Aqshda tovar belgilarining huquqiy muhofazasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1044562
  1   2
Bog'liq
17237 Vyo3k



AQSHDA TOVAR BELGILARINING HUQUQIY MUHOFAZASI 
(tahliliy maqola) 
Sanoatning rivojlanishi, bozor iqtisodiyotining jadal o‘sishi o‘zaro 
raqobatlashuvchi bozor subyektlariga bir xil turdagi bir necha xil tovarlarni bozorga 
chiqarish imkonini berdi. Savdo-iqtisodiyot sohasidagi raqobat muhiti esa o‘zaro 
raqobatlashayotgan subyektlarda o‘z tovar yoki xizmatlarining iste’molchi 
tomonidan yaxshi tanilishiga ehtiyoj tug‘diradi. Buning uchun iste’molchi oldida 
tovarni uning shu turdagi boshqa alternativlaridan farqlab turuvchi muayyan belgisi 
bo‘lishi lozim. Shu tariqa tovarning bozordagi nomi – tovar belgisi (trademark – 
lug‘. - “savdo belgisi”) tushunchasi paydo bo‘lgan.
Ammo ilk tovar belgilarining kelib chiqish tarixi hali tovar belgisi haqidagi 
tushunchalar paydo bo‘lmasidan – sanoatning rivojlanishi, bozor iqtisodiyotining 
jadal o‘sishidan ham avvalroqqa borib taqalishini manbalar ko‘rsatadi. Jumladan, 
uch ming yil avval hind hunarmandlari hunarmandchilik mahsulotlariga o‘z 
imzolarini o‘yib, Eronga jo‘natganlar. Ikki ming yil avval esa Xitoy savdogarlari 
O‘rta yer dengizida o‘zining ma’lum belgilariga ega tovarlarni sotganlar. Aynan shu 
vaqtlarda mingga yaqin Rim kulollariga tegishli tovar belgilari foydalanishda 
bo‘lgan. Bunday belgilardan eng mashhuri Fortis brendi bo‘lib, uning nusxalari va 
kontrafaktlari ham bo‘lgan. O‘rta asrlarga kelib savdoning gullab-yashnashi bilan 
tovar belgilari yanada kengaygan, ammo hali iqtisodiy ahamiyati o‘smagan edi
1

Keyinchalik sanoat inqiloblaridan so‘ng paydo bo‘lgan bozor sharoiti tovar 
belgilarini huquqiy muhofaza qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Shunday qilib, tovar 
belgisi undan foydalanish yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida himoya 
qilinadigan bo‘lgan
2
. Ammo hozirda tovar belgilariga huquqiy muhofaza faqat ular 
ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘nggina beriladigan tizim butun dunyoda amal 
qilmoqda.
AQSHda tovar belgilarining muhofazasi dastlab ingliz huquqidan kelib 
chiqqan, zotan XIX asrda Amerika sudlari ingliz qonunchiligiga tayanar edi. Shu 
bois ingliz huquqida bo‘lganidek, Amerika sudlari ham huquqning (trademark law) 
tovar belgisidan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanilganda tovar belgisi egasining 
iqtisodiy faoliyatiga yetadigan zarardan himoya qilishi lozimligiga urg‘u bergan. 
Shu bois tovar belgilarining huquqiy holati uzoq vaqt davomida raqobatni tartibga 
soluvchi huquqning tarkibida insofsiz raqobatga olib keladigan mexanizm sifatida 
qarab kelingan. O‘n to‘qqizinchi asrning oxiriga kelib Amerika sudlari “insofsiz 
raqobat” atamasini biroz boshqacha qo‘llashni boshlaydi. Ular barcha farqlovchi 
belgilarning ikki turga ajratadi: intellektual mulk sifatida himoya qilinadigan “texnik 
tovar belgilari” (“technical trademarks”) va faqat insofsiz raqobat bilan bog‘liq 
nizolarda himoya qilinishi mumkin bo‘lgan “savdo nomlari” (“trade names”)ga 
ajratdi. Nomidan tovarni tavsiflab bermaydigan belgilar “texnik tovar belgilari”ga, 
familiyalar, geografik atamalar, tovarni tavsiflovchi nomlar esa savdo nomlariga 
1
Introduction to trademark law and practice. The basic concepts. A WIPO training manual. Geneva. 1993. Second 
edition 
2
(1) 


kiritildi. Shunday qilib Angliyada ham, Qo‘shma Shtatlarda ham tovar belgisiga 
bo‘lgan mulk huquqning tushunchasi faqat ma’lum belgilarga taalluqli bo‘lgan
3
.
AQShdagi bir qancha shtatlar ilgari tovar belgilaridan insofsiz raqobatda 
foydalanishning oldini olish uchun normalar qabul qilgan boʻlsa-da, 
umummamlakat miqyosidagi tovar belgisi toʻgʻrisidagi nizom 1870-yilda kuchga 
kirgan. Ammo ushbu nizom 1879-yilda Tovar belgilari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha 
Oliy sud tomonidan Konstitutsiyaning patent va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi 
qoidalariga zid deb topilgan
4
. 1878-yilda Nyu-Yorkda 17 nafar savdogar va ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan tovar belgilari egalarining huquqlarini himoya qilish va 
kengaytirish, rivojlantirish, zarur qonunchilik hujjatlari bilan ta’minlash, 
huquqlarning amalga oshirilishida yordam berish va ularni rag‘batlantirish 
maqsadida AQSh tovar belgilari assosiatsiyasi (United States Trademark 
Association (USTA) tuzildi. 1908-yilda tashkilot biznes korporatsiyasiga aylanadi 
va Qo‘shma Shtatlar hamda butun dunyoda tovar belgilarini himoya qilish uchun 
keng vakolatlar oladi. 1993-yilga kelib tashkilot o‘z nomini hozirgi – Xalqaro Tovar 
Belgilari Assotsiatsiyasi (International Trademark Association)ga o‘zgartiradi. 
Tovar belgilarini tartibga solish va huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan 
ikkinchi urinish 1881-yilda bo‘lgan, ammo ushbu akt bilan faqat xorijliklar va hind 
qabilalari bilan tijoratda qo‘llanadigan belgilargina tartibga solingan. Tovar 
belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha birinchi zamonaviy federal qoidalar 1905-
yilda (Trademark Act of 1905) qabul qilingan. Ushbu aktga ko‘ra “savdo belgisi” 
(trademark) va “savdo nomi” (trade name) alohida tushunchalar sifatida ajratish 
davom etdi. Ro‘yxatdan esa faqat “savdo nomlari” va akt qabul qilinguniga qadar 
10 yil davomida faol bo‘lgan “savdo belgilari”nigina o‘tkazish belgilab qo‘yildi. 
Tovar belgisi egalarining huquqlarini yanada aniqlashtirish va mustahkamlash 
uchun 1905-yilgi Akt 1946-yilda qabul qilinib, 1947-yildan kuchga kirgan Lanham 
Akti bilan almashtirildi. Unga ko‘ra tovar belgilariga bo‘lgan huquqning amal qilish 
hududi kengaydi, tovar belgilari egalarining huquqlarini himoya qilish uchun 
“nizolashilmaydigan” (“incontestable”) “tovar belgisi” instituti (tovar belgisidan 
foydalanishning 5-yilidan so‘ng olish mumkin) kiritildi. 1949-yilda Amerika 
Qo‘shma Shtatlari (hozirgi Xalqaro) Tovar belgilari assotsiatsiyasi namunaviy 
“Tovar belgilari to‘g‘risidagi bill” (Model State Trademark Bill) loyihasini 
tayyorladi. 1964- va 1992-yillarda qayta ko‘rib chiqilgan namunaviy qonun loyihasi 
aksariyat shtatlarning amaldagi qonunchiligi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan
5

AQSh huquqiy tizimiga ko‘ra quyidagi uch xususiyatga ega tovar belgilari 
himoya qilinadi: 
 bir xil turdagi tovar yoki xizmatlardan farqlovchi bo‘lishi; 
 himoyalanishdan mahrum bo‘lmagan bo‘lishi (3 yildan ortiq 
foydalanilmaganda); 
3
Restatement (third) of unfair competition § 9 (1995) 
4
Trademark Law: An Open-Source Casebook Version 6.0 (Summer 2019). Barton Beebe. John M. Desmarais 
Professor of Intellectual Property Law New York University School of Law
5
(4) 


 tijoratda qo‘llanishi. 
Ko‘pgina mamlakatlarda tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar ro‘yxatdan o‘tish 
yo‘li (“First to File” deb nomlanadi) bilan belgilansa, AQShda, Buyuk Britaniyada 
bo‘lgani kabi, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar uni tijoratda birinchi marta ishlatgan 
kishiga tegishli bo‘ladi. Ushbu usul “First to Use” deb nomlanib, tovar belgisi 
himoyaga ega bo‘lishi uchun tovar yoki xizmatlar bilan bog‘liq holda tovar 
belgisidan haqiqatda foydalanishni talab qiladi. Kelib chiqqan nizolarda ham tovar 
belgisini birinchi ishlatgan shaxs huquqqa egalik qiladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan 
bunday tovar belgilariga (
TM
), (
SM
) belgilarini qo‘yish mumkin.
Biroq AQShda tovar belgisini to‘liq himoya qilish uchun uni USPTO (United 
States Patent and Trademark Organization) orqali yoki Madrid Protokoliga muvofiq 
ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi 
afzalliklarni beradi: 
 tovar belgisi egasining ommaga ma’lum bo‘lishi; 
 boshqa mamlakatlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam beradi; 
 Federal sudlarda har qanday da’vo qo‘zg‘atish imkonini beradi; 
 tovar belgisiga egalik qilishni isbotlashda ko‘p miqdordagi dalillarga 
bo‘lgan ehtiyojni yo‘q qiladi; 
 qonuniy muhofaza belgisi (
®
)ni olish imkoniyati; 
 AQSh bojxona va chegara himoyasi (U.S. Customs and Border 
Protection) tovar belgisi egasining huquqlarini buzishi mumkin bo‘lgan 
tovarlarni olib kirishni to‘xtata oladi. 
AQShda tovar belgisining amal qilish muddatiga cheklov yo‘q. Tovar 
belgisidan foydalanish davom etar ekan, tovar belgisiga egalik huquqi saqlanib 
qoladi
6
. Agar tovar belgisi shtat yoki Federatsiya ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, 
uning himoya qilinishi faqat u ishlatiladigan ma’lum geografik hudud bilan 
chegaralanib qolishi mumkin.
Tovar belgisini shtat ro‘yxtidan o‘tkazilganda tovarning himoyasi va u bilan 
bog‘liq huquqlar faqat shu shtatda amal qiladi. Qolaversa, barcha shtatlarda ham 
tovar belgilarini roʻyxatga olishning maʼlumotlar bazasi mavjud emas, bu uchinchi 
shaxslarning ushbu tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan xabardor boʻlmasligini, 
oqibatda tovar belgisi egasining huquqlari buzilish ehtimoli ko‘pligini anglatadi. 
Tovar belgisini USPTO ro‘yxatidan o‘tkazish esa butun mamlakat bo‘ylab tovar 
belgisini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
“Butunjahon tovar belgisi”, “tovar belgisini butunjahon ro‘yxatdan o‘tkazish” 
kabi tushunchalar bo‘lmasa-da, Madrid Protokoliga ko‘ra bir tovar belgisini bir 
nechta mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Ushbu xalqaro hujjat unga a’zo 
bo‘lgan 100 dan ortiq mamlakatda tovar belgisini yagona ariza bilan, agar tovar 
belgisi roʻyxatdan oʻtish uchun qonuniy talablarga javob bersa, ro‘yxatdan o‘tkazish 
imkonini beradi. Madrid Protokoliga ko‘ra “xalqaro ro‘yxatga olish” tushunchasi 
6
Intellectual Property Rights in the USA. Intellectual Property Office. Published: June 2013 


yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ro‘yxatga olish butun dunyo bo‘ylab amal qiladigan 
huquqlarni yaratmaydi. Shartnoma turli mamlakatlarda tovar belgisini ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun ariza berishni soddalashtiradi, ammo u tovar belgisining har bir 
mamlakatda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlamaydi. Har bir 
davlatning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vakolatli idorasi arizani koʻrib chiqadi va tovar 
belgisi oʻsha mamlakatda roʻyxatdan oʻtish-o‘tmasligini hal qiladi
7
.
AQShda ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisiga undan foydalanish va shu haqidagi 
tegishli ma’lumotlar USPTOga taqdim etilishi qadar davom etaveradi. Buning 
uchun belgilangan davriy oraliqlarda to‘lovlar bilan texnik xizmat ko‘rsatish 
hujjatlarini taqdim etish talab etiladi.
AQShda o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan 
(inherently distinctive) kuchli ta’sir qiluvchi 
(strong) tovar belgisiga ega bo‘lish muhim. 
Bu tovar yoki xizmatning tez va aniq 
tanilishini ta’minlaydi. Tovar belgisi 
qanchalik kuchli ta’sir qiluvchi bo‘lsa, undan 
boshqalar 
tomonidan 
noqonuniy 
foydalanishning oldini olish shunchalik oson 
bo‘ladi. Aniq bo‘lmagan (weak) tovar 
belgilarini himoya qilish qiyin bo‘lishi va 
qimmatga tushishi mumkin, chunki ular 
kuchli ta’sirga ega tovar belgilari kabi 
qonuniy himoyaga ega emas (1-rasm). 
Kuchli ta’sirga ega tovar belgilariga o‘ziga xos, kreativ, boshqa 
raqobatchilardan ajralib turadigan noyob tovar belgilari kiradi. Ular “fanciful, 
arbitrary or suggestive trademarks” deb nomlanadi. “Fanciful trademarks” bu – 
o‘ylab topilgan so‘zlar bo‘lib, faqat o‘zlarining tovarlari yoki xizmatlariga nisbatan 
ma’no kasb etadi. Neft bo‘yicha tovar belgisi Exxon
®
, salqin ichimliklar bo‘yicha 
tovar belgisi Pepsi
®
shular jumlasidandir. “Arbitrary trademarks” bu - asosiy tovar 
yoki xizmatlar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan, ammo mustaqil ma’no 
anglatuvchi so‘zlardir. Apple
®
tovar belgisi buning yorqin misolidir. “Apple” so‘zi 
qishloq xo‘jaligi mahsuloti uchun tovar belgisi bo‘la olmaydi, ammo texnika 
mahsulotlari uchun bu noyob nom hisoblanadi. “Suggestive trademarks” bu
tovarlar yoki xizmatlarning xususiyatiga ishora qiladigan, ammo ularni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatmaydigan so‘zlardir.
Aniq bo‘lmagan (weak) tovar belgilarini raqobatchilardan himoya qilish qiyin 
va ular ko‘pincha tovar belgisi sifatida federal ro‘yxatga olinmaydi. Bunday 
belgilarga tavsiflovchi (descriptive) va umumiy (generic) savdo belgilari kiradi. 
Tavsiflovchi tovar belgilari tovar yoki xizmatlarni boshqalaridan ajratmasdan, faqat 
ba’zi jihatlarini tavsiflaydi. Yogurt uchun “Creamy” (kremli) nomi shular 
jumlasidan. Ular faqat ma’lum holatlarda, masalan, shunday tovar belgisi ko‘p yillar 
7
 
https://www.uspto.gov/trademarks/basics/why-register-your-trademark
  
1-rasm 


davomida savdoda keng foydalanish orqali o‘ziga xoslik kasb etganda, ro‘yxatdan 
o‘tkazilishi mumkin. Tovar yoki xizmatlar bir turning umumiy nomini bildiradigan 
(generic) nomlar esa tovar belgisi bo‘la olmaydi.
Quyidagi jadvalda AQShda tovar belgisi bilan bog‘liq umumiy holatni 
ko‘rishimiz mumkin:
Tovar belgisiga himoyani olish narxlari ham ahamiyatga molik. Tovar 
belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berish va uni olish xarajatlari bir nechta 
omillarga bog‘liq. Misol uchun, arizaning dastlabki narxi arizachi tanlagan ariza 
topshirish shakli variantiga va arizadagi tovarlar yoki xizmatlar sinflari soniga 
bog‘liq. Ariza topshirgandan so‘ng, arizaning asosiga qarab qo‘shimcha to‘lovlarni 
to‘lash kerak bo‘lishi mumkin. Savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, 
ro‘yxatdan o‘tishni saqlab qolish uchun vaqti-vaqti bilan texnik to‘lovlarni to‘lash 
kerak bo‘ladi. Mazkur jadvalda onlayn ariza topshirishning ikki xil variantini 
ko‘rishimiz mumkin: 
TEAS Plus (Trademark Electronic Application System Plus
)
varianti orqali 
asosiy reyestrda tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisiga dastlabki ariza berish 
mumkin. TEAS Plus arzonroq usul bo‘lsa-da, TEAS Standard variantidan ko‘ra 
ko‘proq talablarga ega. Dastlabki arizada tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan 
har bir sinf uchun alohida to‘lov qilinadi. Agar tovar belgisi ro‘yxatdan 
o‘tkazilayotgan sinf ro‘yxatda bo‘lmasa va uni alohida yozish talab etilsa, ariza 
topshirish faqat TEAS Standard orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek
arizachida TEAS Plus orqali talab etiladigan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda ham 
TEAS Standarddan foydalanish mumkin. Bunday holda ariza topshirilgach, u 
USPTOning huquqshunosi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazildi, endi u to‘liq huquqiy muhofazaga ega. 
Ammo bu tovar belgisi egasining huquqlari hech qachon buzilmasligini 
anglatmaydi. Xo‘sh, AQShda tovar belgisi egasi buzilgan huquqlarini tiklash uchun 
qanday harakatlarni amalga oshira oladi? 
8
WIPO tomonidan ishlab chiqilgan, 1957-yildagi Nice shartnomasi bilan joriy etilgan va hozirda 45 sinfdan iborat 
klassifikatsiya 
Vakolatli organ 
United States Patent and Trademark Organization 
“Nice” klassifakatsiyasi
8
amal qiladi 
Parij konvensiyasi 
amal qiladi 
Madrid tizimi 
amal qiladi 
Multi-sinf tizimi 
amal qiladi 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling