Arab siyosiy arbobi, islom dini asoschisi


Download 397.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi397.79 Kb.
#1395519
Bog'liq
Muhammad - Vikipediya



Muhammad
Arab siyosiy arbobi, islom dini asoschisi


Islom
Islom tarixi
Din asoslari
Allohning birligi • Tavhid
Farishtalar • Kitoblar
Paygʻambarlar • Qiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
Namoz • Roʻza
Haj • Zakot
Muhim Shaxslar


Muhammad•
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar •
Ahli bayt • Ashari mubashshara
Muqaddas matnlar
Qurʼon • Hadis • Shariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
Makonlar • Islom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablari • Soʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
Jihod • Bayramlar
Muborak kechalar
Islom portali


Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh
(arabcha: ٰ
ٱ ﺪْﺒَﻋ ِﻦﺑ ﺪﻤ َﺤ ُﻣ; tax. 570-yil,
Makka — 8-iyun 632-yil, Madina)
[1][2]

islom dini va birinchi musulmonlar
jamoasi asoschisi. Musulmonlar
eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi
paygʻambari va uning elchisi. Shu
maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram
deb atash odat tusiga kirgan. Islom
taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini
aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu
alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki
„alayhissalom“ (a.s.) deb salavot 
aytib
qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad
orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan.


Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga
mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin
Makka zodagonlariga yaqin oilada
tugʻilgan. Muhammadning bolalik va
oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda
kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim
qolgan; tugʻilmasidan avval otasi
Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina
vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga
olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp
oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani
tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz
zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad
bir muddat Abu Tolibning podasini
boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi.
Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida
Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva


ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka
beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan
shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar
qiladi, xususan, Halab va Damashq
shaharlariga boradi. Muhammad 25
yoshida (595-yil) 40 yoshlarga borib
qolgan Xadichaga uylanadi.
Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim,
Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab,
Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari
goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan
Fotimagina Muhammad naslini davom
ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng
Muhammad bir necha bor uylangan (lekin,
Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan),
ulardan farzand koʻrmagan. Faqat
joriyasi Mariyadan Ibrohim ismli oʻgʻli


boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan
oʻtgan.
Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini
boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni
qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida
joylashgan gʻorga borib ibodat bilan
mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan
610-yilda Muhammad Makkada oʻzining
Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi.
Buni birinchilardan boʻlib Xadicha,
Muhammadning amakivachchasi Ali ibn
Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn
Horisa eʼtirof etib iymon keltirishgan. Koʻp
oʻtmay, Makkaning eng nufuzli
savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha,
Saʼd ibn Abu Vaqqos,Usmon ibn Affon va


keyinchalik Madinaning eng nufuzli
savdogari boʻladigan Abdurahmon ibn
Avf Muhammadni chin paygʻambar deb
tan olishgan. Muhammad izdoshlari
jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan
oshmagan. Makkaning asosiy aholisi,
ayniqsa, nufuzli qurayshliklar esa
Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq
dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning
natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11
xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya)
ga koʻchib ketgan. Muhammad
jamoasiga jasur jangchilar sifatida
tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning
qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi.
Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining
Muhammad va uning tarafdorlariga


dushmanligi yanada kuchaydi. 620-yilda
Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning
vafotidan soʻng Makkada vaziyat
yomonlashadi, Muhammad muayyan
xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy
Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va
Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad
bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va
yordam qilishga vaʼda berishadi,
Muhammadni Yasribga koʻchib borishga
daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning
izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan
quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda
guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida
Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab
ketadi. 622-yildada yuz bergan bu
koʻchish payti (arab, hijrat)dan


musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi
boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy
(„Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha,
Madina deb ataladigan boʻldi.
Madinada birinchi masjid qurildi, islom
arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba
qibla qilib belgilandi. Jamoani
jipslashtirish va uni kengaytirish uchun
makkalik mushriklarga qarshi kurashish
zarur edi. Makkaliklarga qarshi
uyushtirilgan iqtisodiy urush ular
farovonligining asosiy manbai boʻlgan
savdo karvonlari ishini chippakka
chiqardi. 624-yil>da Badr quduqlari
oldida Badr jangi, 625-yilda Uhud togʻi
etagida Uhud janglari boʻldi. 626-yilda


makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil
zarba berish maqsadida yirik harbiy
safarga otlanishdi. Muhammad Madinani
uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar
atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u
yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi.
Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar
qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida
nizolar boshlandi. Natijada Madina
qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina
jamoasini yanada jipslashtirish bilan
birga, unga yangi-yangi badaviy
qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi.
Hijratning 6-yilida makkalik quraysh
zodagonlari mavjud muammolarni
kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish
uchun Muhammad bilan tengma-teng


muzokara olib borishga majbur boʻlishdi.
Madinaga qarshi kurashning
yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon
Muhammad tarafiga oʻtdi. 630-yilda
Makka Muhammadga jangsiz taslim
boʻldi, makkaliklar Muhammad
jamoalariga qoʻshildi. 631-yilda koʻp
qabilalar Muhammadga boʻysundi va
islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632-
yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini
olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan
ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi
marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu
vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat
Makkaning islom dini markazi sifatidagi
mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan
buyon oʻtgan barcha asrlar davomida


musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi.
Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom
etmagan kasallikdan soʻng Muhammad
Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz
hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi
keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid
ichida qolgan, musulmonlarning
ziyoratgohiga aylantirilgan.
Muhammadning hayoti va tarjimai holi
siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari
haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon
etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad
komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat
paygʻambarning hayoti barcha


musulmonlar uchun namuna boʻlishi
kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida
Muhammad hech qanday gʻayritabiiy,
ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki
hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning
chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd
etiladi.
Muhammadning shakl-u shamoyillari,
siyrat-u sifatlari, insoniy fazilatlari,
boshqa paygʻambarlardan farq etadigan
xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga
yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan
sahobalar hamda nikohida boʻlgan
ayollari tomonidan naql qilingan
rivoyatlar asosida koʻplab asarlar
bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning


„Shamoili nabaviya“, Muhammad
Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar
Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“,
Muhammad ibn Solihning
„Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning
„Siyari sharif“, Akbarobodiyning "[[Nodirul-
meʼroj]“, Sayyid Mahmud Taroziyning
„Shirin kalom“, „Nurul kalom“,
„Nurulbasar“ va boshqa koʻplab
mualliflarning asarlarini misol qilib
keltirish mumkin. Imom Termiziyning
„Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular
ichida qadimiyligi va rivoyatlarining
sahihligi bilan ajralib turadi. Unda
Muhammadning jismoniy va axloqiy
xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan.
Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida


„Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan
muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-
soqollarining oqu-qorasi nechta
boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq
kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-
qalqonlari, salla-choponlari, yegan va
yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va
keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari,
xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari,
soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish
va hazil-mutoyibalari, musiqa va
sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va
riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-
turishlari, tibbiyotga munosabatlari,
kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari,
umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari,
qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari


toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar
orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari
toʻgʻrisida jumladan shunday naql
qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik
novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl,
oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish,
koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta
qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining
yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga
tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari
orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek
koʻrinib turar, terlasalar, marjondek
terlaridan muattar hid taralar, biror
kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar
boshlarinigina burib qaramay, balki butun
gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old


tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa
tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.
Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-
nashri), T., 1997; Imom atTermiziy,
Shamoili Muhammadiyya, T., 1991;
Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-
kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar
hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A.,
Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob:
Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad,
Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor
kutilgan tong], T., 2003.
Mansur, Abdulaziz. OʻzME. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar


1. 
Conrad, Lawrence I. (1987). „Abraha
and Muhammad: some observations
apropos of chronology and literary
topoi in the early Arabic historical
tradition1“. Bulletin of the School of
Oriental and African Studies. 50-jild,
№ 2. 225–40-bet.
doi:10.1017/S0041977X00049016
(https://doi.org/10.1017%2FS00419
77X00049016) .
Sherrard Beaumont Burnaby.
Elements of the Jewish and
Muhammadan calendars: with rules
and tables and explanatory notes on
the Julian and Gregorian calendars (h
ttps://archive.org/details/elementsof
Manbalar


jewish00burnuoft) . G. Bell, 1901 —
465 (https://archive.org/details/elem
entsofjewish00burnuoft/page/465)
bet.
Hamidullah, Muhammad (February
1969). „The Nasi', the Hijrah Calendar
and the Need of Preparing a New
Concordance for the Hijrah and
Gregorian Eras: Why the Existing
Western Concordances are Not to be
Relied Upon“ (https://web.archive.or
g/web/20121105021544/http://aaiil.
org/text/articles/islamicreview/196
9/02feb/islamicreview_196902.pdf)
(PDF)
. The Islamic Review & Arab
Affairs. 6–12-bet. 5–noyabr 2012–
yilda asl nusxadan (http://aaiil.org/te
xt/articles/islamicreview/1969/02fe


b/islamicreview_196902.pdf)
(PDF)
arxivlandi.
2. 
Elizabeth Goldman (1995), p. 63, gives 8
June 632 CE, the dominant Islamic
tradition. Many earlier (primarily non-
Islamic) traditions refer to him as still
alive at the time of the Muslim conquest
of Palestine. See Stephen J.
Shoemaker,The Death of a Prophet: The
End of Muhammad’s Life and the
Beginnings of Islam, page 248, University
of Pennsylvania Press, 2011.
Kitoblar
Method and Theory in the Study of
Islamic Origins. E. J. Brill, 2003.
Oʻqish uchun


ISBN 978-90-04-12602-2. 
Cook, Michael
. Muhammad (https://arc
hive.org/details/muhammad0000cook_
h0b4) . Oxford University Press, 1983.
ISBN 978-0-19-287605-8. 
Guillaume, Alfred
. The Life of
Muhammad: A translation of Ibn Ishaq's
Sirat Rasul Allah (https://archive.org/det
ails/TheLifeOfMohammed) . Oxford
University Press, 1955.
ISBN 0-19-636033-1. 
Hamidullah, Muhammad
. The Life and
Work of the Prophet of Islam.
Islamabad: Islamic Research Institute,
1998. ISBN 978-969-8413-00-2. 


The Biography of Muhammad: The
Issue of the Sources – Islamic History
and Civilization: Studies and Texts, Vol.
32 (https://archive.org/details/biograph
yofmuham0000unse) . Brill, 2000.
ISBN 978-90-04-11513-2. 
Musa, A. Y. 
Hadith as Scripture:
Discussions on The Authority Of
Prophetic Traditions in Islam, New York:
Palgrave, 2008
Rubin, Uri
. The Eye of the Beholder: The
Life of Muhammad as Viewed by the
Early Muslims (A Textual Analysis) (http
s://archive.org/details/eyeofbeholderlif0
000rubi) . Darwin Press, 1995.
ISBN 978-0-87850-110-6. 


Schimmel, Annemarie
. And Muhammad
is His Messenger: The Veneration of the
Prophet in Islamic Piety (https://archive.
org/details/andmuhammadishis00sch
i) . The University of North Carolina
Press, 1985. ISBN 978-0-8078-4128-0. 
Maqolalar
Ali, Tariq, „Winged Words“ (review of
Maxime Rodinson, 
Muhammad,
tarjimon — Anne Carter, NYRB, March
2021, 373 s., ISBN 978 1 68137 492 5),
London Review of Books, vol. 43, no. 12
(17 June 2021), s. 11-14.
Onlayn
Muḥammad (http://www.oxfordislamic


studies.com/article/opr/t236/e0550) ,
in 
The Oxford Encyclopedia of the
Islamic World, by Ahmad S. Moussalli,
Gordon D. Newby, Ahmad Moussalli
Muhammad: Prophet of Islam (http://w
ww.britannica.com/eb/article-910585
3/Muhammad) , in 
Encyclopædia
Britannica Online, by Nicolai Sinai and
W. Montgomery Watt


Muhammad haqida Vikipediyaning
qardosh loyihalarida koʻproq bilib
oling
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda
Media fayllar Vikiomborda
Taʼlim resurslari Vikiversitetda
Xabarlar Vikiyangiliklarda
Iqtibos, maqol va matallar
Vikiiqtibosda
Asarlar matnlari Vikimanbada
Kitob va darsliklar Vikikitobda
Muhammad (http://www.britannica.co
m/eb/article-9105853/Muhammad)
Havolalar


Encyclopædia Britannicada 
(ingl.)
Muhammad (https://curlie.org/Society/
Religion_and_Spirituality/Islam/Prophe
ts/Muhammed) Curlie katalogida 
(ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Portallar:
Biografiya
Islom


Bu sahifa oxirgi marta 7-Aprel 2023, 12:40 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipe
dia.org/w/index.php?title=Muhammad&a
ction=edit) Vikipediyaga yordam
berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Muhammad&oldid=3639816" dan 
olindi

Download 397.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling