Apparat interfeysi


Download 22 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi22 Kb.
#212928
  1   2   3
Bog'liq
2AKT


1.Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.

Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.

Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

─ sistemaviy dasturiy ta’minot;

─ amaliy dasturiy ta’minot;

─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.

3. Malumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir.

Dastur (rrogram, routine) — vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko‘rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir.

Dasturiy ta’minot (sowtware) — m’alumotlarni qayta ishlash dasturlari va ulami ishlatish uchun kerakli hujjatlar to ‘plamidir. Dasturlar mashina yordamida vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va dasturiy ta’minotda ko‘p ishlatiladi.Vazifa (rroblem, task) — yechilishi kerak boigan muammodir.

Ilova (arrlication) — vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo’lish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT ba’zida kompyuteming bir qismi deb ham hisoblashadi.

Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moijallangan. Tizimli DTni tarkibiga quyida-

gilar kiradi:

Operatsion tizimlar;

• Servis dasturlar;

• Dasturlashtirish tillari translyatorlari;

• Texnik xizmat dasturlari.

Operatsion tizimlar (ОТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. ОТ ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydala- nuvchi hal etadigan amaliy vazifalami bajarishni boshqarishdir.

ОТ kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlami tahlil qiladi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajariladigan vazifalaridan kelib chiqib, ОТ ni

uch guruhga boiish mumkin:

• Bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);

• Ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi);

• Tarmoqli.

Bir vazifali ОТ bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizim- laming tipik vakili MS DOSdir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).K o‘p vazifali ОТ vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa boiib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo‘ladi va prosessor kompyuter resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi ОТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlaming paydo boiishi bilan bog'liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Tarmoqli ОТ laming tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir

2. Dasturiy mahsulotlarning sinflari.


    • tizimli dasturiy ta’minot;

    • amaliy dasturlar paketi;

    • dasturlash texnologiyalarining qurollari.


Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling