Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Mehnat resurslari – aholi tarkibi sifatida


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
4.5. Mehnat resurslari – aholi tarkibi sifatida 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi ayrim nazariy tushunchalar mazmunini 
tubdan o‘zgartirib yubordi. «Mehnat resurslari», «ish kuchi» kabilarni shunday 
tushunchalar jumlasiga kiritish mumkin. «Mehnat resurslari» atamasini dastlab 
akademik S.G. Strimulin o‘zining 1922 yili chop etilgan maqolalaridan birida 
qo‘llagan. Uzoq yillar mobaynida undan mamlakat inson resurslarini boshqarish va 
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanildi. Sobiq ittifoq davrida 
har bir mehnatga layoqatli fuqaroning uzrsiz sabab bilan uzoq muddat ishlamay 
yurishi qonuniy ta’qib ostiga olingan. Mehnatga layoqatli aholi – mehnat 
resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda 
qat’iy 
statistik 
hisobga 
olinishi 
iqtisodiyotni 
markazlashgan 
usulda 
rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Mustaqillik yillari O‘zbekiston Respublikasida ham Xalqaro Mehnat 
Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o‘tildi, unga ko‘ra aholini 
tizimiy taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol 
qismlarga ajratiladigan bo‘ldi. 
Mehnat resurslari aholining o‘z ruhiy fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mehnatga 
layoqatli qismidir. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan 
birga hozirda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, 
jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi. 
Demak, mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir. 
Mehnat resurslarining tarkibi quyidagicha:
- mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi. O‘zbekistonda mehnat 
yoshining quyi chegarasi 16 yosh bo‘lib, yuqori chegara yosh bo‘yicha pensiya 
olish huquqi bilan belgilangan. Bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55 
yoshni tashkil etadi. Biroq, unga I va II guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi 
bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolar kirmaydi. 
mehnat yoshidan o‘tgan bo‘lsa-da ishlayotgan shaxslar va yosh bo‘lsa ham 
ishlayotgan o‘smirlar.
Mehnat resurslari balansini tuzishda ish bilan band aholining barcha 
toifalarini to‘liq qamrab olish muhim ahamiyatga ega. Yollanib ishlaydiganlar 
ham, yollanmasdan ishlaydiganlar ham ishning doimiyligi, vaqtinchaligi, 
mavsumiyligi, tasodifiyligi yoki bir martalik bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodiyotda 
ish bilan band deb hisoblanadi.
Yollanib ishlaydiganlar – band aholining eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib, 
mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona (tashkilot, muassasa) rahbari yoki 
alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari 
haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslarni 
o‘z ichiga oladi.
Yollanmasdan ishlaydiganlar – 1) individual asosda, doimiy yollanma 
xodimlardan foydalanmasdan mustaqil ishlaydigan shaxslarni; 2) ish beruvchilarni, 
shu jumladan fermer va dehqon xo‘jaliklari boshliqlarini; 3) oilaviy korxonalarning 


110 
haq olmaydigan xodimlarini; 4) jamoa mulkdorlar (kooperativlar, shirkatlar kabi) 
a’zolarini birlashtiradi.
Tarixdan ma’lumki, mehnatga layoqatli yosh chegarasi ijtimoiy-iqtisodiy 
sabablarga ko‘ra huquqiy asosda o‘zgarib turgan. Chunonchi, 1929-1933 yillarda 
14 yosh – mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‘lgan, 1937 yilga kelib, u 
15 yoshgacha ko‘tarildi. Urush yillarida ushbu yosh chegarasi yana 14 yoshga 
tushdi, urushdan keyin u 16 yoshga ko‘tarildi va hozirgacha amal qilib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 
yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.
Erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga yetgandan so‘ng ular pensiya olish 
huquqiga ega. Biroq bu qoidada ham istisno bor. Organizmga yuksak ruhiy 
fiziologik bosimlar bilan bog‘liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya 
chizig‘i 5-10 yilga, ba’zan undan ham ko‘proq qisqaradi. Bunda imtiyozli 
shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yosh 
chegarasi erkaklarnikidan pastroq bo‘lsa-da, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 
ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. 
Iqtisodiyotda hozirgi paytda “mehnat resurslari” tushunchasi bilan bir qatorda 
«ishchi kuchi» atamasi ham ko‘p qo‘llanilmoqda. Ishchi kuchi – mehnat jarayonida 
inson foydalanadigan uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar majmuasi bo‘lib, 
xorijiy adabiyotlarda u ko‘pincha «iqtisodiy faol aholi» tushunchasining sinonimi 
sifatida qo‘llaniladi. «Ishchi kuchi» atamasi ko‘p hollarda uch ma’noni anglatadi: 
• organizm, tirik inson shaxsi ega bo‘lgan va har safar u qandaydir iste’mol 
qiymatini yaratish chog‘ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar 
majmui sifatida; 
• aholining ish bilan band bo‘lgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol 
aholining sinonimi sifatida; 
• umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik 
turmushda odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida. 
Shunday qilib, mehnat resurslari tushunchasiga iqtisodiyotda ish bilan band 
bo‘lgan xodimlar; band bo‘lmasa-da, mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar, 
ya’ni haqiqiy hamda potensial xodimlar kiritiladi. Boshqacha aytganda, mehnat 
resurslari mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli fuqarolar hamda 
mehnatga layoqatli yoshdan kichikroq fuqarolar (ishlaydigan o‘smirlar) va 
mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq yoshdagi fuqarolar (ishlaydigan pensionerlar) 
dan iborat bo‘ladi.
Ish bilan band aholini va ish izlayotgan ishsizlarni anglatadigan «iqtisodiy 
faol aholi» – mehnat resurslari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradigan yana bir 
boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda anchadan 
buyon ishlatilib kelinmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, «iqtisodiy faol aholi» 
tushunchasi BMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar 
va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o‘z mehnatini taklif 
etadigan har ikki jinsga mansub shaxslarni o‘z ichiga oladi. Bu tushunchani 
aniqlaydigan ikkita ko‘rsatkich mavjud: odatda «faol aholi» deb uzoq davom 
etadigan vaqtga, masalan, yilga tatbiqan; «hozirgi paytda faol aholi» deb qisqa vaqt 
bo‘lagiga, masalan, hafta yoki kunga nisbatan aytiladi. 


111 
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi toifasiga o‘quv yurtlarida kunduzi o‘qiydigan 
o‘quvchilar, talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo‘jaligi bilan 
shug‘ullanuvchilar; ish qidirmay qo‘ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo‘lmagan 
shaxslar kiritiladi. Ko‘rinib turibdiki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi» 
atamalari bir-biridan farq qiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi «mehnat 
resurslari» tushunchasidan o‘z mazmuni bo‘yicha torroqdir.
Aholisi 30 mln kishiga yaqinlashgan O‘zbekiston qudratli mehnat 
salohiyatiga ega. Mehnat resurslari mamlakat barcha aholisining 60 foizdan 
ko‘prog‘ini tashkil etadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni xohlovchilarning hammasini ish 
bilan ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan 
bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal 
mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni to‘la 
hisobga olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi
1
. Ushbu muammolarni hal etishda 
mehnat resurslarini shakllantirish va taqsimlashning ishga joylashish borasidagi 
real ehtiyojni aniqlash imkonini beruvchi balans usulidan foydalanib, aholi 
bandligini hisobga olishni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi 42-sonli «Aholining 
ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori 
qabul qilindi. Bu Qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasala-rida mehnat 
resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash 
uslubiyatini o‘rgatish nazarda tutilgan.
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj 
shaxslarni aniqlash chog‘ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat 
va aholi bo‘yicha) ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olish (masalan, mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo‘jaliklari, personal ro‘yxatlar) 
ning har xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi 
kuchini tanlab tekshirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi 
axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to‘plash shakllari va usullari 
bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin.
Mehnat resurslarining hisobot balansi har qaysi yil yakunlariga qarab 
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri bo‘yicha tuziladi, shahar va qishloq aholisiga bo‘linadi (1-jadval).
1-jadval 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling