Arab frazeologizmlarini tarjima qilish xusususiyatlari
Download 29.95 Kb.
|
ARAB FRAZEOLOGIZMLARINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA ADABIYOTLAR RO’YHATI KIRISH
ARAB FRAZEOLOGIZMLARINI TARJIMA QILISH XUSUSUSIYATLARI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………. 1 BOB. FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Tilshunoslikda frazeologizmlar……………………………………… Zamonaviy tilshunoslikda frazeologizm muammolari………………. 2 BOB. ARAB FRAZEOLOGIZMLARINI TARJIMA QILISH 2.1. Arab frazeologizmlarining tarjimada berish xususiyatlari…………….. 2.2. Arab Frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili va ularni tarjimada berish ……………………….. XULOSA ADABIYOTLAR RO’YHATI KIRISH Ma'lumki, ilmiy-texnika revolyutsiya jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchlari va ular o'rtasidagi munosabatlarga, ulardagi miqdor va sifat ko'rinishlariga ta'sir qilibgina qolmay, balki u hayotimizning hamma sohalarida o'zgartiruvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Binobarin, bu faollikning asosiy omili, avvalo, til hisoblanadi. Chunki hayot va jamiyatdagi har qanday o'zgarishlar, dastlab, tilda va uning vositasida amalga oshadi. O‘zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning PQ-289-son 21.06.2022-yildagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida bir qator yangiliklar amalga oshirilishi ham ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqishga qaratildi. Har qanday milliy tilning lug'at tarkibi, uning jami so'z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. U doimo harakatda va o'sishda bo'ladi. Tilning rivojlanish samarasi esa, asosan ikki omilga, uning ichki va tashqi o'sish manbalaridan qanday foydalana bilishga bog'liq bo'ladi Xalqaro aloqalarning kengaya borishi, millatlar muvaffaqiyati va yutuqlarining samimiy umumlashuvi, ayniqsa, fan, madaniyat, sanoat, siyosat va xalq xo'jaligi sohalarida ilg'or tajriba almashuvlar, dunyoning turli burchaklaridan kelgan xabar va ma'lumotlarni har kim o'z ona tilida qayta ishlab chiqishi kabi obyektiv va zaruriy omillar tillar rivojiga, ular lug'at tarkibining tashqi manbalar hisobiga boyib borishiga barakali ta’sir qilmoqda. Fan va texnologiyaning rivojlanishi, ommaviy axborot vositalarining keng qo‘llanilishi, xalqaro turizmning ahamiyati, madaniy va savdo aloqalarining oshishi dunyo xalqlari o'rtasida aloqani ta'minlashda mamlakatlar tillaridan foydalanish zarurati, ikkinchi yoki hatto uchinchi tilni o'rganish zarurati tug’ildi. Bugungi kunda arab tili jahon tillari orasida o‘z ahamiyati va ta’sirchanligini oshirib borayotgan tildir. Mamlakatimizning keyingi yillarda tobora arab davlatlari bilan savdo, siyosiy va iqtisodiy aloqalari kuchayib bormoqda. Arab tili yigirma ikki arab davlatida ona tili va aksariyat musulmon mamlakatlarida ikkinchi til hisoblanadi. Arab tili ‘ingliz, xitoy va ispan tillaridan keyin eng ko'p gapiriladigan til sifatida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Shu ma'noda biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda arab frazeologizmlarini tarjima qilishdagi muammolar va ularni lingvomadaniy tahlil qilishga harakat qildik. Bunda ishimizda asosiy aspekt sifatida arab frazeologizmlari turadi. Frazeologizmlar tuzilishi, leksik–semantik, funksional–uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatilariga ega bo‘lgan til birligidir. Frazeologizmlarni nutqni bezovchi vosita sifatida o‘rganish umuman xato hisoblanib, ular ham boshqa til birliklariga o‘xshab yuqori informativ shakldagi xususiyatga ega bo‘lish bilan birgalikda, tilda nominativ va kommunikativ vazifa bajaruvchi birliklar hisoblanadi. Frazeologizmlar universal til vositalari bo‘lib, ularsiz til mavjud emas. Frazeologizmlarning stilistik imkoniyati o‘ta muhumdir. Frazeologik stilistika, frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga tayanadi. Zero, frazeologik birliklar tilda nominativ funksiya bajarish bilan bir qatorda, malum bir emotsionallikka, ekspressiv o‘ziga xosliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Til tarixi hamda etimologiya frazeologik birliklarning etimologik tahlilida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Download 29.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling