklarga qarshi kurash uchun birlashtirish ishlariga kirishadi. Unga bu ishlarda Toshkent muftiysi Sadriddinxoʻja Sharifxoʻjayev tomonidan tuzilgan maxfiy aksilshoʻro Milliy birlik qoʻmitasi ham koʻmaklashadi. Anvar posho bir necha turk ofitserlari bilan sharqiy Buxoro boʻylab istiqlolchi guruhlarni bir qoʻshinga birlashtirishda davom etadi. Sobiq Buxoro amiri Sayyid Olimxon uni Buxoro, Xiva va Turkistonning bir qismidagi barcha istiqlolchilarning bosh qoʻmondoni sifatida tan oladi. 1922-yil yanvarida Anvar posho boshchiligidagi istiqlolchilar qoʻshini Dushanbeni qoʻlga kiritishdi, undan soʻng Buxoro shahriga yurish amalga oshirildi. 1Qisqa davr ichida bu qoʻshin butun Sharqiy Buxoro hududlarini bolsheviklardan tozalaydi. Shoʻro hukumati Anvar posho bilan sulh tuzishni va Sharqiy Buxoroda uning gʻalabasi tan olinishini taklif qilishadi lekin Anvar posho har qanday sulh tuzishdan bosh tortib, Qizil armiyaning butun Turkiston hududlaridan chiqib ketishini talab qiladi. 1922-yil mayida Qizil armiya Amudaryo, Panj, Vahsh daryolari oqimlaridan foydalanib, qoʻshinlarni boshqa joyga koʻchiradilar. Anvar poshoning yoʻlboshchiligini toʻliq tan olmagan Ibrohimbek unga yordamga kelmaydi. Anvar posho bir necha magʻlubiyatlardan soʻng Dushanbeni bolsheviklarga topshiradi. Anvar posho qoʻshinlari Laqay vodiysidan oʻtayotgan payt ularga qoʻqqisdan Ibrohimbek qoʻshini hujum boshlaydi va katta talafotlar yetkazadi. Anvar posho qoʻshini bilan Baljuvon shahri yaqinida joylashadi. U yerda Qizil armiya tomonidan taʼqib qilnadi va katta jangni boy beradi. Anvar poshoning qabri 1930-yillargacha ziyoratgoh sifatida mashhur boʻlgan, keyinchlik shoʻrolar uning qabrini buzib, joyini tekislab tashlashgan lekin tub aholi qabr oʻrnini ziyorat qilishda davom etishgan. Bu qabr xalq ichida Mozori Hazrati-Shoh nomi bilan mashhur. 1996-yil 4-avgustda Anvar poshoning suyaklari Baljuvon hokimi Izzatullo Hayoyev tomonidan tantanali ravishda Turkiya prezidenti Sulaymon Demirelga topshirilgan. Qizil armiya, istiqlolchilar, amir bilan qator kelishuvlar va nizolarga yoʻl qoʻygan Anvar poshoning shaxsiga bir tomonlama baho berish juda mushkul. Nima boʻlganda ham u oʻziga, Turkistonda panturkchilik davlati qurish haqidagi oʻz qarashlariga oxirigacha sodiq qoldi. U asosan „Islom qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni va Buxoro amiri noibi“ lavozimidan foydalangan. Anvar poshoning shaxsiy muhriga „Islom qoʻshinlarining Oliy Bosh qoʻmondoni, Xalifaning kuyovi va Muhammad(s.a.v.)ning noibi“ deb oʻyib yozilgan. Oʻz vaqtida Anvar oʻzining sayyidlar avlodidan ekanligini targʻib qilishga uringan. Uning ota tomondan ajdodi pravoslav dinidagi gagauzlardan boʻlib, Qrim xonlariga xizmat qilgan, keyinroq islomni qabul qilib, Bogʻchasaroy xizmatkorlaridan biriga uylangan, Qrimni Rossiya bosib olganidan soʻng, Dunay knyazliklariga koʻchib ketgan. Shunday ekan, Anvar Muhammad (s.a.v.) avlodlariga hech qanday aloqador emasligini taʼkidlash joiz. Teyliryan ustidan sud qilinayotgan paytda Teyliryanning advokati shunday degan: Anvar posho 1922-yil 4-avgust Qurbon hayitining ikkinchi kuni Baljuvon shahridan 25 km uzoqlikdagi Chagana qishlogʻida Qizil armiya askarlari (8-shoʻro kavaleriya brigadasi) bilan boʻlgan jangda vafot etgan (hozirgi Tojikiston hududi). Chekist Georgiy Agabekov oʻzining esdaliklarida Anvar poshoning joylashgan joyini topish opaeratsiyasi haqida yozib qoldirgan (Agabekov oʻzining sherigi bilan savdogarlar qiyofasida mahalliy aholiga aralashib ketgan va pul, pora evaziga Anvar posho shtabi joylashgan yerni bilib olganlar). Oʻsha esdaligida Anvar posho shtabiga hujum qilgan otliq divizion qoʻmondoni raportini ham ilova qilgan: Anvar posho boshchiligidagi bosmachilar shtabi toqqa qarab qochmoqchi boʻldi, biroq ular pistirmadagi eskadronga duch kelib, jangni qabul qilishdi. Jang natijasida dushman shtabi yoʻq qilindi. Faqat uchta odam qochib qutuldi. Jang maydonida 28 ta jasad qoldi. Ularning orasida Anvar posho ham bor edi. Qilich zarbidan uning boshi va jasadining bir qismi chopilgan. U bilan "Qurʼon" topildi.2 1909 — 1911 yillarda Berlinda Harbiy attashe lavozimida xizmat kilgan. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya hamda hayotining so‘ngida Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Yosh turklar inqilobiy uyushmasi tashkilotchilaridan biri, “Ittohod va Taraqqiy” partiyasi asoschisi va rahbarlaridan biri sifatida mashhur. 1908 yilda Turkiyada davlat to‘ntarilishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatini ag‘dargan hamda mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumini o‘rnatgan. Yosh turklar hokimiyatni qo‘lga olgach, Anvar Poshoning nufuzi, obro‘si, ta’sir doirasi o‘sib boradi. Chet el imperializmi tomonidan puxta rejalashtirilgan, Turkiyani tiz cho‘ktirish va bo‘lib yuborishga qaratilgan harakatini barbod etgan buyuk shaxslardan biri sifatida tarixga kirdi. 1913 yildagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Anvar Posho Harbiy ministr lavozimini egallaydi. Birinchi jahon urushida Germaniya bilan ittifoq tuzib, urushda Turk qurolli kuchlariga qo‘mondonlik qiladi. Urushda Germaniya va Turkiya yengilgach, Yosh turklar hokimiyatiga chek qo‘yiladi. Anvar Posho Jamol Posho, Tal’at Posho va boshqa safdoshlari bilan Germaniyaga ketadi. Anvar Posho siymosida monarxiyaga qarshi otashin kurashchini ko‘rgan Rossiya hukumati undan Turkistonda inqilobiy xarakatlarni kuchaytirish hamda aksilsho‘roviy kuchlarni bostirish yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lib, unga siyosiy boshpana beradi. Bolshevoylar undan qanday razil maqsadlar yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lganligini Anvar Posho tez fursatdayoq tushunib yetadi. Zero u ruslarning Turkistondagi qilguliklarini, xalqni, dini islomni oyoqosti qilayotganlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Hamda ota yurtni, o‘z qardoshlarini muhofaza qilishdek og‘ir, shu bilan birga, sharafli ishga o‘z hayotini baxshida etadi. 1920 yil sentyabrda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Sharq xalqlari qurultoyida ishtirok etadi va o‘z Bayonotini e’lon qiladi. 1921 yil fevralda esa Moskvada “Musulmonlarning inqilobiy jamiyati Ittifoqi” qurultoyini o‘tkazadi. Turkistondagi ahvolning o‘ta og‘irligini sezgan Anvar Posho o‘zining Xoji Somiybek, Nabibek, Hamibek va boshqa safdoshlari bilan Buxoroga kelib, Turkistondagi milliy-ozodlik harakati bilan yaqindan tanishadi. Anvar Posho butun Turkiston xalqiga Murojaatnoma e’lon qilib, uni quyidagi so‘zlar bilan boshlaydi: “Orqadoshlar! Turkistonning muqaddas da’vosi yo‘lida olib borilayotgan kurashga men ham qo‘shilgani keldim…” Ha, u buyuk kurashchi edi. U sho‘rolar bilan to‘qnashuvlarda buyuklik isbot etgan zotdir. Bir qancha janglarda strategik salohiyati bilan g‘alaba qozondi. Jumladan, 1922 yil 22 yanvarda Dushanbada sakkiz ming nafarlik sho‘ro armiyasiga qarshi bir ming besh yuz yigiti bilan jang qilib, g‘alaba qozonganining o‘ziyoq uning naqadar buyuk salohiyatga ega ekanligidan nishonadir. 1922 yil 28 mart kuni Amir Olimxondan barcha qo‘shinlarga Bosh qo‘mondon etib tayinlangani haqida inoyatnoma oladi. 15-aprelda esa qo‘rboshilar Anvar Poshoni qo‘rboshilarga siyosiy rahbar va qo‘mon etib saylaydilar. Afg‘oniston hukmdori Omonulloxon ham uch yuz kishilik sarbozlar hamrohligida yarog‘ sovg‘a etib yuboradi. Shundan so‘ng Anvar Posho Bosh qo‘mondon sifatida Rossiya bolshevoylar hukumatiga Sho‘ro qo‘shinlarini Turkistondan olib chiqib ketish to‘g‘risida ultimatum yuboradi. Bolshevoylar Anvar Poshoni bu talabiga qarama-qarshi har xil tashviqot targ‘ibot ishlarini olib borishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. RKB (b) Markaziy komiteti Buxoro va Farg‘ona bo‘yicha I.V.Stalin, Chicherin, Kuybishev va Fayzulla Xo‘jayevlar tomonidan ishlab chiqqan qarorni qabul qiladi. Bu qarorga ko‘ra Buxoro va Farg‘onada istiqlolchilarga qarshi kurashayotgan frontlar birlashtirilib, musulmon aholisi orasida siyosiy ish olib borish, mahalliy aholiga yon berish, tavba qilgan “Bosmachilik harakati” yigitlarini ozod etish, qo‘rboshilar orasida nifoq chiqarish, turli ig‘volar tarqatib istiqlolchilar safini bo‘lib tashlash kabi masalalarni asosiy vazifa qilib oldilar. Bunga erishdilar ham. Ibrohimbek bilan Anvar Posho o‘rtasidagi taranglashgan murakkab vaziyat buning isbotidir. Qizil armiya katta kuch bilan qilgan hujumi paytida Ibrohimbek qariyb 10 minglik saralangan qo‘shinini Boysundan olib chiqib ketishi hamda Anvar Poshoga bo‘ysunmasligini bildirib, isyon ko‘tarishi izoh talab etmaydigan haqiqatdir. Anvar Posho istiqlolchilar kurashiga rahbarlik qilar ekan — u diplomatiya vositalaridan to‘liq foydalanar, bolshevoy rahbarlar bilan muzokara olib borish, qizil askarlarni Turkistondan olib chiqib ketishga butun vujudi bilan harakat qilardi. Bu Fayzulla Xo‘jayevning tanlangan asarida aynan quyidagicha keltiradi: Ibrohimbek va boshqa qo‘rboshilar nomidan Anvar Posho qizil askar rahbarlari nomiga jo‘natilgan maktubida shunday deyilgan; “Haqiqiy mustaqil Buxoro tuprog‘idagi aholi vakillari bo‘lgan bizlar sizlarga ma’lum qilamizki, sizlar mamlakatimizdan chiqib ketmaguningizcha jangni davom ettiraveramiz” — deb bir qarorga keldik. Hozirgi vaqtda behuda qon to‘kilmasin deb va odamgarchilik qilib sizlarga mamlakatimizdan chiqib ketishni taklif qilayotirmiz. Shunday qilsangiz, sizning do‘stlaringiz bo‘lib qolamiz va o‘zimiz yordam berib sizlarni ochlikdan saqlab qolamiz, aks holda sizlar Vataningizda ocharchilikdan o‘layotgan oilalaringiz kabi mahv etilasiz. Hozir biz gunohkor bo‘lmaylik deb odam qoni to‘kishni istamayotirmiz. Lekin, xalqimizning istagiga xilof ravishda Vatanimizga bostirib kirgan sizlar bilan jang qilishni muqaddas burchimiz deb bilamiz. Bizlar xursandlik bilan bu yo‘lda qonimizni to‘kib, shahid bo‘lishdan qaytmaymiz“. Bundan ko‘rinib turibdiki bunday talab va uning siyosat, harbiy sohasidagi g‘alabalari bolыpeviklar hukumatini sarosimaga solib qo‘ydi. Sho‘ro hukumati 19 aprelda sulh tuzishni taklif etadi. Rossiyani Tashqi ishlar Xalq Komissarligini 10 kishidan iborat delegatsiyasi Boysunga keladilar. Agar Anvar Posho sulhga rozi bo‘lsa, ”Darvoz, Qorategin, Ko‘lob, Dushanbe va Hisor kabi viloyatlarni birlashtirib, mustaqil bir davlat tuzib olishi mumkinligi ta’kidlangan edi. Ular buning evaziga Turkiston ishlariga aralashmaslik masalasini qo‘ydilar. Anvar Posho esa ruslarga “Sulh bitimi faqat Turkiston tuproqlaridan butun rus askarlarini olib chiqib ketilgandan keyingina gap mavzu bo‘lishi mumkin”, deb keskin javob berdi. 1922 yil 18 mayda RKP (b) MK “Turkiston-Buxoro ishlari haqida” maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda istiqlolchilarga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirish, shuningdek, “Anvar Poshoning Sharq xalqlari dushmani, inglizlar josusi sifatida xalq ongida fosh etish lozim”ligi qayd etilgan edi. Kurash qizigan 1922 yilda Leninning topshirig‘i, hukumatning maxsus qarori bilan Rossiya Qurolli kuch lari Bosh qo‘mondoni S.S.Kamenev, qizil armiyaning otliq kuchlari qo‘mondoni S.M.Budyoniy, A.N.Todorovskiy, V.V.Kuybishevlar katta mikdorda qo‘shin, qo‘shimcha qurol-yarog‘ bilan Turkistonga safarbar etiladi. Anvar Posho bilan shug‘ullanish uchun Sho‘ro razvedkasi Sharq bo‘limi boshlig‘i arman millatiga mansub Agabekov maxsus guruh bilan yuboriladi. Bu paytlarda Turkistonning barcha hududlarida, ayniqsa, Farg‘ona va Sharqiy Buxoroda janglar qizib ketdi. 1922 yil 24 iyunga o‘tar kechasi Anvar Poshoning uch ming yigiti qo‘mondon Kakurinning sakkiz yarim ming nafarlik tish-tirnog‘igacha qurollangan qo‘shinini yer tishlatdi. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, butun boshli bir diviziyani yo‘q qilib tashladi. Xullas, Anvar Posho undan keyin ham ko‘p marta qizil askarlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib bordi. Biror marta pand yemadi. Rus qo‘mondonligi uning strategiyasi, taktikasi oldida gandiraklab qoldi. Rus razvedkasi esa sarosimada. Biroq razillik o‘z ishini ado etishga shoshar edi. 1922 yil 4 avgust juma, Qurbon hayiti kuni edi. Qurbon hayiti nomozi o‘qilgandan so‘ng, Anvar Posho o‘zining sodiq safdoshlariga qisqacha quyidagi va’zni qildi “Men sizlarga hozir hayitlik tarqata olmayman. Agar bizlarning qardoshligimiz haqida bir necha og‘iz so‘zlar bitilsa, men unga o‘z muhrimni qo‘yib, bajonidil imzo chekardim. Men o‘ylaymanki, bu so‘zlar bizning ozodlik uchun olib borayotgan milliy kurashimizdagi harbiy qardoshlik haqida bir ajoyib xotira bo‘lib qolardi”. Bu uning istiqlol kurashchilariga karata qilgan oxirgi siyosiy vasiyati bo‘lib qoldi. Download 74.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling