Apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda). Texnikada


Download 103.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi103.26 Kb.
#1108048
Bog'liq
Transformator - Vikipediya



Transformator
Transformator (
lotincha
transformo — oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni yuqori
kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik
apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda). Texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir
muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan
qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va
boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki
pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U
bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi
ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka
oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi)
oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi)
isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish
tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr T.ni yaratgan.
Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish,
izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.


Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga
oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—
15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulgʻamlari misdan, magnit
oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi.
Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit
oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va
sovituvchi vazifasini oʻtaydi.
Kuch T.laridan tashqari oʻlchash T.i, kuchlanish T.i, tok T.i, impulyeli T., radiochastotali T. kabi
T.lar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani
isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik T. styasi (podstansiyasi) deb
ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi,
qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish T. podstansiyalarida kuchli, lab.da
uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Transf
ormator&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Transformator&oldid=2860781
" dan olindi

Download 103.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling