Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi
Download 93.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad - Vikipediya
Muhammad Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan
kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan. Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan.
Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan. Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn Horisa
eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan
maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat )dan
musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi. Madinada birinchi masjid qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi.
Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi (q.
Xudaybiya bitimi ). Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu
vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
Download 93.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling