Aqxai agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti aif ta’lim yo’nalishi 2/67-guruh talabasi Ibrohimov Xusanboyning O’xk fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 8.54 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi8.54 Kb.
#1488897
  1   2   3
Bog'liq
Xusanboy O\'XK

AQXAI Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti AIF ta’lim yo’nalishi 2/67-guruh talabasi Ibrohimov Xusanboyning O’XK fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu:Zararkunandalarga qarshi kurash usullari.

Reja: 1.Zararkunandalarga qarshi kurash vositalari 2.O’simlik zararkunandalariga qarshi kurash choralari 3. Agrotexnik tadbirlarning zararkunandalar bilan kurashdagi o'rni

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2020 yil 10 apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘simliklar dunyosi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator maqsad va vazifalar belgilab berilgan.


Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yaxshi hosildorlikka erishish uchun, avvalo, yerga yaxshi ishlov berish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish talab etiladi. Ekiladigan har bir o‘simlik muayyan agrotexnik bosqichlardan o‘tgach yaxshi hosil berishi mumkin. Bundan tashqari, o‘simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilmay turib, ulardan sifatli va yuqori hosil olib bo‘lmaydi. Bu masala, ayniqsa, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Soha mutaxassislari fikricha, bugungi kunda mamlakatimiz ekin maydonlarida zararli kasallik turlarining salmog‘i ortib bormoqda. Zararkunandalar hamda begona o‘tlar qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va yetishtirilgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlardir. Bugungi kunda o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda oson va tezkor usul sifatida kimyoviy usul qo‘llanilmoqda. Ammo bu usulni ekologik va iqtisodiy nuqtai nazardan afzal deb bo‘lmaydi. Kimyoviy usuldan faqat oxirgi chora sifatida foydalanish mumkin.
Qishloq xo‘jaligida begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashishda ko‘p holatda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo‘lgan turli pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar, birinchidan, inson organizmi va atrof- muhit uchun zararli sanaladi. Ular bilan ishlaganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Chunki ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo‘lini zaharlab, butun organizmga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchidan, bu kimyoviy preparatlar zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya’ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi. Shu sababli bu preparatlardan faqat o‘ta zararlangan joyga so‘nggi chora sifatida foydalanish mumkin, aks holda u ham o‘simlikka, ham foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: uni umumiy holda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uchinchidan, ushbu kimyoviy preparatning narxi qimmat, iqtisodiy jihatdan zarar keltiradi.

Download 8.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling