Fikr va g‘oyalarni guruhlash: muammoni yechishga imkon beruvchi va unga mazmunan yaqin bo‘lgan g‘oyalar tanlab olinadi. - Muhokama: Berilgan g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun muhokama o‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi samarali metoddir.
- Umumiy holda ushbu texnologiyadan foydalanish uchun 5-10 daqiqa vaqt sarflanadi.
- - O‘quvchilar turli xil usullar yordamida guruhlarga ajratilishlari mumkin. Mazkur holda maqsad har bir o‘quvchining bilimini tekshirish emas, balki ularni guruhda ishlash orqali o‘zaro g‘oyalar almashinuvini ta’minlash va mavzuni o‘qitishdan avval o‘quvchilarni faollashtirgan holda dastlabki tushunchalr obrazini shakllantirishdan iborat.
- -Ushbu holda o‘quvchilarni guruhga ajratish sinf xonasidagi qatorlarni ajratish yordamida amalga oshirilishi mumkin.
- -bosh partada guruh sardori joylashadi va u guruh ishtirokchilarini muhokamaga yo‘naltiradi;
- -guruh ekspertlari turli xil g‘oyalarni qayd etib boradilar;
- -metod so‘ngida eng noyob g‘oyalarni umumlashtirgan holda javoblarni taqdim etishadi.
- 1. To‘qimachilik mashinalarining holati.
- 2. Mahsulot sifatini oshirish uchun kuyilgan talablar.
- 3. Zamonaviy texnologiya bilan eski texnologiya orasidagi fark.
- 4. To‘qimachilik korxonalariga qo’yilgan davr talablarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |