Aqsh da sug’urta tizimi


Download 222.46 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi222.46 Kb.
#215978
Bog'liq
AQSH da sug'urta ishi


AQSH da sug’urta tizimi

Hayot sug’urtasi (Life insurance) AQShda yashayotgan muhojirlar uchun zarurmi yoki yo’qmi degan savolga hech ikkilanmasdan zarur, deb javob bergan bo’lardim. Kunora dunyoning turli davlatlarida asosan ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli yashab, mehnat qilayotgan muhojirlar bilan sodir bo’layotgan noxush hodisalardan xabardor bo’lyapmiz. Mazkur hodisalar ko’p holatlarda muhojirlar uchun kutilmagan o’lim bilan tugayapti. O’zbekistonlik muhojirlar orasida ham bunday holatlar tez-tez sodir bo’lib turadi. Bunday holatlarda hayot sug’urtasi beradigan himoyani na hukumat, na do’stlar va qarindoshlar bera olmaydi. Shuning uchun hayot sug’urtasini har bir inson, hususan oilada bir kishi ishlayotgan bo’lsa va butun oilaning harajatlari uning daromadiga bog’liq bo’lsa, ochtirib qo’yishi shart, deb hisoblayman.

Hayot sug’urtasining foydalarini asosan ikki turga bo’lib tushuntirish mumkin:

1) Inson o’limidan keyin, o’lim sabablaridan va vaq’tidan qat’iy nazar, shu inson yaqinlariga va merosxo’rlariga beriladi. Mazkur sug’urta shartlariga ko’ra, vafot etgan kishining bir necha yillik daromadi kafolatlangan tarzda uning yaqinlari yoki merosxo’rlariga bittada to’lanadi. Buning natijasida vafot etgan kishining yaqinlari moliyaviy qiyinchilik va tashvishlardan qutuladilar;

2) O’zi uchun hayot sug’urtasi ochtirgan kishi hayoti davomida ushbu sug’urta ichida to’plangan va ko’paygan mablag’larni boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. Undan tashqari, hayot sug’urtasi ochtirgan kishi salomatligi tufayli mehnatga yaroqsiz bo’lib qongan holatlarda ham undan foydalanishi mumkin.

Hayot sug’urtasi tasdiqlangan onidan boshlab huquqiy shartnoma hisoblanadi. Ushbu shartnoma shartlariga ko’ra, sug’urta kompaniyasi o’zi uchun hayot sug’urtasi ochtirgan odamga va uning yaqinlariga yuqorida aytib o’tilgan hayot sug’urtasining ikki turdagi foydalarini berilishini kafolatlaydi. Bunda sug’urta kompaniyasi s o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bekor qilolmaydi yoki voz kecholmaydi. Bu shartlar bajarilishi uchun hayot sug’urtasini ochtirgan shaxs zimmasiga faqat bitta majburiyat tushadi—su’gurta polisida nazarda tutilgan oylik to’lovlarni to’lash. Oylik to’lovlarning miqdori kishining salomatligi, shartnomaning umumiy miqdori (himoya-meros summasi) va boshqa me’zonlarga qarab belgilanadi.

AQShda 800 dan ortiq hayot sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritadi. Ular AQSh va dunyo moliyaviy tizimining eng qudratli va muhim ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Tarixda kamdan kam holatlarda sug’urta kompaniyalarining tugatilishi kuzatilgan. Aksariyat holatlarda sug’urta kompaniyalari 100 yil va undan ortiqroq muddat bankrot bo’lmasdan, mijozlari oldidagi majburiyatlarini to’liq bajarib kelayapti. Qo’shimcha ravishda, AQShda sug’urta kompaniyalari o’zlarini to’xtab qolmasdan ishlab turishlarini hamda mijozlar oldidagi majburiyatlarni to’liq bajara olish uchun ham har bitta shtatda sug’urta majburiyatlarini mijozga to’lab berishni kafolatlaydigan fondlar tashkil etganlar.

Ko’pchilik muhojirlar uchun asosiy mehnat, mablag’ to’plash, oila qurish, farzandlarni voyaga yetkazish va nafaqaga chiqish AQShda o’tadi. Demak, moliyaviy rejalashtirish (xususan hayot sug’urtasi orqali oila daromadini kafolatlangan tarzda himoya qilish) va boshqa muhim maqsadlarga (farzandlarni ta’lim olishlari, uy-joy sotib olish, biznes ochish, nafaqa yillariga mablag’ to’plash) umr o’tib ketmasdan ulgurib qolishga harakat qilinadi. Hayot sug’urtasini ochtirishda oyiga qanchadan summa qo’yib borishga eng ko’p ta’sir qiladigan sabablar bu kishining yoshi va salomatligidir. Demak, bunday shartnomani vaq’tliroq ochtirgan odam yutadi. Xuddi shuningdek, pul to’plash maqsadiga ham ko’p holatlarda shu maqsadga intilayotgan insonning qanchalik vaq’tliroq boshlagani ta’sir etadi.

Hayot sug’urtasi shartnomasini ochtirgandan keyin (o’rtacha 40-45 yoshgacha ochtirish kerak) oila boquvchisi vafot etsa, uning 5-10 yillik daroma oila a’zolariga yoki merosxo’rga to’lanishi kafolatlanadi. Mazkur sug’urta orqali inson hayotining eng xavf-xatarga to’la, daromad manbai  barqaror bo’lmagan yillar, va farzandlar kichik bo’lgan davrning moliyaviy himoyasi kafolatlangan bo’ladi. Farzandlar katta bo’lib, mustaqil daromadga ega bo’lishgach esa, ushbu himoya maqsadi o’zgarib, merosga aylanadi va natijada sug’urta ochtirgan inson, agar uzoq umr ko’rib olamdan o’tsa ham, farzandlariga va keyingi avlodiga jiddiy mablag’ qoldirib ketishi mumkin. Shartnomada ko’rsatilgan summa himoya yoki meros tariqasida merosxo’rlarga o’tishidan qat’i nazar AQShning ko’p shtatlarida bu mablag’ federal daromad solig’idan ozod qilingan.



Agar boshqa mavjud imkoniyatlar bilan solishtirilsa hayot sug’urtasining ichida pul to’plashning ham bir qancha afzalliklari mavjud. Hayot sug’urtasining ichida pul to’plashda, agar shartnomaning tog’ri turi tanlansa, banklar berolmaydigan miqdorda berib ketilayotgan pulni o’stirish imkoniyati mavjud. Ko’p kuchli sug’urta kompaniyalari 3-4% foizda kafolatlangan tarzda oyma-oy qo’yib borilayotgan mablag’larni o’stira oladi. Yetarlicha pul to’plangandan keyin, sug’urta ochtirgan kishi shu to’plangan mablag’ni soliq to’lamasdan olib ishlatishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, siz ushbu shartnoma ichida muntazam ravishda oyma-oy pul ma’lum miqdorda pul to’plab borishingiz natijasida sizga sug’urta (himoya va meros) foyda bo’ladi. Undan tashqari siz ushbu oyma-oy qo’yib kalayotgan mablag’larni boshqa maqsadlarda hm ishlata olasiz. Masalan, farzandlarning ta’lim olishi, nafaqa yillarida ishlatish, uy xarid qilish, va biznes ochish uchun. Maqsadni siz belgilaysiz.

Sug’urta kompaniyalari siz oyma-oy to’lab borayotgan mablag’larni aylantiradi va sarmoya sifatida boshqarish orqali foyda topadi. Xullas, har bitta inson, har bitta oila o’zining individual holatidan kelib chiqib, daromadining past-yuqoriligidan qat’i nazar, o’ziga mos hayot sug’urtasi ochtirishi mumkin.

Bu juda keng mavzu bo’lganligi uchun, muallifning ushbu o’zbek tilidagi video-taqdimotlarini ko’rib chiqishingiz mumkin:

AQSh sug'urta bozorida sug'urta tashkilotlarining ikki turi mavjud - o'zaro sug'urta kompaniyalari va ommaviy kompaniyalar. Ikkinchisi ham, yuridik shaxslar ham kapitalning kapitalida qatnashadilar. Davlat kompaniyalari AQSh sug'urta tizimida taqdim etilmagan. Bozorda ishlash uchun kompaniya o'z mahsulotini ilgari surishni va sotishni rejalashtirayotgan shtatda litsenziya olishi kerak.



AQShda shaxsiy sug'urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar nafaqat to'g'ridan-to'g'ri, balki investitsiya faoliyati bilan ham shug'ullanadilar - ularga Amerika pensiya jamg'armalari ishonadi. Sog'lom investitsiya siyosati tufayli hayotni sug'urtalash kompaniyalari nafaqat o'z mijozlarining mablag'larini ko'paytiribgina qolmay, balki katta daromad olishmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi sug'urta tizimi ham sug'urtalovchilar, ham ko'plab vositachilar tomonidan taqdim etilgan. AQSh sug'urta polislari vositachilar yoki sug'urta agentlari orqali chiqariladi. Amerikada bir necha yuz mingta bunday vositachilar mavjud.

Sug'urta agentlari odatda bitta sug'urtalovchi bilan ishlaydi, uning nomidan polislarni sotadi. AQSh sug'urta tizimidagi brokerlar mustaqil agentlar sifatida qatnashadilar va har bir mijozning istaklarini inobatga olgan holda eng yaxshi sug'urta mahsulotlarini qidiradilar.

AQSH SUG'URTA TIZIMI: BOZORNI TARTIBGA SOLISH

AQSh sug'urta tizimi   markaziy va mintaqaviy hukumatlar tomonidan tartibga solinadi. Federal darajada, AQShda sug'urta deyarli nazorat qilinmaydi - har bir shtatda o'z nazorat va nazorat organlari mavjud. Markaziy hokimiyat faqat muhim sohalarda sug'urtani tartibga soladi.



Muvofiqlashtiruvchi federal organ - sug'urta komissarlari milliy assotsiatsiyasi (NASK), o'z navbatida mintaqaviy sug'urta organlarining rahbarlari kiradi. NASK mahalliy miqyosda nazariy jihatdan o'zgarishi mumkin bo'lgan standartlarni ishlab chiqmoqda, chunki ular maslahat xarakteriga ega.

NASK, shuningdek , bozor ishtirokchilari uchun talablarni ishlab chiqish orqali AQShda sug'urtani nazorat qiladi . Shunday qilib, AQShda, Rossiya sug'urta bozoridan farqli o'laroq , kompaniyani faqat shaxsiy yoki mulk sug'urtasida ro'yxatdan o'tkazish mumkin, ular tegishli ravishda birinchi yoki ikkinchi xizmat turini taqdim etishlari kerak.
Download 222.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling