Аptеkаdа dоrilаrning kirim-chiqim vа qоldiq хisоbini yuritish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1154614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suhrobbek

I. NAZARIY QISM 
1.1. O’zgaruvchilar turlari, obektlar 
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yilning boshlarida ishlab chiqilgan. 
C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak boʻladi. Bu til 
asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan. C/C++ algoritmik tilining 
alifbosi: 
1. 26 ta lotin harflari(katta va kichik); 
2. 0 dan 9 gacha boʻlgan arab raqamlari; 
3. Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № <> { } [ ] ( ) $ # & ^ va h.k. 
Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira oladigan kattaliklar 
oʻzgaruvchilar deyiladi. Oʻzgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi harf va 
raqamlardan iborat boʻlishi mumkin. Oʻzguruvchilarni belgilashda katta va kichik 
harflar bir biridanfarq qiladi(A va a harflari 2 ta oʻzgaruvchini bildiradi). Har bir 
oʻzgaruvchi oʻz nomiga, tipiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega 
boʻlishi kerak. Oʻzgaruvchiga murojaat qilish uning nomi orqali boʻladi. Oʻzgaruvchi 
uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning manzili hisoblanadi. 
Oʻzgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan boʻlishi lozim.
Oʻzgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi koʻrinishda yoziladi:
Butun tipli oʻnlik sanoq tizimida: ular faqat butun sondan iborat 
boʻladilar.masalan: 5; 76; -674 va h.k.
Sakkizlik sanoq tizimidagi sonlar: 0 (nol)dan boshlanib, 0 dan 7 gacha boʻlgan 
raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217;
char belgi tipi uning oʻzgarish intervali 0 dan 255 gacha yoki apostrof ichidagi 
ixtiyoriy 1ta simvol. xotiradan 1 bayt joy oladi. Simvollar ASCII kodlariga mos 
keladi. (ASCII – American Standart Code for Information Interchange).
Butun tipli oʻzgaruvchilar: int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda dasturda 
ishlatilayotgan a, i, j oʻzgaruvchilarining tipi butun ekanligi koʻrsatildi. Bu tipdagi 
oʻzgaruvchilar 2 bayt joy egallaydi. Ularning oʻzgarish oraligʻi: -32768 dan +32767 
gacha; (Hozirgi 32 razryadli kompyuterlarda 4 bayt joy oladi va oraligʻi 2 marta 
oshgan) 


Butun tipli katta (uzun) oʻzgaruvchilar: long. Masalan: long s, s2, aa34; Bu 
tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. Ular – 2147483648 dan +2147483647 
gacha bo‘lganoraliqdagi sonlarni qabul qilishi mumkin. 
Ishorasiz butun oʻzgaruvchilar: unsigned short – 2 bayt joy oladi,oʻzgarish 
oralig‘i 0 dan 65535 gacha; unsigned long – 4 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i: 0 
dan 4294967295 gacha; unsigned char – 1 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i 0 dan 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling