Apartxeyd afrikaans tilida


Download 60.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi60.71 Kb.
#1355846
Bog'liq
Aparteid - Vikipediya



Aparteid
Aparteid, apartxeyd (afrikaans tilida
apartheid — „alohida-alohida yashash“) —
irqiy kamsitishning eng ashaddiy
koʻrinishi. Muayyan aholi guruhlarining
ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik
huquqlaridan mahrum etishni, hududiy
jihatdan yakkalatib qoʻyishgacha borishni
anglatadi. Aparteidning ayrim choralari
genotsid tusini olishi mumkin. Hozirgi
xalqaro huquq aparteidni inso-niyatga


qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973-yilda
aparteid jinoyatlarining oldini olish va
jazolash toʻgʻrisida xalqaro konvensiya
qabul qilingan. Yaqingacha aparteid
JARda hukmronlik qilib kelgan, asosan
oq tanli fuqarolardan iborat Milliy
partiyaning siyosati edi. U mamlakat
aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch
qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, yaʼni
tub afrikaliklar; 3) indeyslar va
duragaylarga boʻlib boshqarish siyosatini
qoʻllab keldi. „Irqiy guruhlarni ajratib
joylashtirish toʻgʻrisida“gi qonunga
muvofiq, aholi 74% ini tash-kil etuvchi
qora tanlilar uchun soxta „davlatlar“ —
bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq
tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat


qilishi man etil-di, aparteid qoidalarini
buzganlarga nisbatan qattiq jazo
choralari qoʻllanildi. Afrikaliklar, ularga
ergashgan indeyslar hamda oq tanlilar bir
qismining Afrika milliy kongressi va
boshqa vatan-parvarlik tashkil otlari
rahbarligida aparteid siyosatiga, irqchilar
zulmi va kam-sitishlarga qarshi uzoq
davom etgan, jahon hamjamiyati
tomonidan faol qoʻllab-quvvatlangan
murosasiz ommaviy chiqishlari, shu
jumladan, qurolli kura-shi irqchilarni
chekinishga majbur etdi. Mamlakat va
xalqaro maydonda yakkala-nib qolgan
irqchilar siyosiy islohotlar oʻtkazishga
majbur boʻldi. Tinch yoʻl bilan 1994-yil
aprelda oʻtkazilgan demokratik saylovlar


natijasida hokimiyat mamlakat tub aholisi
vakillari qoʻliga oʻtdi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Stu
b
ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/i
ndex.php?title=Aparteid&action=edi
t) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish
kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Aparteid&oldid=2832163" dan 
olindi


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 15:38 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 60.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling