Ао ск «farovon sug’urta»
Download 499.84 Kb.
|
Isoqjonov Temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Rentabellik
6.
4-rasm 5-rasm 4- va 5- rasmlardan ko’rishimiz mumkinki, 2022-yil yanvar-sentyabr oylari oralig’ida jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kontraklarda pasayish ya’ni yanar oyida 14 817 ta kontrakt tuzilgan bo’lsa , 1-oktyabr holatida bu ko’rsatkich 11 353 ta, orasidagi farq esa 3 464 tani tashkil qilmoqda. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontraktlar esa 1-yanvar holatida 1 286 ta bo’lgan bo’lsa, 1-oktyabr holatida 1 444 ta bo’lib, 158taga ko’paygan. Shuning sug’urta to’lovlari (3083 mln so’m) va sug’urta mukofotlari (8535.9 mln so’m) da ham pasayishlarni ko’rishimiz mumkin. Ammo 2021-yil bilan solishtiradigan bo’lsa firma faoliyatida pasayishlarni kuzatamiz. 7. 2- va 3- rasmlarni solishtirib shunday xulosaga kelsak bo’ladiki, moliyaviy rejalashtirish har bir tashkilot o’zini o’zi tahlil qila olish imkoniyatini beradi. Misol uchun, “O’zbekinvest Hayot SK” AJ 2021-yilda 490 mln foyda ko’rgan bo’lsa, 2022-yilda 53 mln foydan bilan chiqqan , moliyaviy rejalashtirishda 940 mln foyda ko’rishni ya’ni foydani 2 barobar oshirmoqchi edi ammo 0.9 barobar kam natijaga erishdi. Daromadi kam bo’lganligi sababli soliqlar hajmida ham sezilarli farqlar kuzatilgan. Moliyaviy rejalashtirishda taxminan 100 mln soliq to’lashni reja qilishgan bo’lsa, aslida to’langan soliqlar 35 117 620 so’mdan iborat bo’lgan. Umuman olganda, tashkilot faoliyatida rejaga nisbatan ancha past ko’rsatkichlar qayd etilgan bo’lib, bu tashkilotning 2022-yil davomida o’z xizmatini sota olmaganidan dalolat berib turibdi. 8. Rentabellik- foyda hajmining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasidir. R=Pr/TC*100% Pr- foyda hajmi Pr=53 446 960 TC – ishlab chiqarish xarajatlari TC= 113 199 041 140 R= 53 446 960/113 199 041 140*100%=0.047% O’zbekinvest Hayot SK” AJ ning sug’urta xizmatlarining rentabelligi 0.047% ni tashkil etar ekan. 9. To‘lov qobiliyati (qoplash) koeffisiyenti nafaqat debitorlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablag‘lar elementlari sharoitida baholanuvchi korxonaning to‘lovga qobilligini ko‘rsatadi. Koeffisiyentning kamayishi korxona to‘lov imkoniyatlarining pasayishi haqida xabar beradi. Download 499.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling