Arab xalifaligi istilochilik qarshi kurashlar


Bular orasida doimiy ravishda soni o‘sib borgan quyidagi devonlarni qayd etib o‘tish mumkin


Download 110 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi110 Kb.
#1204921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arab xalifaligi istilochilik qarshi kurashlar

Bular orasida doimiy ravishda soni o‘sib borgan quyidagi devonlarni qayd etib o‘tish mumkin:

  • devon ul-jund (harbiy ishlar devoni) – qo‘shinni qurol-aslaha va jihozlar bilan ta’minlagan. U xalq lashkari va yollanma askarlar ro‘yxatini tuzuvchi amaldorlar hamda harbiy xizmatlar uchun belgilangan maosh hamda yer taqsimotini yuritgan va nazarot qilgan;

  • devon ul-xaraj (markaziy moliya devoni) – turli soliqlar va pul, hamda natural holda xazinaga tushadigan to‘lovlar hisobini yuritish bilan shug‘ullangan;

  • devon ul-barid (yo‘l va pochta xizmati devoni). U pochta va davlat yuklarini yetkazib berish, yo‘llar, karvon-saroylar, sardoba va quduqlar qurilishi hamda ta’mirlanishini, shuningdek ishlashini nazorat etish bilan shug‘ullangan. Bu boshqarma markazdan joylarga va aksincha, ma’lumotlar yetkazib turishning eng tezkor va yagona tashkiloti hisoblangan. Pochta muassasasi aholi va mahalliy hokimiyatning siyosiy kayfiyati va faoliyati ustidan yashirincha nazorat olib borgan. Bu uning ahamiyatini oshirgan. Shuning uchun ham pochta amaldorlari viloyatlardagi mansabdorlarga bo‘ysunmaganlar. Maxfiy kuzatuvni nafaqat pochta xizmatchilari, balki maxsus vakolatga ega savdogarlar ham amalga oshirgan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, irrigatsiya qurilishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus mahkama ham faoliyat ko‘rsatgan1.

Mahalliy boshqaruv sohasi ham ilgarigi holatida deyarli o‘zgarishsiz qoldiriladi (masalan, sobiq Vizantiya va Eron viloyatlarining mahalliy ma’muriy moliya muassasalari). Quyi boshqaruv tizimida dehqonchilik va sug‘orish ishlari umumiy tartib asosida boshqarilgan.
Xalifalik ma’muriy-hududiy jihatdan dastlab noibliklarga bo‘lingan. Abbosiylar hukmronligi davriga kelib deyarli mustaqil boshqariluvchi viloyatlarga taqsimlangan. Noibliklar xalifa oldida hisobdor bo‘lgan harbiy noib – amirlar tomonidan, viloyatlar o‘z navbatida amirlar tomonidan boshqarilgan.
Movarounnahr ham ma’muriy-hududiy jihatdan arab xalifaligi tarkibiga qo‘shib olingan. Uni boshqarish boshqa hududlar kabi xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo‘yicha noibiga topshirilgan. Movarounnahr dastlab arablar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilgan. Noyib-amirlar harbiy sohani boshqargan va hududdagi qurolli kuchlarni idora etgan. Maxsus yollanma otrad (mufriza)lar muxtasiblar tomonidan boshqarilib, politsiya xizmatini bajargan. Amirlarga o‘z navbatida markaziy moliya boshqarmasining mahalliy apparati bo‘ysungan.
Shaharlar va boshqa aholi istiqomat qiluvchi hududlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ular lavozimiga noib tomonidan tayinlangan va lavozimidan ozod etilgan. Mahalliy hokimlarning bosh vazifalari soliq yig‘ish va joylarda tartibni ushlab turishdan iborat bo‘lgan. Katta shaharlarda arab harbiy qismlari joylashgan.
Odil sudlov faoliyatida ruhoniylarning imtiyozlari yuqori bo‘lgan. Amirlar va ularning amaldorlari dunyoviy hokimiyat namoyandalari bo‘lsalarda, rasman sud faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaganlar.
Davlat boshlig‘i bo‘lgan Xalifa oliy sud hisoblangan (Qozi ulquzzot). U har qanday ishni ko‘rib chiqish va hukm chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Ammo, amalda bu holat juda kam uchraydi. Taniqli ilohiyot namoyandalari hay’ati haqiqiy oliy sud hisoblanib, ayni paytda, huquqshunoslar sifatida tan olinganlar. Ular Xalif nomidan ish ko‘rib, qozilarni va maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan mansabdorlarni tayinlaganlar. Maxsus vazifadorlar joylardagi qozilar faoliyatini nazorat qilganlar. Qayd etilgan har ikkala amaldorlar ham ruhoniy namoyandalaridan tayinlangan.
Qozilarning vakolatlari nihoyatda keng bo‘lib, ular barcha turdagi sud ishlarini muhokama qilganlar, sud hukmlarining ijrosini nazorat qilganlar, mahkum etilganlarning jazo o‘tash joylari ustidan kuzatuv o‘rnatganlar, vasiyatnomalarni tasdiqlaganlar va yerdan foydalanishning qonunga muvofiqligini tekshirganlar.
Sud qarorlari va qozining hukmlari asosan qat’iy bo‘lib, shikoyatga o‘rin qoldirmagan. Xalifaning o‘zi yoki uning vakolati vakillarigina istisno ravishda qozining qarorini o‘zgartira olganlar. G‘ayrimusulmon aholi odatda o‘zlarining ruhoniylari tomonidan muhokama qilinganlar.
Dastlabki davrlarda harbiy kuchlar musulmon jamoalari guruhlari va ularga qo‘shilgan ko‘ngilli qabilalar vakillaridan tashkil topgan. Shu davrdanoq yengil otliqlar qo‘shinning asosiy turini tashkil etgan. Ular nihoyatda tezlik bilan uzoq masofalarni bosib o‘tgan va qo‘qqisdan zarbalar berishga qodir bo‘lgan. Asta-sekin ko‘ngillilar qo‘shini o‘rnini yollanma qo‘shin egallagan. Yollanma qo‘shindan ommaviy harakatlarni bostirishda foydalanilgan. Yurish vaqtida u qo‘shinning o‘zagini tashkil etgan. Janglarda qo‘shin asosan ko‘ngilli arablar va musulmonlar hisobiga to‘ldirilgan.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling