Aqilli uy haqida tushuncha Marxabo Urdushevna Shodiqulova Jizzax politexnika instituti Annotatsiya
Download 351.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqaqilli-uy-haqida-tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Aqilli uy haqida tushuncha Marxabo Urdushevna Shodiqulova Jizzax politexnika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada energiya samarador binolar haqida ma’lumot berildi. Aqilli uy haqida va uning imkoniyatlari aytib o’tildi. Aqilli uyning ijobiy va salbiy tomonlari sanab o’tildi. Aqilli uylar nima sababdan keng tarqalayotganligi haqida qisqacha so’z yuritildi. Kalit so’zlar: energiya samarador, energiya tejamkor, passiv uylar, aktiv uylar, aqilli shahar, aqilli uy. The concept of "smart home" Marxabo Urdushevna Shodiqulova Jizzakh Polytechnic Institute Abstract: This article provides information on energy efficient buildings. There was talk about the "smart home" and its potential. The pros and cons of a smart home are listed. “There was a brief discussion about why smart homes are becoming so popular. Keywords: Energy efficient, energy saving, passive houses, active houses, smart city, smart home. Qurilish rivojlangani sari yangidan yangi atamalar ko’payib bormoqda. Hozirda energiya tejamkor passiv uylar, aktiv uylar, Aqilli shahar, Aqilli uy kabi atamalarga juda ko’p marotaba ko’zimiz tushushi mumkin. Ushbu maqolamda Aqilli uy haqida qisqacha ma’lumotlar bermoqchiman. Hozirda zamonaviy shaxslar uylarida qulay sharoit yaratish uchun juda yuqori talablarni qo'yadi. Bular: ➢ Estetik (ichki hajm dizayni, uslubi, uy atrofi landshaft, atrofdagi narsalarning go'zalligi va funktsionalligi); ➢ Iqlim (iliq, salqin, toza havo); ➢ Umumiy maishiy (suv, gaz, elektr energiyasi, radio, televizor, internet, telefon, oshxona mashinalari va gigiena tizimlari); ➢ Xavfsizlik va uni nazorat qilish bo'yicha talablar (uy va uydagi insonlarning xavfsizligi); "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 184 ➢ Murakkab tizimlarning ishonchliligiga qo'yiladigan talablar (kompyuterlar, uy teatrlari, idish yuvish mashinalari, kir yuvish mashinalari, Mikroto'lqinli pechlar va boshqalar) Buning natijasida, uylar ning muhandislik asboblari murakkablashib bormoqda va ushbu muhitni shakllantirishda ishtirok etadigan qurilmalar soni tobora ko'payib bormoqda. Uy egasiga barcha tizimlarning boshqaruvini ishonib topshirish noqulay, foydasiz va xavfli bo'lib qoladi. "Aqilli uy" birinchi marta tushunchasi o'tgan asrning 50 -yillarida paydo bo'lgan. Butun uydagi vaziyatni nazorat qila oladigan tizimning ajdodi Java texnologiyasi hisoblanadi. Ushbu texnologiyani ishlab chiquvchilar uni maishiy texnika bilan tanishtirishga harakat qilishdi va shu orqali ularni "Aqilli" qilishdi. Masalan, o'sha paytda, avtomatik o'chirish funktsiyasiga ega bo'lgan jihozlar paydo bo'la boshladi, derazadan tashqaridagi ob -havoga qarab xonaning mikroiqlimini boshqarishga qodir konditsionerlar, avtomatik tarzda yonadigan chiroqlar va shunga o’xshash jihozlar boshqalar. Biroq, "Aqilli uy" tushunchasiga nafaqat Aqilli maishiy texnika kiradi. Bu tizimda uydagi barcha texnik qurilmalarning ishini muvofiqlashtiriladi. Bundan tashqari, tizimni masofadan boshqarish pulti yordamida, ya’ni zamonaviy qurilmalar - smartfon, planshet va boshqalar yordamida ham boshqarish mumkin. "Aqilli uy" uy-joylarni integratsiyalashgan boshqarish tizimi ushbu murakkab muammoni hal qilish uchun barcha odatiy ishlarni o'z zimmasiga oladi va insonni faqat asosiy qarorlarni qabul qilish uchun qoldiradi. Computerworld tadqiqotchisi Ira Brodskiy “Uylarni chindan ham "Aqilli" qilish uchun ikki narsa kerak bo'ladi” deydi. "Birinchidan, buyruqlar va vaziyat haqida ma'lumot beruvchi sensorlar, aktuatorlar va asboblar." Ushbu raqamli qurilmalar hozir jihozlarimizda allaqachon mavjud. "Ikkinchidan, bu qurilmalarning sotuvchisidan qat'i nazar, bir-biri bilan muloqot qilish imkonini beruvchi protokollar va vositalar". Bu muammo, biroq Brodskiy "smartfon ilovalari, aloqa bog'lamalari va bulutli xizmatlar hozirda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan amaliy echimlarga imkon beradi", deb hisoblaydi. Birinchi bo’lib "Aqilli uy" tizimidagi kamchiliklar haqida aytsak, mutaxassislar Aqilli uyda kamchilik bu faqat yuqori narx ekanligini ta'kidlashadi. Ijobiy tomonlari energiya iqtisodi, qulaylik va xavfsizlik hisoblanadi. "Aqilli uy"ning xavfsizlik ta’minlashiga misol keltirsak yanada tushunarli b’oladi. "Aqilli uy" tizimidagi simlar toshib ketgan vannadan suv kirishi tufayli yonmaydi va harorat farqi tufayli quvur yorilib ketmaydi. Aqilli uy" loyihasi bu harakatlarni amalga oshirishga va ba'zi bir vazifalarni inson aralashuvisiz hal qilishga qodir uy jihozlari tizimidir. Bunday harakatlarning "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 185 eng keng tarqalgan misollari - chiroqlarni avtomatik ravishda yoqish va o'chirish, isitish tizimini yoki konditsionerni avtomatik ravishda tuzatish va kirish, yong'in yoki suv oqishi to'g'risida avtomatik ravishda xabar berish. "Aqilli uy" haqida yanada ko’proq tushunchaga ega bo’lish uchun “Aqilli uy”ning ba’zi jihozlarini keltirib o’tamiz. “Aqilli uy”ga kirish uchun endi kalitlarning hojati yo’q. Siz uyingizga kelganingizda identifikatsiyalash moslamasi (vizual, ovozli yoki barmoq izlari skaneri) sizni taniydi va sizni uyga kiritadi. Agarda uyingizgizga mehmon keladigan bo’lsachi, u holda mehmon haqida ma'lumot (rasm, shaxsiy ma'lumotlar va boshqalar) siz uyingizda bo’lmasangiz ham sizga inernet orqali uzatiladi. Aqilli uy texnologiyasi Uyga kirish eshigini ochishingiz bilan yo’lakdagi yuqori chiroq yonadi. Uy bo'ylab yorug'lik ikki sxema bo'yicha tartibga solinadi : avtomatik ravishda, sizning harakatingizni kuzatib turuvchi harakatlantiruvchi datchiklar tufayli va tegishli joylarda yorug'lik sizning ovozli buyrug'ingiz bilan yoqiladi yoki o'chadi. Yo'lakdan so'ng qulay bo'lgan yashash xonasi joylashgan. Xonada qulaylik yaratish uchun pardalarni avtomatik boshqarish ta'minlanadi. Bu oldindan o'rnatilgan algoritm bo'yicha va masofadan turib ovozli boshqarish bo’yicha amalga oshiriladi. Film tomosha qilayotganingizda yoki uxlashni xohlasangiz, pardalar avtomatik ravishda xonani tanlangan yorug'lik darajasigacha qoraytiradi. Inson sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish Aqilli uyning asosiy vazifalaridandir. Sog'lig'ingizni kuzatuvchi datchiklar yotoqxonangiz va hammomingizda joylashgan. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 186 Isitish va avtomatik yuvish vositasi bilan jihozlangan hojatxona avtomatik ravishda peshobning ekspress-tahlilini o'tkazadi, ma'lumotlarni markaziy kompyuterga uzatadi, agar zarurat tug'ilsa, sizni shifokoringiz bilan bog'laydi. Uyda iqlim nazorati. Iqlim nazorati tizimi har bir xonadagi iqlimni uydagi inson xohishiga ko'ra boshqaradi. Shu bilan birga shamollatish tizimi xonadagi namlikni, haroratni, havo oqimining tezligini, chang miqdorini, havo tarkibini tahlil qilib ishlaydi. “Aqilli uy” larda kunduzi dastur energiyani tejaydi va uy ichki vaziyatini doimiy kuzatib boradi. Uydan hamma ketganda avtomatik ravishda chiroqlar va elektr jihozlari o'chiriladi, xonalardagi harorat pasayadi, yong'in va xavfsizlik tizimi yoqiladi, harakat ko'rsatkichlaridan ishlaydigan video yozib olish ishga tushadi. Uyga qaytish vaqti yaqinlashganda, isitish tarmog'i faol rejimni yoqadi va xonani siz belgilagan haroratgacha isitadi. “Aqilli uy” uy shiftida joylashtirilgan datchiklar uy haroratini kuzatib boradi va sizga ushbu ma'lumotlarni Internetdagi ob-havo ma’lumotlari bilan birga taqdim etadi. Aqilli uy sizning mashinangiz oldidagi eshikni ochadi va garajdan chiqayotganingizda harakat ko'rsatkichlari chiroqlarni o'chiradi. Siz kirganingizda, kvartirada televizor yoqiladi va yanada qulay ko'rish uchun chiroqlar darhol o'chadi. Tizim sizning musiqiy afzalliklaringizni eslab qoladi va xohlagan vaqtda sevimli musiqangizni ijro etadi. Oshxonadagi barcha jihozlar masofadan turib boshqariladi. Masalan, choynak uyg'onishingiz bilan kompyuter yoqadi, shunda oshxonaga kelganingizda allaqachon choy tayyor bo'ladi. Sovutgichning old qismidagi LCD panel sizga qolgan oziq-ovqat miqdorini aytib beradi. Sovutgich tarkibini uyda yo’q vaqtingizda ham tekshirishingiz mumkin. Siz kechqurun ovqatni isitish uchun mikroto'lqinli pechni dasturlashingiz mumkin, va uyga qaytganingizda, sizni allaqachon issiq kechki ovqat kutmoqda. Yotoqxonada siz tanlagan vaqtda avtomatik tarzda ochiladigan pardalar tabiiy quyosh nurlari bilan sizni uyg’otadi. Uyingizdagi barcha jihozlar har bir oila a'zosining odatlarini o'rganib ularga moslasha oladi. Uy tizimini ichkaridan va tashqaridan boshqarish mumkin. Yuqoridagi tizimlardan tashqari, "Aqilli uy" juda ko'p boshqa yordamchi funktsiyalarni bajaradi. Masalan, siz bolalarning xavfli elementlarga kirishini cheklash, sug'orish yoki tozalash rejimini o'rnatish, tunu-kun ichki va tashqi video kuzatuvni yoqish, uskunaning ishlashini sozlash kabi tizimning ishlashini avtomatlashtirishingiz, kerakli rejimlarga o'tishingiz va boshqa ko’pgina ishlarni birgina telefon yoki planshet orqali masofadan boshqarishingiz mumkin. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 187 “Aqilli uylar haqida gap ketganda albatta ularning elektr tizimiga ulanishi haqida aytib o’tish joiz. Chunki, uydagi barcha tizim elektr energiyasiga bo’liq. Elektr energiyasi va maxsus boshqariladi quyosh panellari yoki boshqa muqobil energiya manbalaridan ishlatilishi mumkin. An'anaviy elektr tarmog'ida elektr uzilib qolganda, tizim avtomatik ravishda muqobil energiya manbalaridan hosil bo'lgan zaxiralardan foydalanadi yoki boshqa quvvat manbalariga o'tadi. Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, “Aqilli uy” bu isnon manfatlari uchun xizmat qiladigan ajoyib kashfiyot. Insoniyat rivojlanishda davom etar ekan insonlar uchun xizmat qiladigan bunday tizimlar yildan yilga mukammallashib boraveradi. Umuman olganda, ushbu soha hali ham rivojlanib bormoqda va har bir qurilmaning tabiati doimo o'zgarib turadi. Texnologlar xavfsizroq, soddalashtirilgan va standartlashtirilgan xavfsizlik protokollarini yaratish ustida ish olib borayotganda, iste'molchilar ushbu qurilmalar qanday ishlashi va ularni o'z uylariga joylashtirishning oqibatlari haqida ko'proq bilib olishlari kerak. Hozirgi kunda ushbu sohaning o'sishi nafaqat texnologiya, balki foydalanuvchining qurilmaga ishonishi va uni o'zining kundalik hayotiga muvaffaqiyatli singdirish qobiliyati bilan ham cheklangan. Download 351.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling