Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi


Download 34.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi34.8 Kb.
#1649155
  1   2
Bog'liq
Muhammad - Vikipediya



Muhammad
Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi
Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — 
islom
dini va
birinchi 
musulmonlar
jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi
paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat
tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga
koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki
„alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali
odamlarga 
Qurʼon
nozil qilingan.
Quraysh
 qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin 
Makka
zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi
maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi
Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan
bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi
Abu Tolib
 oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini
boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn
Asʼadning qizi, badavlat beva ayol 
Xadicha
xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning
savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad 
Suriyaga
 safar qiladi, xususan, 
Halab
va
Damashq
shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan
Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya,
Zaynab, Ummu Kulsum, 
Fotima
) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan
Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir
necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand
koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida
olamdan oʻtgan.


Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab,
Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga
tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining 
Allohdan
vahiy olayotganligini
eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi 
Ali ibn Abu
Tolib
, hamda asrandi oʻgʻli 
Zayd ibn Horisa
 eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay,
Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan 
Abu Bakr

Zubayr
, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos,
Abdurahmon ibn Avf
va 
Usmon ibn Affon
Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan.
Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy
aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik
bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston
(hozirgi 
Efiopiya
) ga 
koʻchib
ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan
Hamza va 
Umar ibn Xattobning
qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh
zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda
Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi,
Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan
yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik
bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni 
Yasribga
 koʻchib borishga
daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh
zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu
Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, 
hijrat
)dan
musulmonlar erasi — 
hijriy yil
hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar
shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
Madinada birinchi 
masjid
 qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, 
Kaʼba
 
qibla
qilib
belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi
kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining
asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari
oldida 
Badr jangi
, 625 yilda Uhud togʻi etagida 
Uhud jang
lari boʻldi. 626 yilda makkaliklar
madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad
Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u
yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal
qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu
gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy
qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud
muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng
muzokara olib borishga majbur boʻlishdi (q. 
Xudaybiya bitimi
). Madinaga qarshi kurashning
yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka
Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda
koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil


martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi
bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (
haj
)ga bordi. Bu 
vidolashuv haji
boʻlgan. Mana
shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan
buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan
81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi.
Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta
masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi
rivoyatlar 
hadislarda
bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida
taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi
kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy
xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi
paygʻambari ekanligi qayd etiladi.
Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa
paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan
bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan
rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan 
Abu Iso Termiziyning
„Shamoili nabaviya“,
Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“,
Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“,
Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“,
„Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom
Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining
sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil
taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri
nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-
kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va

Download 34.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling