Aqsh ta`lim tizimi


Download 1.03 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1502654
  1   2   3   4
Bog'liq
Ta\'lim tizimi


AQSh ta`lim tizimi


Joriy yilning iyun-iyul oylarida AQSh davlat ta’limiy va madaniy ishlar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan SUSI dasturi (The Study of the U.S. Institutes for Secondary Educators — O‘rta ta’lim beruvchilar uchun AQSh ta’lim institutlari) bo‘yicha 5 haftalik o‘quv kursini tamomlab qaytdim. Mazkur o‘quv dasturi davomida bizga hamroh bo‘lgan 18 davlat o‘qituvchilari bilan AQSh jamiyati, madaniyati, qadriyatlari va ta’lim muassasalarini o‘rganish maqsadida Montana, Shimoliy Karolina, Kolumbiya shtatlarida bo‘ldik.
Meni ko‘proq AQSh ta’lim tizimi qiziqtirdi. Har qanday o‘qituvchi uchun, shubhasiz, bu eng qiziq masala bo‘lsa kerak. Rivojlangan va ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan mamlakatga qilgan safarim chog‘ida u yerning ta’lim tajribasidan, metodlaridan misqolcha bo‘lsa-da, o‘rga­nib, yurtimga olib ketishni maqsad qildim.
O‘quv-mashg‘ulotlar davomida Amerikadagi o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, u yerdagi ish jarayonini kuzatdik. Bundan tashqari, amerikaliklar oilasida 2 kun yashab, Amerika oilasi va ta’limi o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik borligini angladim.
Davlatning eng muhim tayanchi — ta’lim Amerikaliklar davlatning eng muhim tayanch nuqtasi ta’lim tizimi ekanini allaqachon tushunib yetgan, shuning uchun ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratishadi. Shunga qaramay, tizimda bir qator muammolar ham yo‘q emas.
AQSh ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta va oliy ta’lim bosqichlariga bo‘linadi va u 3 organ tomonidan nazorat qilinadi va moliyalashtiriladi: federal, davlat va mahalliy hokimiyat.



Maktablarda tartib, sharoit, muhit, jarayon turlicha. Sababi, AQShdagi 50 ta shtatning har biri o‘ziga xos ta’lim tizimiga ko‘ra faoliyat yuritadi. Davlat maktablaridagi o‘quvchilar yil davomida o‘zlari yoqtirgan fanlarni tanlash va aynan o‘sha fanlardan chuqurroq ta’lim olish imkoniyatiga ega. Masalan, jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchi o‘zi uchun qiziq bo‘lgan sport turini tanlaydi va maktabda tashkil qilingan jamoa a’zosiga aylanadi. Yuqori sinfda ham o‘quvchi o‘zi o‘rganishi uchun fanlarni tanlay oladi, lekin unga tanlash uchun ko‘proq fanlar taqdim etiladi. Baho qo‘yish masalasida esa amerikalik o‘quvchilar A, B, C, D ko‘rinishida baholanar ekan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning baholarini barchaning oldida e’lon qilmaydi. Ota-onalarga farzandlarining natijalari bir o‘quv yilida 4 marotaba tabelda ko‘rsatiladi. Olingan baholar hisoblanib, u o‘sha ball asosida institutga imtihon topshirishi mumkin.
Safarimiz chog‘ida 6 ta maktabda bo‘ldik. Kuzatishimcha, AQShda ota-onalar maktab tashkiliy ishlarida faol ishtirok etadilar. O‘quvchi darslardan so‘ng, asosan, sport mashg‘ulotlariga jalb qilinadi.

Formadan ham muhim masala bor!

Yurtimizda o‘tgan bir yil davomida o‘quvchilar formasi masalasi anchagina bahslar markazida bo‘ldi. Umuman, bizda o‘quvchining darsga maktab kiyimida kelishini qat’iy nazoratga olishga katta e’tibor qaratiladi. AQShdagi men borgan maktablarda o‘quvchilar maktab formasini umuman kiyishmas ekan.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling