Aqliy hujum


Download 39.89 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1722817
Bog'liq
Taqdimot

Aqliy hujum

  • Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llanadi. Mazkur metod o'quvchilari muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo'yilgan muammo yuzasidan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:1. Berilgan muammo yuzasidan o'quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.2. O'quvchilarning fikrlari va g'oyalarini rag'batlantirib borish tanqid ostigaolinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish. 3. Har bir o'quvchi fikrlariga va g'oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o'zgartirishi mumkin. 4. O'quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g'oyalarni baholamaslik.Bunday yo'l tutilsa, ya'ni fikr va g'oyalari baholansa, o'quvchilarfikrlashdan to'xtab qolishlari mumkin.«
  • - birinchi matnda Navoiy asarlarning nomi berilgan, ikkinchi matnda esa ularning nomi berilmagan;- birinchi matnda Navoiy ijodiga forsiy go'y shoirlarning munosabati umumiy ravishda berilgan, ikkinchi matnda esa Jomiyning fikri aynan keltirilgan; - birinchi matnda Navoiyning ijodi xaqida umumiy fikrlar aytilgan, ikkinchi matnda esa Navoiyning hayoti va ijodiga oid aniq dalillar keltirilgan;-birinchi matnda Navoiyning ijodi butun Jahonga mashhurligi aytilgan bo'lsa, ikkinchi matnda shoir asarlarining Yevropa, Osiyo davlatlari tillariga tarjima qilinganligi ta'kidlangan;- birinchi matnda his-tuyg'u kuchli ifodalangan, ikkinchi matnda esa aniq fikrlarga asoslanilgan.Shu bosqichdan so'ng o'quvchilar o'qituvchi yordamida o'rganilayotgan matnlar yuzasidan xulosa chiqaradilar. Xulosa quyidagicha:- birinchi matnda his-tuyg'u kuchli, so'zlar ko'chma ma'noda ham qo'llangan. Bu matn badiiy uslubga xosdir. Ikkinchi matnda aniq- dalillar keltirilgan, so'zlar o'z maʼnosida qo'llangan. Unda adabiyot faniga xos atamalar ham qo'llangan. Bu matn ilmiy matn hisoblanadi.4-bosqich. Har ikki matn asosida badiiy va ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlash har bir uslubning oʻziga xos Bu bosqichda har bir uslubning o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Birinchi matnda badiiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo'llangan: tasviriy ifoda (zanjir band sher), ko'chma ma'noli so'zlar (she'riyat osmoni, yulduzlari xira tortdi, shuhratiga soya soldi), o'xshatish (g'azallari - porloq quyosh singari), badiiy uslubga xos so'zlar (maftun etib kelyapti, nazm, she'riyat, bunyod etilgan, forsiygo'ylar, turkiy til, shukronalar aytdilar). Ikkinchi matnda ilmiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo'llangan: raqamlar (1441 yil tug'ilgan, XV asr, 60-yillar), aniq dalillar (Evropa va Osiyo davlatlari, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Hofiz She'roziy, Abdurahmon Jomiy kabi tarixiy shaxs nomlari, A.Jomiyning Navoiy haqidagi fikri keltirilgan).
  • "Alisher Navoiy mant shu metod yordamida o'rganilsa, o'quvchilar matn mazmunini yaxshiroq anglaydilar, ularniig mazmuniga chuqurroq kirib boradilar, matnlarni qiyoslash orqali ularning mohiyatini teran idrok etadilar. Bu metod o‘quvchilarni fikrlashga, darsda faol ishtirokchi bo'lishga, hozir javob va mulohazali bo'lishga o'rgatadi.
  • metodi yordamida o`rganish ko'zlangan maqsadga Mazkur matnni «Aqliy hujum erishish imkoniyatini yaratadi. Bu metod asosida main bilan ishlash bir necha bosqichda olib boriladi.1-bosqich. O'quvchilari mavzuni tushunishga tayyorlash. O'tgan mashg'ulotlarda berilgan nugq uslublariga oid ma'lumotlar esga olinadi va takrorlanadi, har bir nutq uslubining o'ziga xos xususiyatlari yodga olinadi. Chunki matnlarni taqqoslash uchun o'quvchilarda nutq uslublariga oid maʼlumotlar yetarli bo'lishi kerak. Nutq uslublariga old bitimlar yodga olingandan so'ng har ikki matn o‘quvchilar tomonidan mustaqil o'qib chiqiladi. O'quvchilar matn mazmunini tushunishga harakat kiladilar.2-bosqich. Berilgan matnlarning o'xshash tomonlarini aniqlash. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savolni beradi: Har ikki matn qaysi jihatdan bir-biriga o'xshaydi? O'quvchilar mazkur savolga shunday javob beradilar:har ikki matn ham Alisher Navoiy haqida; matnlarning mazmuni bir xil;har ikki matnda ham Navoiy ijodi haqida fikr bildirilgan;har ikkala matnda ham shoirning ustozlari nom lari keltirilgan;- Navolyning turkly tilda ijod qilganligi aytilgan;- Navoiyning Jahonga tanilgan shoir ekanligi aytilgan; forsiygo'y shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati ifodalangan.O'qituvchi o'quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi va o'z munosabatinibildiradi.3-bosqich. Matnlaring farqli tomonlarini aniqlash. O'qituvchi quyidagi savolni o'rtaga tashlaydi:-Berilgan matnlar bir-biridan qaysi jihatlariga ko'ra farq qiladi? O'quvchilar berilgan savolga javob topishda turlicha fikrlar bildiradilar,bahs-munozaraga kirishadilar. Shu asosda quyidagicha javoblar beradilar. -birinchi matn epigraf bilan boshlangan, ikkinchi matnda esa epigraf yo'q;

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling